int led=2;
// Mayoqning yonib-o‘chish vaqtlarini “pause_on” va “ pause_off”
// o‘zgaruvchilar bilan belgilaymiz va ularga millisekundlarda qiymat //
beramiz.
int pause_on=500, pause_off=500 ;
// Lampa pinini signal chiqish kanali deb belgilaymiz.
void setup()
{
pinMode(led, OUTPUT);
}
// Doimiy ravishda takrorlanib turuvchi funksiyani yozamiz
void loop()
{
digitalWrite(led, HIGH); // Lampochkani yoqamiz
delay(pause_on); // Belgilangan vaqt kutamiz
digitalWrite(led, LOW); // Lampochkani o‘chiramiz
delay(pause_off); // Belgilangan vaqt kutamiz
}
Endi ushbu dastur kodini Arduino IDE muhitiga kiritamiz.
Endi ushbu dastur kodini kompillyasiya qilamiz.
Muhit oynasining pastki qismida kompillyasiya tugaganligi, tayyyor
bajariluvchi dastur mikrokontroller xotirasidan 960 bayt (3%), global o‘zgaruvchilar
esa atigi 9 bayt (bir foizdan kam) joy egallaganligi to‘g‘risida ma’lumot chiqdi.
Dastur kodida xatolar aniqlanmadi.
Dasturni
mikrokontroller
xotirasiga
yuklaymiz.
Buning
uchun
mikrokontrollerni USB porti orqali kompyuterga ulaymiz va quyidagi sozlashlarni
amalga oshiramiz.
Dastlab mikrokontroller qaysi portga ulanganligini ko‘rsatamiz.
Bizning holimizda u COM26 portiga ulanganligini belgilaymiz.
Keyin ulangan plata turini “Addiuno Nano” qilib tanlaymiz.
Keyin mikrokontroller platasidagi protsessor turini ko‘rsatamiz.
Bizning holimizda u Atmega 328P qilib belgilanishi lozim. Endi
mikrokontroller dastur yuklanishiga tayyor bo‘ldi.
Dasturni yuklash uchun komandalar menyusidan dasturni yuklash buyrug‘ini
tanlaymiz.
Muhit oynasining pastki qismida dasturning mikrokontroller xotirasiga
yuklash tugallanganligi to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘ladi. SHu bilan berilgan
masala uchun mikrokontrollerni dasturlash vazifasi nihoyasiga etadi.
Dostları ilə paylaş: |