odatlarga ko'ra rasmiylashtirilgan yoki yo'qligidan qat’iy nazar inobatga olinadi.
Ba’zan bu narsa yanada aniqlashtiriladi. Masalan, Meksikada nikoh fuqarolik yoki
diniy ekanligi to'g'risida, Bolgariyada esa nikoh ro'yxatdan o'tkazil- ganligi haqida
so'ralgan. Ushbu aniqlashlar ma’lumotlarni joriy hisob bilan qiyoslashni
ta’minlashga bo'lgan intilishi natijasida amalga oshirilgan bo'lib, bunda nikohda
tug'ilganlar deb faqat ota-onalari yuridik jihatdan ro'yxatdan o'tkazilgan
hisoblanadi.
Shuningdek, kimlarni ajralishgan deb hisoblashni ham aniqlashtirib olish
kerak. Faqatgina ro'yxatga olingan nikoh hisobga olinadigan holda masala oddiy
hal qilinadi. Faktik nikohni hisobga olishda esa masala turmush o'rtog'i o'lib nikoh
to'xtalishi sabab bo'lmagan.
1897 va 1926 yillarda o'tkazilgan aholi ro'yxatlarida nikoh holati to'g'risidagi
savol, uning kengaytirilgan tavsifini nazarda tutgan. Biroq, keyingi uchta
ro'yxatdan o'tkazishlarda (1939, 1959 va 1970 yillar) faqat nikohda turadimi yoki
yo'qligi to'g'risida ko'rsatish so'ralgan. 1979 va 1989 yillardagi ro'yxatdan
o'tkazishda nikoh holatining to'rtta toifasi hisobga olingan: hech qachon nikohda
bo'lmaganlar; nikohda bo'lganlar; bevalar va ajrashganlar.
3.
Dostları ilə paylaş: