2-Laboratoriya ishi. Mavzu: Rezina namunani X050 qurilma yordamida cho’zilishga sinash” mavzusidagi labaratoriya ishi Ishning maqsadi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152504
  1   2   3
2-Labaratoriya



2-Laboratoriya ishi. 
Mavzu: Rezina namunani X050 qurilma yordamida cho’zilishga sinash” 
mavzusidagi labaratoriya ishi 
Ishning maqsadi:
1. Materiallarni cho’zilish va siqilishga sinash usullari bilan tanishish.
2.Rezina namunani uzilishgacha bo’lgan xolatini o’rganish.
3. Sinalayotgan namunani ish diagrammasini ko’rish.
4. Sinalayotgan namunani cho’zilish paytidagi mexanik tavsifini aniqlash. 
Ishning nazariy qismi: 
Rezinaning cho‘zilishdagi mustahkamligi, nisbiy va qoldiq uzayishi. Rezinaning 
asosiy deformatsion va mustahkamlik xossalariga plastiklik va elastiklik xossalari
cho‘zilishga qarshi mustahkamligi, cho‘zilishdagi nisbiy uzayishi, cho‘zilishdagi 
qoldiq uzayishi, berilgan uzayishdagi nisbiy kuchlanish va boshqalar kiradi. Rezinadan 
tayyorlangan buyum va materiallarda cho‘zuvchi kuchlar eng xavfli bo‘lgani uchun, 
ularning mustahkamligi cho‘zish orqali tavsiflanadi. Rezina buyumlar vaqt o‘tishi bilan 
o‘z mustahkamligini yo‘qotib boradi (statik toliqish paydo bo‘ladi) va, nihoyat, ular 
ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. 
Rezina buyumlarga o‘zgarmas kuchlanish ta’sir etishidan boshlab buyumning 
yaroqsiz bo‘lishigacha (buzilishi) ketgan vaqt uning shu vaqt ichidagi mustahkamligi 
yoki uzoqqa chidamliligi deyiladi. Kuchlanish miqdori ortib borishi bilan uzoqqa 
chidamlilik keskin kamayadi. Rezinaning cho‘zilishdagi mustahkamligini tajriba yo‘li 
bilan aniqlash ko‘p vaqt va mehnat talab qiladi. Shuning uchun laboratoriya sharoitida 
cho‘zilishdagi shartli mustahkamlik (mustahkamlik chegarasi) orqali hisoblab topiladi. 
Rezina cho‘zilgan vaqtda uning o‘z shaklini saqlab qolish xususiyati deformatsiya 
tezligi, harorat, rezina tarkibi va uning tuzilishiga bog‘liq. Cho‘zish tezligi qancha 
yuqori bo‘lsa, rezina materialni buzish uchun shunchalik kam kuch talab etiladi. 
Deformatsiya vaqtida haroratning o‘zgarishi mustahkamlik ko‘rsatkichiga ta’sir qiladi. 
Odatda, harorat ortishi bilan, rezina mustahkamligi kamayadi va aksincha. Sinash 
ishlari solishtirish mumkin bo‘lgan namunalar olish uchun Davlat standarti yoki texnik 
shartlarda keltirilgan ma’lum tezlik va haroratda o‘tkaziladi. Rezina mustahkamligi 
ularning tarkibiga qo‘shiladigan aktiv to‘ldirgichlar hisobiga ham keskin ortadi. Ammo 
me’yordan ortiq miqdorda plastifikator qo‘shish ham rezina mustahkamligini pasaytirib 
yuboradi. Rezina materiallarning mustahkamlik va elastiklik ko‘rsatkichlari РМИ–60 
markali mashinada aniqlanadi. Bu mashina yordamida namunalar o‘zgarmas tezlikda 
uzilishiga qadar cho‘ziladi va namunaning uzilish vaqtiga mos keladigan kuch hamda 
uning uzayishi topiladi. Cho‘zish vaqtida rezinaning uzayishiga mos keluvchi shartli 
mustahkamligi, uzilish vaqtidagi nisbiy uzayish, qoldiq uzayish topiladi. 


Rezinaning cho‘zilishdagi nisbiy uzayishi deganda, rezina materialning nisbiy 
uzunligining materialning dastlabki uzunligiga nisbati tushuniladi. Avtomobilning eng 
muhim rezina detallarini ta’mirlashda keng qo‘llaniladigan uch turdagi rezina 
materiallarining ba’zi standart ko‘rsatkichlari 10. 2- jadvalda keltirilgan. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin