2-topshiriq javoblari Globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlarini izohlang. Globallashuv jarayonining ijobiy tomonlari


Korrupsiyaning qanday ko’rinishlari mavjud va izohlang



Yüklə 309,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix20.11.2023
ölçüsü309,4 Kb.
#165667
1   2   3   4   5   6
Falsafa 2-seminar toshiriq javobi

2.Korrupsiyaning qanday ko’rinishlari mavjud va izohlang.
Korrupsiya nima o‘zi? 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy saytida yozilishicha, «Korrupsiya 
– davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy 
naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan 
ijtimoiy hodisadir». Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va 
axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy 


manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Atama, eng avvalo, siyosiy apparat 
xodimlariga nisbatan foydalanishi odatiy tusga kirgan. 
Iqtisodchi Berdhenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng 
katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. Uning 
ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik
nepotizm va h.k. 
Korrupsiyaning kelib chiqish ildizi qaerda? 
Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali 
yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar 
tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har 
xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning 
xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha 
millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona echim yo‘q. Gap 
shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish geografiyasi bilan o‘zgaradi. 
Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday omillar uning kurtak otib, «gullab-yashnashi»ga 
sharoit yaratmoqda? 
Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan ko‘rib chiqish 
tavsiya etiladi: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy 
yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan 
foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir». 
Bu erda kalit so‘zi «davlat organlari xodimlari» sanaladi. YA’ni, ushbu jumlaning 
o‘zi korrupsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim 
ekanligini ko‘rsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga 
qo‘l urishga nima undamoqda? 
Javob yana izohning o‘zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, 
g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida»! Tabiiyki, korrupsiya ortida mo‘may 
daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga 
davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo‘lmoqda. 
Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini ko‘z oldingizga keltiring
uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korrupsiyaga qo‘l 
urishga majbur qiladi. Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim 
hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat qilmaydi. Uning 
oldida tanlash uchun ikkita yo‘l turibdi: ish joyini o‘zgartirib, ko‘p oylik maosh 
va’da qilib turgan xususiy sektorga o‘tib ketish yoki kichik maoshga «qanoat» qilib, 
korrupsiyaga qo‘l urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar 
etishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yo‘qotishi ham hech 
gap emas. 
Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korrupsiyaga barham berish 
mumkinmi? Aslo! Korrupsiya darajasini susaytirish borasidagi takliflarni quyida 
batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chog‘da uni keltirib chiqaruvchi yana bir 
omilga e’tibor qaratsak: korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sun’iy to‘siqlar. 
Sun’iy to‘siq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki, ularning barchasini siyosiy 
iroda kuchi bilan yo‘q qilish mumkin. Ular nimalar? 
Ro‘yxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi 
«belgilangan mantiqsizlik» va shaffoflikning yo‘qligidir. Gap shundaki, inson 


kapitalining haqiqiy qiymatini o‘zbek modelidagi «ob’ektivka»orqali aniqlash 
mumkin emas. Bo‘lg‘usi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va 
jismoniy etukligi o‘rniga «Toshkent propiskasi», «yaqin qarindoshining 
sudlanganligi»kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli kishini rasmiy doiradan 
uzoqroq yurishga undaydi. Agar tajribali va bilimli mutaxassis davlat organida 
ishlash istagi bilan eshik qoqsa, unga beriladigan ilk topshiriq ham bir talay 
hujjatlarni yig‘ib kelish bo‘ladi. O‘z o‘rnida har bir ma’lumotnomani olish kichik 
korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin. 
Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish» tizimi, 
mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa»larga duch 
kelishi tayin. Ana shunday barcha «-chiliklar»zamirida korrupsiyaga boshlab 
boruvchi yo‘l mujassam. SHuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi 
sifatida davlat organlarining xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va 
moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart. Har bir sohaning xalq 
oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis a’zolari, vazir va davlat 
qo‘mita raislari, yuqori rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy 
mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha ko‘rsatilmagan. 
Hisobdorlik shakli qanday bo‘lishi kerak? Agar bironta vazirlik misolida qisqacha 
tushuntirish berilsa, hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda 
bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan to‘yintirilishdan tashqari, moliyaviy 
shaffoflikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob 
olishga haqli bo‘lishi nazarda tutilsin. 
Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab 
turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. SHu 
o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining 
korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: 
cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga etib kelganimizni eslatib turishdan iborat. 

Yüklə 309,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin