2-ma’ruza. Axborot texnologiyasining asosiy tushunchalari va ularning industrial biznes jarayonidagi vazifasi Reja


Korxona – bu mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi mustaqil xo’jalik subyekti hisoblanadi. Boshqarish



Yüklə 128,9 Kb.
səhifə2/8
tarix11.12.2022
ölçüsü128,9 Kb.
#73806
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu

Korxona – bu mahsulot ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi mustaqil xo’jalik subyekti hisoblanadi.
Boshqarish – bu kompyuter tizimini xo’jalik subyektiga nisbatan buyruqlar ishlab chiqarish va ularni amalga oshirish jarayoni. Boshqarishning asosiy maqsadi – ob’yektning ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi.
Boshqarish tizimi qatoriga quyidagi elementlar kiradi:

  • boshqaruv idorasidagi muxaxassislari;

  • boshqarish metodlar va usullari;

  • boshqarish va hisoblash texnikasi;

  • hujjat almashish tizimi.

Texnologiya — so’zi yunoncha (techne) san’at, mahorat, o’quv ma’nolarini anglatadi, bu esa jarayonlar demakdir.
Texnologiyani quyidagicha ta’riflash mumkin. Texnologiya - bu sun’iy ob’yektlarni yaratishga yo’naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo’nalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu Yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o’zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin. 
Jarayon deganda oldinga qo’yilgan, maqsadga erishishga yo’naltirilgan harakatlarning muayyan yig’indisi, jamlanmasi tushuniladi. Axborot texnologiyalarning maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishdan iboratdir.
Axborot texnologiyalarini tatbiq etish iqtisodiyot, fan, ta’lim va boshqarishning barcha sohalarida davom etmoqda. Axborot texnologiyalarining fan va ta’lim sohasidagi asoslari bo’lgan ko’plab zamonaviy texnika vositalari: kodoskop, audio va video magnitofonlar, televizor, kompyuter, skaner, mikrofon, kolonka, videoko’z, videoproyektor va nusxa olish apparatlaridan dars berish jarayonida maksimal foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Axborot texnologiyasi – bu ob’yekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma’lumotlarni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko’rinishga keltiruvchi ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash o’zatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Ichki omillar — bu axborotlarning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va hokazo.
Tashqi omillar — bu axborot texnologiyasining texnika uskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat (respublika, qit’a)da yashovchi o’rtog’ingiz bilan fikr almashmoqchisiz deylik. Buni turli yo’llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o’rtog’ingizga o’z fikringizni (o’z navbatida o’rtog’ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali yetkazishingiz mumkin:
1) aloqa bo’limi orqali (yozma ravishda);
2) telefon tarmoqlari orqali (og’zaki);
3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
O’zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon va sifati yuqori bo’lgan usulni belgilab olasiz. 
Hayotiy tajriba shuni ko’rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo’ladi va natijalarga qarab qaysi usuldan foydalanishni o’zingiz belgilab olasiz. Albatta, yuqorida ko’rsatilgan usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog’liq. Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1- va 2-bandda ko’rsatilgan usullar bilan yoshligingizdayoq tanishib olgansiz va undan foydalanishni yaxshi bilasiz. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular bilan muloqot ko’nikma va malakalariga bog’liq.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo’lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo’lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo’llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o’quvchi boshlang’ich axborotni qayta ishlash uchun o’zining bilimini qo’llaydi. Masalaning echimi bo’lgan yangi axborot mahsuloti, o’quvchi tanlay olgan masalani echish texnologiyasi, usuliga bog’liq.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o’zining "uskunalari", vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir. Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o’zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo’llanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo’llanishiga urg’u berish maqsadida ko’pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o’zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog’liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo’lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo’linadi:
1. Ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma’lum algoritmlar bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni echishga mo’ljallangan. Masalan, har bir firmada o’zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi albatta bo’lishi kerak.
2. Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan insonlarning axborotga bo’lgan talabini qondirishdan iborat. Boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o’tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni ham o’z ichiga oladi.
3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi.
Avtomatlashtirilgan ofisning zamonaviy axborot texnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo’llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Offise dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word matn muharriri, Excel elektron jadvali, Power point taqdimot uchun grafikani tayyorlash dasturi, Microsoft Access ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.
Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko’plab dasturiy vositalar mavjudki, ular barcha turdagi axborot texnologiyalarini ta’minlay oladi. Ularning ayrimlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. 
Ma’lumotlar ombori. Har qanday axborot texnologiyasining majburiy komponenti ma’lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan ofisda MO firmaning ishlab chiqarish tizimi haqidagi barcha ma’lumotlarni o’zida saqlaydi.




  1. Yüklə 128,9 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin