2-ma’ruza: Xattotlik san’ati. Husnixat darslarini tashkil etishga qo’yiladigan tashkiliy va metodik talablar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə2/4
tarix25.01.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#80614
1   2   3   4
Husnixat 2-ma\'ruza

Hirot xattotlik maktabi. Hirot Xurosonning eng katta va mashhur shaharlaridan bo’lib, olimlar, fozillar, shoirlar va xattotlar bilan tolgan xushmanzara bog’-bo’stonlari, turli meva va suvlarining ko’pligi bilan shuxrat qozongan. Xurosonning katta qismidagi markaziy shaharlardan yana biri Marv Shohjon (Turkmaniston)dir. Yoqut Hamaviyning aytishicha, al mavron *(ikki marv) degan so’z bo’lib, biri Marvrud ikkinchisi Marv shohjondir.
Yoqut shunday deydi: «Marvda ilmiy ahamiyatga ega bolgan qimmatli kitoblar juda ko’p edi. Men u erdan ketgan vaqtimda (1220 yilda) vaqf qilingan 10ta kutubxona bor ediki, dunyoda kitobning ko’pligi va yaxshiligi jihatidan unday joyni ko’rmaganman. Ular quyidagicha:
1. Katta jomega qarashli 2ta kutubxona bolib, biri Sulton Sanjar
xodimlaridan Aziziddin Abu Bakr Zanjoniy nomiga qo’yilgan. Unda 12 ming
jildga yaqin qolyozma kitoblar saqlanadi.
2. Al-Kamoliya kutubxonasi (kimga nisbat berilganligi ma’lum emas).
3. 1100 yilda vafot etgan Al Mustavfiy Abulsa’d Muhammad ibn
Mansurning madrasasidagi kutubxona.
4. Nizom al-Mulk Hasan binni Ishohning madrasasidagi kutubxona.
5. Somoniylarga tegishli ikki kutubxona.
6. Al-Amidiyya madrasasidagi kutubxona.
7. Marvdagi oxirgi vazirlardan Majdi mulkning kutubxonasi.
8. Madrasa Xotuniyadagi kutubxona.
9.Yana u erda Az-Zamiriya kutubxonasi. Bularning hammasi 1221 yilda mo’g’’ullar tomonidan xarob etilgan».
Axmad Tayibshoh Movarounnahriy bir necha xatga, ayniqsa, suls xatiga ravshanlik kiritgan. 1215 yilda vafot etgan. Ba’zilar bu xattotni Ibrohim shoh Tayib Axmad deydilar.
Mavlono Yusuf Xurosoniy xattot Yoqutning mashx ur shogirdlaridandir. Ustozi bilan bir vaqtda vafot etgan. Yoqut xat bilan 1210 yilda ko’chirilgan «Kalimoti murtazaviyya» asari Ayoso’fiya kutubxonasida saqlanadi. «Kalimot» bilan birga Ali binni Hilol xatida Salomat ibn Jandal ismli arab shoirning qasidasini ko’chirgan. Bu qasidani 1218 yilda ko’chirib tamomlagan. 1269 yilda vafot etgan. Ibrohim Mirzo Shohrux o’g’li Temur nabiralaridan bo’lib, Sharafiddin Ali Yazdiy shogirdlaridandir. Ulug‘ tarixchi o’zining «Zafarnomaiy Temuriy» asarini Temurga bag’ishlab yozgan. Mirzo Ibrohim olti xil xatda tengi yo’q xattot edi. Yoqut uslubiga taqlid qilib, xat san’atida undan o’tib ketgan. U yozgan xat qoldiqlarining ba’zilari hozir ham Sheroz qadimiy binolarida saqlanib qolgan. Xattot 1431 yilda vafot etgan.
Ahmad Rumiy Sulton Boysunqor kitobxonasining xattotlaridan bo’lib, ko’p vaqtlar ulug’ kishilar bilan suhbatlashgan. Sulton Boysunqor Temuriy shahzodalaridandir. U 35 yoshida -1427 yilda vafot etgan. «Davlatshox tazkira»da ko’rsatilishicha, uning kitobxonasida 40 nafar mashhur xattotlar tun kun kitobat bilan shug’ullanar edilar. Xattotlik, zarafshonlik,oltin xalash, naqsh, lavxa, rasm, miniatyura va boshqa badiiy san’atlar ishlash, Boysunqor davrida ravnaq topgan. Istanbulning xar bir kutubxonasida hech bo’lmaganda bir nusxa uning davrida ko’chirylgan asar mavjud. Sulton buyrug’I bilan ko’chirilgan qolyozmalardan «Faraj ba’da shiddat»ning tarjimasi va «Nusxat ul-arvox» kitobi diqqatga sazovordir. Mirzo Ulug’bek astronomiya va xandasada o’z davrida yagona bo’lgani kabi Boysung’ur Mirzo she’r va xatda o’z davrining eng mashxur kishisi edi. Eronliklaming aytishicha, to’rt kishi to’rt xatda sulsda Boysunqor Mirzo, nasta’liqda Mir Imod, nasxda Mirzo Ahmad, shikasta xatda Darvesh Abdu Majid Tolqoniy ustod emish.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin