faqatgina so'ralayotgan shaxs so'zlaridan olish mumkin (masalan, etnik mansubligi,
ona tili va h.k.).
Garchi aholi ro'yxati o'tkazilganda ma’lumotlar har bir fuqaro haqida
to'plansa ham, ro'yxatning qayd etish birligi sifatida oila yoki uy xo'jaligi olinadi.
Ushbu tamoyil aholining oilaviy tarkibi yoki uy xo'jaligi bo'yicha taqsimlanishiga
oid axborotga ega bo'lish imkonini beradi. Statistikada oila - bu qarindoshlik (ota-
ona - farzandlar, aka-uka, opa-singillar) yoki bir xususiyat (er-xotin, kuyov-
qaynona/qaynota, kelin-qaynona/qaynota) ga ko'ra birlashgan, birgalikda
yashovchi yoki umumiy budjetga ega bo'lgan shaxslarguruhidir. Oiladan farqli
ravishda, uy xo'jaligiga birlashgan insonlar qarindoshlik yoki bir xususiyat bilan
bog'lanmasliklari mumkin (masalan, yotoqxonada bir xonada yashab, umumiy
xo'jalik yurituvchi), uning tarkibida xizmatkorlar bo'lishi ham kuzatiladi. Oiladan
farqli o'laroq, uy xo'jaligi bir odamdan iborat bo'lishi mumkin. Oilaviy uy xo'jaligi
va jamoaviy uy xo'jaliklari bir-biridan farqlanadi (masalan, qariyalar uyida
yashovchilar, harbiy qism «aholisi»). Ayrim mamlakatlarda tanlama ro'yxatga
olish savollari ham qo'llanilib, unda savollar barcha aholiga emas, balki uning
ma’lum qismiga beriladi. Tanlama ro'yxatning o'tkazilishi unga sarflana- digan
xarajatlarni qisqartiradi, chunki savollar butun aholiga berilmaydi, biroq
o'rganilishi lozim bo'lgan dolzarb muammolar batafsil tadqiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: