2-tajriba. Chiziqli volt-amper tavsifnoma Tajriba maqsadi



Yüklə 45,02 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü45,02 Kb.
#166224
  1   2
1-МАVZU. CHIZIQLI VOLT-AMPER TAVSIFNOMA.


2-tajriba. Chiziqli volt-amper tavsifnoma


Tajriba maqsadi.
Talabalarni chiziqli bog‘lanish bilan tanishtirish, chiziqli asboblarning V-I (volt-amper) tavsifnomalarini chizishni o‘rgatish.



Asbob va uskunalar

Materiallar

Spetsifikatsiya
si

Soni

Xavfsizlik va ehtiyot choralari

Ossillograf
VOM
Ta’minlash manbai

Rezistor

1kOm, 2.2kOm
470Om

3 dona

O‘lchov asbobi qutblarini to‘g‘ri ulang va kuchlanish va tok kuchini o‘lchang.



Nazariy ma’lumotlar.
Yarim o‘tkazgichli asboblarni o‘rganishda ularning turli parametrlari orasidagi bo‘glanishni ifodalovchi grafiklarni chiza olish juda muhimdir. Bunday grafiklardan biri volt-amper tavsifnomasi yoki V-I egri chizig‘i deyilib, asbobga qo‘yilgan kuchlanish o‘zgarishi bilan tok kuchinig o‘zgarishini yoki aksincha, tok o‘zgarishi bilan kuchlanishning o‘zgarishini bildiradi. Bu tajribada biz bir nechta rezistor (qarshilik)larning volt-amper tavsifnomasini chizamiz va chiziqli bog‘lanish tushunchasi ma’nosini anglab olamiz.
Tajribani o‘tkazish tartibi.
1.2.1-rasmda keltirilgan zanjirni yig‘ing.
2. Ishni ta’minlash manbai chiqish kuchlanishini minimalga keltirishdan boshlang, ta’minlash manbai chiqish kuchlanishini o‘zgartirib R qarshilikda kuchlanishlar tushuvi 1V bo‘lishini ta’minlang. 2.1-jadvalga Tok kuchi qiymatini milliamperlarda yozing. Bu tajribani R=1 kOm qarshilik uchun jadvalda keltirilgan kuchlanishlar uchun takrorlang.
3. R qarshilikni 2.2. kOm bo‘lgan qarshilikka almashtiring va 2.1-jadvalni shu qarshilik uchun yana to‘ldiring.
4. R qarshilikni 470 Om bo‘lgan qarshilikka almashtiring va 2.1-jadvalni shu qarshilik uchun yana to‘ldiring.
5. 2-topshiriqda olingan qiymatlardan foydalanib 2.2-rasmdagi grafikni chizing. Kuchlanishning har bir qiymati uchun tok qiymatlarini toping va belgilang. Bu nuqtalarni birlashtiring. Bu grafik koordinatalar boshidan boshlangan va V=5V, I=5mA qiymatlar kesishmasigacha bo‘lgan to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lishi kerak.
6. Endi 3- va 4-topshiriqlardagi qiymatlardan foydalanib 2.2 kOm va 470 Om qarshiliklar uchun V-I grafikni chizing. Har bir qarshilikka mos keluvchi grafikni alohida markerlang.
Rezistorlarning V-I grafiklari ularga kuchlanish qo‘yilganda, tok kuchi qancha bo‘lishini yoki tok kuchi ma’lium bo‘lganda, kuchlanishlar tushuvi qancha ekanligini aniqlashga imkon beradi. Quyidagilarni aniqlash uchun olgan grafiklaringizdan foydalaning.



  1. 1kOm rezistor uchun agar V=2.7V bo‘lsa, I = ______________________

  2. 1kOm rezistor uchun agar I=5.8mA bo‘lsa, V = ______________________

  3. 1kOm rezistor uchun agar V=3.4V bo‘lsa, I = ______________________

  4. 1kOm rezistor uchun agar I=4.2mA bo‘lsa, V = _____________________

(e) Agar 470 Om qarshilikdagi tok kuchi 3.6 mA ga o‘zgarsa kuchlanishlar tushuvi __________voltga o‘zgaradi.


(f) Agar 470 Om qarshilikdagi kuchlanish 2.3V dan 3.1V gacha o‘zgarsa tok kuchi __________mA ga o‘zgaradi.








2.1-rasm. Rezistorning V-I tavsifnomasini aniqlash

Yüklə 45,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin