2-mavzu. Kompyuter tashkil etilishi va klassifikatsiyasi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix30.10.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#66859
1   2   3
Personal kompyuterlar
Personal kompyuterlar bitta foydalanuvchini extiyojini qoplash uchun mo’ljallangan 
bo’lib o’zaro bog’langan kompleks (monitor, klaviatura, protsessor (sichqoncha)) dan iborat. 
Bu sinf kompterlarini uyda ishlatish uchun mo’ljallangan va mutaxassislikka mo’ljallangan 
kompyuterlarga bo’lish mumkin. 
Personal kompyuterlarga xos bo’lgan xususiyatlar quyidagilardan iborat: 

Keng ommaga mo’ljallangan va keyinchalik foydalanuvchini xoxshiga ko’ra 
tuzilishini o’zgartirish mumkin bo’lgan, staandart texnik qurilmalar. Ularning texnik 
xarakteristikalari o’rtacha qiymatga ega. 

Mustaqil ishlatish uchun mo’ljallangan, tarkibiga qo’shimcha qurilmalar sifatida 
printer, skanner va boshqa qurilmalar qo’shilgan kompyuterlar. 

Personal kompyuterlarning o’z imkoniyatlarini ishlatish bilan bir qatorda boshqa 
kompyuterning imkoniyatlarini tarmoq orqali ishlatishi (masalan InterNet). 

Boshqaruv asosida ishlashi, boshqaruvchilar sifatida operatsion sistemalar xizmat 
qiladi. 
Ishchi stantsiyalar 
 
Ishchi stantsiya (ingl. Workstation) biron bir maqsad uchun mo’ljallangan vazifalarni 
echishga qaratilgan texnik va dasturiy maxsulotlar kompleksi. 



Ishchi stantsiya - biron yo’nalishdagi mutaxasisning vazifalarini bajarishga 
mo’ljallangan kompyuter yoki kompyuter terminali (aloxida kompyuterdan boshqa 
joylashtirilgan informatsiyani kiritish va chiqarish qurilmasi), kerakli dasturiy ta’minot, kerak 
bo’ladigan qo’shimcha qurilmalar (printer, turli tashqi xotira qurilmalari, skannerlar va x.o.) 

Ba’zan ishchi stantsiya sifatida server bilan birga ishlayotgan lokal tarmoqdagi 
kompyuter xam tushuniladi. Lokal tarmoqdagi kompyuterlar server va ishchi stantsiyalarga 
bo’linadi. Ishchi stantsiyada foydalanuvchilar maliy dasturlar bilan turli vazifalarni 
echishadi(ma’lumotlar bazasi bilan, turli xujjatlar bilan ishlaydi va turli xisob-kitob ishlarini 
amalga oshiradi). Server kompyuter tarmoqqa xizmat qiladi va o’zidagi resurslarni tarmoq 
orqali boshqa kompyuterlarga taqdim qiladi shu jumladan ishchi stantsiyalarga xam. 
Ishchi stantsiyalarning o’ziga xos xususiyatlari ular ma’lum gurux vazifalarini echishga 
qaratilgan bo’lganligi uchun ularning ba’zilarida keng xajmli monitorlar (grafik informatsiya 
bilan ishlash uchun mo’ljallangan), turli multimediya qurilmalari (ovoz va boshqa turdagi 
informatsiya bilan ishlash uchun), aloxida proektlarni bajarish uchun kerakli dasturiy ta’minot 
bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin. 
Bunday sinflanishda xar bir ishchi stantsiya o’z vazifasidan kelib chiqib yagona 
(unikal) komponentlarga ega bo’lishi mumkin. 

Katta monitor yoki bir necha monitor ulangan; 

Katta tezliklda ishlovchi grafik platali; 

Ko’p malumotlarni saqlash uchun katta xotira qurilmali(video va 
kompyuter o’yinlari uchun) 

Turli skannerlarga ega bo’lishi(tasvirlar bilan ishlash uchun) 

Ximoyalangan (turli maxfiy ma’lumotlar ba’zasi, xarbiylar, ichki ishlar 
va x.o.) 
Serverlar. 
Server(server) – o’zining ma’lumotlarini va xisoblash imkoniyatlarini boshqa 
kompyuterlarga berish imkoniyatiga ega bo’lgan kompyuterlar. Bu kompyuterlar personal 
kompyuterlardan va ishchi stantsiyalardan kelgan so’rovlarga javob beradi. 
 
Serverlarni quyidagicha bo’lishimiz mumkin: 
1. 
Server (dasturiy ta’minot) – ushbu dasturiy ta’minot klentlardan 
turli so’rovlarni qabul qiladi. Ya’ni bu xisoblash sistemasining dasturiy bo’lagi 
bo’lib, klentning so’roviga servis xizmat ko’rsatadi.
2. 
Server (apparat ta’minot) – kompyuter yoki maxsus kompyuter 
qurilmasi bo’lib maxsus servis vazifalarni bajarish uchun mo’ljalangan 


Server kompyuterlar uchun xarakterli bo’lgan xususiyatlar: 

Tarmoq operatsion sistemasi ostida ishlaydi; 

Kerakli xajam va tezlikda informatsiya almashishini 
ta’minlaydigan tarmoq kartasining mavjudligi; 

Ikki va undan ortiq (xatto bir necha yuztagacha!) yuqori 
xisoblash imkoniyatiga ega bo’lgan protsessorlarning mavjudligi; 

Tezkor va tashqi xotira xajmiing katta bo’lishi; 

UPS (doimiy tok manbai) qurilmasining mavjudligi; 

Kiritish qurilmalari va informatsiyani vizual ko’rish 
uchun kam talab quyilganligi (ba’zan ular bo’lmasligi mumkin). 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin