2. О‘lchash usullarining klassifikatsiyasi. О‘lchash xatoliklarining klassifikatsiyasi



Yüklə 172,09 Kb.
səhifə2/4
tarix02.06.2022
ölçüsü172,09 Kb.
#60445
1   2   3   4
6- amaliyot 1

Proyektor profilY.
Proyektor profilya namunalar aniqligining ikkilik konturi va boshqa bajarilgan ishlarni о‘lchashda foydalaniladi. О‘lchangan qism optik tizimda kattalashtiriladi va ekranda namoyish etiladi. Ekranda о‘qish qismlarni о‘lchash imkonini beradi. Quyidagilar Proyektor profilyaningsurati.
Darajalash xarakteristikasi (DX) deb eksperiment yо‘li bilan о‘lchash vositasi chiqish va kirish signali orasidagi bog‘lanishga aytiladi. Bu xarakteristika – analitik, grafik va jadval kо‘rinishida berilishi mumkin. DX ichki va tashqi sabablar ta’sirida о‘zgarishi mumkin. Masalan: tokning tez о‘zgarishida о‘lchash vositasi qо‘zg‘almas qismi inersiyasiga kо‘ra tok о‘zgarishini kuzata olmaydi.
О‘lchash vositasi xatoligi – uning asosiy metrologik xarakteristikasidir.
Asosiy xatolik – bu о‘lchash vositasining normal ekspluatatsiya sharoitidagi xatoligidir.

  1. О‘lchash turlari va usullarining klassifikatsiyasi.

О‘lchash turlari:

  • Bevosita о‘lchash,

  • Bilvosita о‘lchash,

  • Birgalikda о‘lchash,

  • Birlashtirib о‘lchash.

  • Bevosita о‘lchash deb, о‘lchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymatini tajriba ma’lumotlaridan bevosita aniqlanishiga aytiladi.

  • Masalan: voltmetr bilan manbaning kuchlanishini va ampermetr bilan tok kuchiningkattaliginiо‘lchash.

  • Bilvosita о‘lchash deb, shunday о‘lchashga aytiladiki, unda о‘lchash natijasi о‘lchanayotgan kattalik bilan ma’lum munosabat yordamida bog‘langan kattaliklarni bevosita о‘lchashga asoslangan bо‘ladi.

  • X =F(x1.x2.x3……xn)

  • x1.x2.x3……xn- bevosita о‘lchash bilan olingan kattaliklar qiymati.

  • Masalan: R – rezistorning qarshiligi ushbu tenglamadan topiladi.

  • Rx=Ux/ I x


О ‘lchash usullarining klassifikatsiyasi.
1.Bevosita baholash usuli – bu usulda kattalikning qiymati о‘lchov asbobining sanoq qurilmasidan bevosita aniqlanadi.
Masalan: Tok kuchi ampermetr bilan, kuchlanish voltmetr bilan о‘lchanadi, lekin aniqligi yuqori emas. Kо‘rsatkichli asboblar shu usul asosiga kо‘rilgan.
О‘lchov bilan taqqoslash usuli:
a) differensial usul yoki ayirmali usul – bu usul о‘lchanayotgan va ma’lum kattaliklarning ayirmasini о‘lchashni xarakterlaydi, ya’ni kattaliklar orasidagi farq о‘lchash asbobiga ta’sir kо‘rsatadi.
b) nol usuli о‘lchashlarda yuqori aniqlikni ta’minlaydi.
Nol muvozanatlash usulda о‘lchanayotgan kattalik о‘lchov bilan taqqoslanadi, ammo ular orasidagi ayirma qiymati ma’lum bо‘lgan kattalikni о‘zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi.
v) qarshi-qо‘yish usuli.
О‘lchanayotgan va qiymati ma’lum kattalik bir vaqtda taqqoslash asbobiga ta’sir kо‘rsatadi va bu ta’sir yordamida bu kattaliklar orasidagi munosabat tiqlanadi.
g) о‘rniga qо‘yish usuli-dastlab о‘lchash kurilmasiga parametri noma’lum bо‘lgan о‘lchanayotgan element о‘lanadi va asbobning kо‘rsatishi yozib olinadi.
Keyin esa bu element о‘rniga boshqa ma’lum parametrli element ulanadi va uning qiymati о‘lchash asbobining dastlabki kо‘rsatkichiga tenglashguncha о‘zgartiriladi. Bu holda о‘lchangan va ma’lum kattalik qiymatlari bir-biriga teng bо‘ladi.
d) moslashtirish yoki mos keltirish usulida-о‘lchangan kattalikning qiymati signal belgi va boshqa xususiyatlarning mos kelishi bilan aniqlanadi.


Yüklə 172,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin