2-Mavzu. Mustaqillik yillarida zargarlik


-Mavzu. Mustaqillik yillarida kandakorlik



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə3/6
tarix09.08.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#63063
1   2   3   4   5   6
2-Mavzu. Mustaqillik yillarida zargarlik

5-Mavzu. Mustaqillik yillarida kandakorlik

  1. Reja:

  2. Mustaqillik yillarida kandakorlikdagi o’zgarishlar

  3. Kandakorlargalarga bo’lgan e’tibor

  4. Kandakorlik san’ati hozirgi kunda

  5. Xulosa

  6. .Foydalanilgan adabiyotlar


Kandakorlik — amaliy sanʼat turi; oʻymakorlikning metall buyumlarni oʻyib, chizib naqsh, tasvir ishlash sohasi. Buyumlarni bezashda kandakori (oʻyib, kesib), qolipaki (qolip yordamida), simkori (simdan foydalanib), shuningdek, buyumlarning qismlari (qopqoq, dasta va b.) va ikki qavatli buyumlarni bezashda shabaka (panjarali qilib ishlash) usullari qoʻllaniladi, anʼanaviy usimliksimon (islimiy) va handasiy (girih) naqshlardan mujassamotlar yaratiladi. Naqsh yoki tasvir zamini poʻlat qalam (asbob)lar yordamida chuqur yoki sayoz oʻyiladi, zamin sayoz oʻyilganda rangli loklar bilan boʻyaladi, pardozlanadi, chekma, uyma, katak, parallel kesma chiziqlar bilan jilo beriladi. 
Oʻzbekistonda 19-asr oxiriga kelib usulining oʻziga xosligi, zarbning chuqur yoki sayozligi, naqshlar yuzasi va zaminini bezashda qoʻllanadigan usullariga koʻra, bir-biridan farqlanadigan Kandakorlikning bir necha (Fargʻona, Toshkent, Buxoro, QarshiShahrisabz, Samarqand, Xorazm) maktablari shakllandi. Fargʻona K. maktabi ustalari (Abdufozil Otaullayev, Mulla Siddiq Otaullayev va boshqalar) buyumlarni bezashda koʻrkam bogʻlar, chamanzorlarni eslatuvchi nafis naqshlarni sayoz, tor zaminli qilib ishlaganlar, oʻziga xos tarzda pardozlaganlar, baʼzan mujassamotga meʼmoriy tasvirlar ham kiritilgan. Toshkent Kandakorlik maktabi vakillari yirik buyumlarga anʼanaviy naqshlarni yirikroq qilib ishlaganlar, bezakda sodda naqshlar (mehrob, zanjira, zuluk, olmagul va b.)ni qoʻllaganlar. Buxoro kandakorlik maktabi vakillari (Hakim Buxoriy, Doʻstmuhammad Rizo va b.) buyumlarni oʻrtacha hajmda nafis, baytlarni kup qoʻllagan holda bezaganlar. Qarshi — Shahrisabz K. maktabiga Buxoro K. maktabining taʼsiri kuchli boʻlgan, ustalar buyumlarni, shuningdek, shisha, feruza koʻzlar qadab bezaganlar, naqsh zamini rangli loklar bilan boʻyalgan, baʼzan buyum sirti qolipaki usulida ishlangan bezaklar bilan qoplangan. Samarqand K. maktabi vakillari buyumlarni shabaka usulida (panjarasimon) bezaganlar, naqshda shobarg keng qoʻllanilgan, naqsh zamini chekma gullar bilan pardozlangan. Xorazm K. maktabi ustalari (Xoʻjaniyoz Sayitniyozov, Matyoqub Jonibekov, B. Yoqubov va b.) naqqoshlar tayyorlagan axtalar yordamida murakkab buyumlarni handasiy va islimiy naqshlar bilan toʻldirib bezaganlar. Bu maktablar oʻzaro aloqada boʻlgan, ayrim usta kandakorlar oʻz ijodlarida turli maktab usullarini qoʻllagan. 60-yillar boshlarida artellar tugatilib mahalliy sanoat korxonalari, mahalliy xizmat kombinatlarida (Qoʻqonda L. Fozilov, Buxoroda S. Hamidov, M. Mukarramov, A. Hamidov, Xivada Yo. Bekjonov boshchiligida) K. buyumlari ishlab chiqarildi. Toshkent, Buxoro, Qoʻqon, Xiva kabi shaharlarda Oʻzbekiston BA K. ustaxonalarida keksa kandakorlar yoshlarga (ustoz-shogird usulida) oʻz qunarlarini oʻrgatmoqda.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin