2 mavzu. Amir Temur davlatining tashkil topishi. Reja



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix01.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#170843
1   2   3   4   5   6   7
5 tarix (4)

7-
 
mavzu.Turkistonda Rossiya imperiyasi mustamlaka boshqaruv tuzuminnng 
qaror topishi. 
 
Reja 
1.
O’rta Osiyo Rossiya imperiyasi davrida . Turkiston o’lkasida davlat boshqaruv 
tizimining o’zia xos hususiyatlari . 
2.
O’lkaning uezdlarga bo’linishi. 1886 yilgi “Turkiston o’lkasining boshqarish 
haqida nizom” va boshqaruvning kuchayishi. 
Tayanch so‘z va iboralar.
Mustamlaka boshqaruv usuli, Bekovich-CHerkasskiy 
ekspeditsiyasi, Angliya raqobati, ingliz josuslari, Zirabuloq jangi, Gandimiyon 
shartnomasi, Turkiston general-gubernatorligi, “Muvaqqat Nizom”, harbiy va fuqarolik 
hokimiyati, harbiy komendant, biy, oqsoqol, rais, qozi, boshqaruvchi, “Turkiston 
o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi nizom”, ma’muriy-hududiy bo‘linish, markaziy 
boshqaruv, viloyatlar, uezd (tumanlar) lar, uchastka (volost) lar, shahar, qishloq, ovul 
boshqaruvi, viloyat boshqarmasi. 
Turkistonni bosib olish masalasi rus podsholari va imperatorlarini doimo diqqat 
markazida bo’lgan. turkistonni Rusiyaga qaram qilish uchun to’g’ridan to’g’ri amaliy 
ochiq harakat Petr I davridan boshlandi. 
U o’zining Sharq qa nisbatan tajavo`zkorlik siyosatini, Markaziy Osiyo va Hindiston 
yerlariga suqlanib qarayotganligini yashirib ham o’tirmadi. 


«Sharq bilan aloqada Qirg’iziston tasarrufi kalit va darvoza hisoblanadi. Shuning uchun, 
millionlab so’m sarflansa ham Qirg’izistonni bo’ysundirish yoki hech bo’lmasa, u yerda 
Rusiya ta’sirini o’rgatish zarurdir.» (o’sha kitob 12-bet.) 
Petr I o’z fikrlarini amalga oshirish uchun amaliy tadbirlarni ishlab chiqdi. 
O’zining tajaovo`zkorlik siyosatini amalga oshirish maqsadida 1717 yilda knyaz 
Bekovich-Cherkaskiyni katta qo’shin bilan yuboradi. Biroq bu harakatga Xiva xoni 
Sherg’ozixon o`zil kesil chek qo’yadi. Ammo Rusiya hukmdrolari o’z niyatlarini 
amalga oshirish maqsadida, 1717 yilda Omsk, 1718 yilda Semipalatinsk, 1720 yili Ust-
Kominagorsk, 1720 yilda Orenburg harbiy qal’alari qurildi. 
XVIII asrning o’zida chor ma’murlari yovo`z niyatlarini amalga oshirish uchun 
hozirgi Qozog’iiston hududlarida 46 ta katta, 96 ta kichik harbiy qal’alar qurganlar. 
Shunday qilib, 1839-1840 yillarda podsho Nikolay I ning buyrug’i bilan Orenburg 
harbiy gubernatori A. Perovskiy katta qo’shin bilan Xivaga qarab yo’lga chiqdi. Ammo 
u orqaga qaytishga majbur bo’ldi. 
Turkiston yerlarini bosib olishning yangi to’lqini 1847 yilda boshlandi. Shu yili 
sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyi Qo’qon xoniga qarshi Raim harbiy qal’a 
egallandi va ruslar o’zini Orol harbiy qal’asi barpo qilindi 
1852 yili rus qo’shinlari Oq machitni (Qizil o’rda) egallandi-jang 22 kun davom 
etdi. 
Turkistonni bosib olish masalasi podshoh Aleksandr II –tomonidan 1859-1861 
yillarda o’tkazilgan saroy kengashida muhokam qilindi va birinchi navbatda Qo’qon 
xonligini bir yoqli qilish va unga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga qaror qilindi. 
Shu tariqa, 1864 yildan g’arbdan Veryovkin, Sharq tomondan Chernyaev qo’shinlari 
urush harakatlarini boshlab yubordilar. 
Shu tariqa Toshkentni 1865 yil 15 iyunda zabt, 1865 yil 17 iyunda Toshkent 
Rossiya imperisiyaning tarkibiy qismiga aylanganligini haqidagi bitimga imzo chekildi. 
1868 yil 22 iyunda Kaufman bilan amir Mo`zaffar o’rtasida sulh bitimi 
imzolandi. 
1873 yil 12 avgustda Xiva xoni Muhammad Rahimxon bilan Kaufman o’rtasida 
Gandimiyon qishlog’ida sharnoma imzolandi va Xiva xonligi Rossiyani vassaliga 
aylantirildi. 
1876 yil Po’latxon boshchiligidagi qo’zg’olon bostirildi (1873-1876 y.) va 
Rossiya imperatori Aleksandr II farmoni bilan, Qo’qon xonligi tugatilib, Farg’ona 
viloyati to`zilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Viloyatga esa, 
Skobelev xarbiy gubernator etib tayinlandi. 
1877-1885 yillar davomida Oloy vodiysida, Qizil Arovat, Ashxabod, Marv bosib 
olindi va 1895 yilda Pomirdagi chegaralar belgilangan. Angliya, Afgoniston 
hukumatlari bilan shartnomalar to`zildi va O’rta Osiyo Rossiyaning to’la 
mustamlakasiga aylandi. 


O’rta Osiyoni bosib olgan Rossiya oldida, bu o’lkani boshqarish, idora qilish 
usulini ham ishlab chiqishdek tadbirlarni amalga oshirishga kirishdi. 
Rossiya harbiy vaziri D. Milyubid va podsho maslahatchisi, V. Girs 1867 yilda 
«Turkiston o’lkasini boshqarish tartibi » haqida qonun loyihasini to`zdilar, u Vazirlar 
Kengashi tomonidan tasdiqlandi va Amaliy kuchga kirdi. Turkiston gerneral- 
gubernatorligi tashkil etilib, o’lkada mutloq hokimiyat uning qo’liga o’tdi. General 
gubernotorlik kengashi va To’rtko’l bo’limidan iborat mahkama to`zildi. 
1-bo’lim. Ma’muriy va nazorat, 
2-bo’lim. Moliyaviy va xo’jalik, 
3-bo’lim.soliqlar va shaharlar mablag’lari ishlarini boshqargan, 
4-bo’lim. Maxsus bo’lim deb atalgan. 
General gubernator bir vaqtda podshoh noibi, harbiy okrug qo’shinlari 
qo’mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror bo’lgan. u Buxoro amiri faoliyatini Rossiya 
imperatori agentligi orqali, Xiva xoini esa Amudaryo bo’limi boshlig’i orqali nazorat 
qilib turgan. Turkiston general gubernatorligi viloyatlarga, viloyat uezdlarga, uezdlar 
uchastkalarga bo’lingan. 
Viloat harbiy gubernatorligiga, general darajasidagi, uezd boshlig’iga kapitan 
darajasidagi zobitlar tayinlangan. Mazkur to`zilmaning negizi-o’zagi uezd bo’lib, uning 
boshlig’i general –gubernator tomonidan tasdiqlangan va katta vakolatga ega bo’lgan. 
Uezd boshlig’i ma’muriy, politsiya, harbiy hokimiyatni o’zida birlashtirgan. Odamlarga 
jarima solish, 7 kunga hibsda saqlash mumkin bo’lgan, shu boisdan uni 
«xokim to’ra» deb ham atashgan. 
Qishloqlarni boshqarish uchun uchastka boshlig’iga bo’ysinuvchi bo’lis (volost) 
va ovul, ma’muriy boshqaruvi joriy etildi. 1-2 ming xonodon yashovchi bo’lus, 1X2 
yo`z o’tovli hudud ovul deb atalardi. Tub yerli aholi orasidan bo’lus boshqaruvchisi 
(oqsoqol yoki mingboshi) qishloq oqsoqollari—(yo`z boshi , elliy boshi, o’n boshi) 
hamda ovul oqsoqollari , ularning o’rinbosarlari saylanadigan bo’ldi. Ammo, bu 
mahalliy aholi vakillari ularning qo’lida qo’g’irchoq bo’lganlar. 
Toshkent shahrini boshqarish Nizomi ishlab chiqildi va u 1877 yili Sank – 
Peterburgda maqullangach, kuchga kirdi. 
Nizomga ko’ra—shahar dumasi va boshqarma saylandi. 3000, 1000, 500 so’mlik 
mulkka ega bo’lganlargina saylov huquqiga ega bo’ladilar xolos. Ushbu mablag’i 
bo’lmaganlar saylov huquqidan mahrum edilar. 
Duma – farmoyish beruvchi organ bo’lib, uning Rossiyaliklardan saylangan 
oqsoqollar boshqargan. 
Hokim – noiblardan saylanuvchi shahar boshqarmasi tashkil etadi, ijro etuvchi 
hokimiyat organ vazifasini bajaradi. 


O’lkada tashkil etilgan politsiya va sud idoralari ham mustamlakachilik tartibini 
mustahkamlashga, mahalliy aholini har qanday norozilik harakatini bo’g’ish va 
bostirishga qaratilgan edi. 
Chorizmning ma’muriy idora usuli o’lkani iqtisodiy o’zlashtirish, aholini 
ma’naviy jihatdan tobelikda saqlash, ruslashtirish siyosati bilan uyg’unlashtirilgan edi. 
Xulosa shuki: Rossiyaning mustmalakachilik siyosati; 1) Markaziy Osiyo xalqlarining 
milliy davlatchiligimizdan mahrum qildi; 2) ularni taraqqiyotning ummusivilizatsiya 
jarayonlarida mustaqil ishtirok etish yo’llarini kesib qo’ydi; 3) jamiyatning ijtimoiy 
jarayonlariga jiddiy zarar yetkazdi. 
II masala. 1917 yilning 15-22 noyabrida Turkiston o’lkasi ishchi, Askar va dehqon 
deputatlari sho’rosining III s’ezdida Turkistonni boshqaradigan bolg’sheviklardan 
iborat hukumat idoralari tashkil topdi. Ya’ni o’lka hokimiyatining siyosiy xarakteri va 
strukturasi turdi. Ushbu qurultoy qarorlari to’la to’kis shovinistik va millatchilik ruhi 
bilan bitilgan qarorlar qabul qildi. 
Avvalo, Turkiston o’lka Xalq Komissarlar sho’rosi raisi etib, shovinist F. I. 
Kolesov, uning o’rinbosari qilib Zeleski saylandi. 
Qurultoyda Komissarlik (vazirlikka to’g’ri keladi) lavozimlari ham quyidagicha 
taqsimlandi. hammasi bo’lib 14 komissarlikni tashkil qiladi. 
temir yo’llar Pochta va telegraf komissari – Kolesov 
Xalq maorifi komissari – Permezskiy 
Oziq-ovqat ishlari komissari – Domogatskiy 
Tashqi ishlar komissari – Perefilov 
Mehnat komissari – Poltaratskiy 
Savdo vasanoat komissari – Lyapin 
Dehqonchilik komissari – Chegodaev va hakozo 
Ushbu hukumat tarkibiga birorta mahalliy millat vakillaridan kiritilmadi. Ular 
mahalliy xalqning na tilini, na dinini, na madaniyatini, na milliy urf-odatlarini, bu yerda 
asrlarosha tarkib topgan tarixiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini bilmas edilar. 
Ayniqsa, bu o’lkada jahonga tanilgan Fan va diniy ta’lim maskani bo’lib aniq va 
dunyoviy fanlar yo`zasidan jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo’shgan allomalarni 
eshitmaganlar. Bu hol keyinchalik o’lkada Sho’rolar hokimiyati «tartib qoidalarini» 
o’rnatish chog’ida o’zining eng yaramas va jirkanch qiyofasini ko’rsatdi. 
Chunki bu Yevropadan yuborilgan tasodifiy rahbar unsurlar mahalliy shart 
sharoitlar bilan hisoblashmadilar. Turkistonda ulug’ rus shovinistik siyosatini zo’rlik 
yo’li bilan davom ettirdilar. 
Zo’rlik va xalqlarni ezishga qaratilgan sovet rejimi o’zining ilk davridan boshlab 
Turkistondagi tub xalqlarga nisbatan mustamlakachilik siyosatini yuritdi. 
Chor Rossiyasini mustamlakachilik tizimi sobiq sovet Rossiyasi davrida yanada 
takomillashtirildi. Turkiston xalqini istak va xohishlarini ro’yobga chiqargan, 


Turkiston muxtor hukumatining xalq o’rtasidagi obro’-e’tibori va nufo`zi 
bolshe’sheviklarni tashvishga solib qo’ydi. Nihoyat, Turkiston muhtoriyati hukumati 
bolsheviklarning qonli hujumi oqibatida ag’darib tashlandi. 
Turkiston muhtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko’rgan bo’lsa, ham u erksevar 
xalqimizni milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurashga da’vat etdi. Rossiya va 
Turkistondagi yo`z berayotgan siyosiy bo’hronlarni oldini olish maqsadida RSFSRning 
bolsheviklar rahbarlari oldida Milliy davlatchilik qurilishning sovetcha amaliyotiga 
muhim o’zgartirishlar va to`zatishlar kiritish zarurligini hisobga olib, shoshilinch 
ravishda chaqirilgan sovetlarning III-Umum rossiya s’ezdida (1918 yil 10- 
12 yanvar) «Rossiya sovet respublikasining Sovet milliy respublikalarining federasiyasi 
sifatida ta’sis etiladi» deb e’lon qilindi. Bunda Turkistonga ham prinsipial ahamiyat 
berildi. RSFSR milliy ishlar xalq komissarligi huzurida alohida musulmonlar ishlari 
bo’yicha komissariat tuzuldi. 
O’lkada «sovet avtonomiyasi»ni bevosita tashkil etishni RKP(b) MK va RSFSR 
XKM Turkistonning favqulodda vakolati berilgan P.A.Kobozev zimmasiga yuklandi. 
V.
I. Leninning vakili Toshkentga 1918 yil aprel oyining boshida yetib keldi. 20 aprelda 
Turkiston sovetlarining V s’ezdi ish boshladi. U respublikaning rasmiy maqomini 
tasdiqlash lozim edi. 1918 yil 20 aprel kuni tegishli sinfiy mezonlar asosida saylangan 
s’ezd delegatlari «Rossiya sovet federasiyasining Turkiston sovet Respublikasi haqida 
Nizom»ni qabul qildilar. 
Unda o’lqadagi sotsialistik davlatchilik to`zilishining asoslari belgilab berilgan 
edi. Ushbu hujjatga muvofiq Turkiston o’lkasining butun hududi uning geografik 
chegaralarida, Buxoro va Xivani istisno qilgan holda, «Rossiya federasiyasining 
Turkiston respublikasi» deb e’lon qilindi va u «avtonom» tarzda boshqarilib, RSFSR 
Markaziy hukumatini tan oladi hamda o’z faoliyatini markaziy hukumat bilan 
muvofiqlashtiradi, deb belgilab qo’yildi. 
Nizom markaziy va mahalliy davlat organlarining mavjud to`zilmasi va 
funksiyalarini mustahkamlab qo’ydi: 1) ishchi soldat, dehqon deputatlari Sovetlari 
s’ezdi Turkiston Respublikasining oliy qonun chiqaruvchi organi, 2) markaziy ijroiya 
qo’mita doimiy oliy qonun chiqaruvchi organ, 3) Xalq komissarlari sovet ijroiya organi, 
4) sovetlar va ularning ijroiya qo’mitalari – joylardagi hokimiyat deb e’lon qilindi. 
Shunday qilib, Turkiston muxtoriyatida mujassam bo’lgan o’ziga xos milliy 
davlatchilikni siqib chiqarish g’oyasining lenincha strategiyasidan kelib chiqqan holda, 
«sovetlar asosidagi avtonomiya», «milliy o’z taqdirini o’zi belgilash»ning sovet varianti 
deb e’lon qilindi. 
Amalda u tub joy aholiga amaldagi suverenitetni bermadi, o’lkaning «sotsialistik 
markazga qaramligiga yo’naltirilgan edi.» 


Buni 
«Rossiya sotsialistik sovet federasiyasining Turkiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi» tasdiqlar edi. 
Unga muvofiq mudofaa, tashqi aloqalar, pochta telegraf, dengiz ishlari, temir yo’llar, 
bojxona, savdo-sanoat va moliya sohalari, federal hukumati qo’lida bo’lishi alohida 
aytib o’tilgan. 
Mahalliy aholining rasmiy e’lon qilingan «avtonom huquqlari» faqat tashviqot 
maqsadini ko’zlar edi. Mahalliy millat vakillaridan chiqqan davlat arboblari – Turkiston 
ASSR XK Kengashi raisi K. Otabaev, TKP MQ kotibi N. To’raqulov, TASSR MIK raisi 
– Rahimboboev, F. Xo’jaev, A. Ikromovlar Turkistonda yo`z berayotgan siyosiy 
xatoliklarni ro’y-rost tanqid qildilar. Biroq ularni barchasini repressiya qilindi. Shunday 
qilib, oktyabr’ to’ntarashidan keyingi dastlabki yillar, sotsializm to’la va o`zil kesil 
g’alabasiga, rivojlangan sotsializm deb atalgan yillarda ham sovet sotsialistik 
davlatchiligining faol tarzda zo’rlab tiqishtirilishi davri bo’ldi. Milliy davlat o’z taqdirini 
o’zi hal etishdan iborat qonuniy huquqidan mahrum qilinganligi O’zbekiston jamiyati 
turli qatlamlarining kuchli ijtimoiy va davlat to`zumini joriy etishga muvofiq bo’ldi. 
Sovet davrining tajribasi shuni yaqqol ko’rsatdiki, komunistik to`zumning 
totalitar mustamlakachilik tabiati sovet tarixining barcha bosqichlardia ham uni 
modifikatsiya qilishga bo’lgan barcha urinishlarga qaramay o’z tamoyiliga ko’ra 
o’zgarmasdan qolaverdi. Bunday ahvol sobiq ittifoq tarkibidagi, jumladan 
O’zbekistonda ham o’rnatilgan sovet davlatchiligining mafkurasi va tabiati bilan 
bevosita bog’liq edi. O’zbekiston Prezidenti I. A. Karimov sovet sotsialistik davlatchiligi 
tarixiga baho berar ekan, buni bizning xalqimizga zo’rlab tiqishtirganligini ta’kidlab 
o’tib, u xalqimizning tub ma’naviy, axloqiy, diniy qadriyatlariga mos kelmas edi. 
Markazdan turib boshqariladigan, idora qildinadigan davlat mao’inasi qandaydir bir 
manqurtga, o’z urug’-avlodini ham o’z xalqini tarixini ham bilmaydigan kishilarga 
mo’ljallangan edi, - deganlarida haq gapni aytgan edilar.(Vatan sajdagoh kabi 
muqaddasdir. T. 2.t. 1996 y. 6 bet) 
Imperiya markazining siyosati Turkistonda yoqqol ko’zga tashlanuvchi qiyofa 
kasb etdi.og’izda mahalliy xalqlarni o’ziga xos rivojlanish mumkinligini e’lon qilib, 
yangi hokimiyat amalda mazkur jarayonlarning namoyon bo’lishiga to’siqlik qiladi, tub 
joy aholini davlat boshqaruviga jalb etishi ochiqdan-ochiq qarshilik ko’rsatdi. 
Bol’sheviklarning hatti harakatlari mahalliy halqlarning sovetlarga qarshi kayfiyatini 
kuchaytirdi. E’lon qilingan milliy davlatchilik –Turkiston muxtoriyati zo’rlik bilan 
ag’darildi. Unga qarshi istiqlolchilik kurashi kelib chiqdi. 1918-1922 yil dekabrigacha 
bol’sheviklar Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm xalq respublikalari markazga qaram 
bo’lgan hududlar sifatida xilma-xil nayranglarni amalga oshirdi. 
Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin