2-sinflar uchun “ ”-“ ”-20 Darsning mavzusi: Nadim Norxo’jayevning hayoti va ijodi. Mustahkamlash Ta’lim maqsad



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə9/24
tarix09.11.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#68202
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
2-5-7 sinflar uchun musiqa ochiq dars

Musiqiy mavzu
-O’qituvchi: Biz sizlar bilan o’tgan musiqiy mavzuda qanday mavzu bilan tanishgandik?
-O’quvchi: Biz o’tgan mavzuda “Simfonik orkestrda yog’och va mis damli cholg’ular” haqida tanishganmiz.
- O’qituvchi: “Simfoniya” so’zi qanday ma’noni anglatadi va u qachon va qayerda shakllangan.
( Ekranda slaydda tasvirlanadi)
- O’quvchi: “Simfoniya” so’zi yunoncha tildan olingan bo’lib, ikki- “sun”(birga) va “fone”(tovush)so’zlaridan tashkil topgan.Simfonik orkestr XVIII asrda yevropada shakllangan bo’lib, orkestr turlari ichida butun dunyoga keng tarqalgan.
- O’qituvchi: Simfonik orkestr nechta cholg’u guruhidan iborat?
- O’quvchi: Simfonik orkestrda cholg’u guruhi to’rtta guruhdan iborat.Ular quydagicha:
1. Yog’och damli cholg’ular.
2. Mis damli cholg’ular.
3. Urma-zarbli cholg’ular.
4. Torli-kamonli cholg’ular.
- O’qituvchi: Yog’och damli cholg’ularga qanday asboblar kiradi?
- O’quvchi: Yog’och damli cholg’ularga fleyta, gaboy, klarnet va fagotlar kiradi


- O’qituvchi: Mis damli cholg’u guruhiga qanday asboblar kiradi?
- O’quvchi: Mis damli cholg’u guruhiga valtorna, truba,trombob va tuba kabi asboblar kiradi.


- O’qituvchi: Torli-kamonli cholg’u guruhiga qanday asboblar kiradi?
- O’quvchi: Torli-kamonli cholg’u guruhiga I va II skripkalar, violenchel va kontrabaslar kiradi.


-O’qituvchi: Juda yaxshi, sizlar bilan o’tilgan mavzularni mustahkamlab oldik, endi esa diqqatingizni ekranga qarataman va ekranda namoish etiladigan ikki xil taronani tinglab tamosha qilish bilan birga cholg’u asbobining nomini va qanday cholg’u guruhlarga mansubligini aniqlab berasizlar, marhamat
O’quvchilar tasvirga qarab birin ketin asboblarning nomlarini va qanday cholg’u guruhga mansubligini aniqlaydilar. Shu bilan birga guruhlarni tezkor test savollariga tezkor javob berishlari orqali ham baholab boriladi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin