“ABB INDASTRY” firmasining chastota o’zgartirgichli elektryuritmalari blok tizimida “Siemens-Simovert MasterDrivers” firmasining keltirgichlari bilan analogik ravishda bajariladi. “ABB INDASTRY” firmasi tomonidan quvvatning keng diapazoni uchun moslashtirish xarajatlarini kamaytirishga va qo’llanilganda yuqori effektivlikni va iqtisodni taminlashga imkon beradigan, o’zgarmas to’kning umumiy shinasi bilan keltirgichlarni boshqarishning yuqori yagona tizimini ishlab chiqildi. Tizim oddiydan tortib butun korxonani o’z ichiga olgan boshqa boshqaruv tizimlari bilan birlashish hisobiga kengayish imkoniyatiga ega. Elektryuritmalarning katta tizimlarini boshqarish uchun taqsimlangan boshqaruv tizimini qo’llash mumkin. Uni kordinatsiyalash uchun qo’shimcha kontroller va tez ta’sir etuvchi lokal shinalar qo’llaniladi. Shuningdek, boshqaruv tizimiga qo’yiladigan talablar bilan bo’gliq injiniring xarajatlarini pasaytirish uchun dasturiy ta’minlash ko’rinishidagi tizimga ilovalar mavjud (Alfa for Windovs, Drive Windovs, Drive Support dasturiy paketlari).
Tizim o’zgarmas to’kning umumiy ta’minlovchi shinasi bo’lgan modul konstruksiyaga ega. Asos konfiguratsiyaga quyidagi modullar kiradi.
Kirish moduli. Bu modil orqali tizimga uch fazali ta’minlovchi (oziqlantiruvchi) kuchlanish keltiradi. Modulga diodli yoki 525 kv A gacha quvvatga ega bo’lgan tiristorli to’g’rilagich o’rnatilishi mumkin. Quvvatga qo’yiladigan talablarga ko’ra kirish moduliga kontaktor yoki havoli ochirgich o’rnatiladi. Modulning asos konfiguratsiyasini asosiy o’chirgich, eruvchan predoxranitellar, kontaktor yoki havoli o’chirgich tashkil etadi.
Diodli uch fazali to’g’rilagich moduli. Bu modul rekuperativ bo’lmagan elektryuritgichlar tizimida uch fazali o’zgaruvchan kuchlanishni o’zgarmasga aylantirish uchun qo’llaniladi.
Modulning asos konfiguratsiyasi o’zgarmas to’kning tekislovchi reaktori bilan olti impulsli diod ko’prigidan, bitta oltiimpusli diod ko’prigini boshqarish uchun kontroller platasidan tashkil topgan.
Shinali tuzilish. O’zgarmas to’kning umumiy shinasidan quvvat olish dvigateldan dvigatelgacha tormozlanishni tormoz invertori yoki rekuperativ modulni qo’lllamasdan amalga oshirishga imkon beradi. Standart ravishda alyuminiyli shinalar qo’llaniladi. Standart ravishda alyuminiyli shinalar qollaniladi.
Keltirgichlar modullari. Har bir invertor kontroller va standart kirish va chiqish platasiga ega bo’lgan keltirgichlarni boshqarish moduliga ega.
Invertorlar o’zgarmas to’kning quvvatlantiruvchi shinalarining kuchlanishini tekislash uchun o’rnatilgan kondetsatorlarga ega. O’zgarmas to’kning quvvatlantiruvchi shinalari bilan elektrik ulanish eruvchan predoxranitellar bilan himoyalanadi.
Asos konfiguratsiyasi invertor moduli, dvigetel kontrolleri va yordamchi controller, kirish va chiqish modullari, chiqish filtiridan tashkil topgan.
Boshqaruvning yordamchi moduli. Bu modul yordamidchi uskunalarga kuchlanish beradi, masalan: elektr jixozlar shafining ventilyatori, keltirgichlar seksiyasidagi kontaktlar va releva boshqalar. Unda shuningdek, zaruriy jihozlar (ampermetrlar, voltmetrlar) va buzilishlar signalizatsiyasi apparaturasi joylashgan bo’lishi mumkun.
Asos konfiguratsiya yordamchi quvvatlantiruvchi transfarmator (xususiy extiyojlar transfamatori), 24 V o’zgarmas to’kning quvvat manbaidan tshkil topgan. Anlogik ravishda boshqa firmalarning (Mitsubishi electric) chastota o’zgartiruvchilari bajariladi. Quyida 4.1- rasmda asosiy kuch modullarini birlashtiruvchi chastota o’zgartirgichlar sxemasi keltirilgan.
Birinchi sxema (rasm 4.1.a) elektr yurituvchilar tormozli rejimlarida tormozlanish energiyasining o’zgaruvchan kuchlanish tarmog’iga rekuperatsiyasini ta’minlaydi.
Invertor va tarmoq quvvatini moslashtirish uchun oshiruvchi avtotransfarmator qo’llaniladi. Kirituvchi kuch blokida, agar chastota o’zgartiruvchisini yoqishda kondensator zaryadi to’kini cheklash masalasi qoyilmasa, boshqarilmaydigan to’g’rilagich guruhi qollanilishi mumkin.
Ikkinchi sxema (rasm 4.1. b)rezistorda tormozlanish energiyasini boshqargan holda ochiradigan tormoz modulini oz ichiga oladi.
Chastota o’zgartirgichlar (PCH ) boshqaruv modullari bilan birgalikda keltirgichlarni boshqarish blokini tashkil etadi. 4.1. jadvalda keltirilgan (Mitsubishi electric) firmasining FR-A500 o’zgartirgichlarining xususiyatlari ro’yhatini koribchiqamiz.
Guruhi quvvat manbaiga ega elektr yuritgichlarning ko’p dvigetelli tizimidan foydalanishda bitta kiruvchi kuch moduli (to’g’rilagich) va bir necha chiqish modullari (invertorlar) qo’llaniladi. Dvigetellardan birining tormozlanish energiyasi o’zgarmas kuchlanish tarmog’i orqali boshqa, tormozlanmaydigan dvigetelarga uzatilishi mumkin. Bu holda tormozli resistor moduldan foydalanmaslik mumkin. Elektrodvigetellarning guruhli tormozlanishida bunday modul zarur.
Guruhli to’g’rilagichli ko’p dvigatelli avtomatlashtirilgan elektr keltirgich sxemasi quyida keltirilgan, bunda GT- guruhli to’g’rilagich ; I1…Im-invertorlar; TM-tormozli modul. Barcha kuch modullari keltirgichlar kontrollerlari tomonidan boshqariladi. Modullar ishini kordinatsiyalash (muvofiqlashtirish)ni KT bajaradi.
Komplekt avtomatik o’zgarmas to’k elektryuritmalari tarkibiga (5.1.-rasm) umumiy holda, yakor kuchlanishi va abmotka qo’zg’alishi to’kini boshqarishni ta’minlovchi to’g’rilagichlar kiradi. Bu variantda elektr yuritgich tezligini ikki zonali boshqarish ta’minlanadi.
Bloklar tabiiy havo bilan sovitishga ega, katta quvvatlarga mo’ljallangan blolkar esa- majburiy havo bilan sovitihga ega (ventilyator yoki bir necha ventilyatorlar yeg’indisiga ega).
Kontroller tashqi datchiklardan keladigan axborotlarni qayta ishlaydi, boshqarish va tashhislash funksiyalarini amalga oshiradi. Ustavkalar va aktiv haqiqiy parametrlar analogik yoki raqamli formada (shaklda ) aniqlanishi mumkin. Elektronika shkafi elektronika apparaturasi va qo’shimcha platalarni o’zida tutadi. Tashqi signallar (bilan, analogik, impulsli, va boshqalar) kirish va chiqish moduliga kabellar orqali uzatiladi. Ekranlashgan kabellar datchiklarini elektryuritmaning kuch blokidan ma’lum masofada joylashtirishga imkon beradi.
Boshqaruv pulti indikatsiya blokidan (yeti segmentli indukatorlar yoki suyuq kristalli display), holat indikatsiyasi uchun yorug’lik diodlaridan, boshqaruv buyruqlarini kiritish uchun knopkalardan iborat. Elektr yuritgich tarkibiga shuningdek, ko’taruvchi boshqaruv pulti ham kiradi.