2. Elektr energiya manbai, iste’molchilari va ulovchi simlardan tuzilgan zanjir



Yüklə 88,83 Kb.
tarix04.06.2023
ölçüsü88,83 Kb.
#124841
omad 3


Mavzu:O‘zgarmas tok elektr zanjirini tekshirish.
REJA:
1. Murakkab chiziqli o‘zgarmas tok elektr zanjirini qismlarga ajratib tekshirish va ulardagi tok, kuchlanish miqdorlarini hisoblash usullarini o‘rganish.
2. Elektr energiya manbai, iste’molchilari va ulovchi simlardan tuzilgan zanjir elektr zanjiri deyiladi.
3. EYuK manbaasi, energiya iste’molchilari va elektr energiyani o‘tkazuvchi simlar, nazorat va boshqaruv asboblari, shuningdek o‘zgartiruvchi qurilmalar ham kiradi.
 
Elektr zanjiri — elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulabuzgichlar (viklyuchatellar), qayta ulagichlar (pereklyuchatellar), saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elekt energiyasi manbalarida biror turda gi energiya (suv, issiklik va boshqalar ener giyasi) elektr energiyasiga, qabul qil gichlar (isteʼmolchilar)da elektr ener giyasi issiqlik, mexanik va boshqalar tu| energiyaga aylantiriladi. Elektr zanjiri rejim" (ish maromi) barcha qismalardagi tok va kuchlanish qiymatiga bogʻliq boʻladi. Elektr zanjiridagi tok, EYUK va kuchlanish oʻrtasidagi munosabat Kirxgof qonunlari bilan tushuntiriladi (qarang Kirxgof koidalari). Elektr zanjiri oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlariga boʻlinadi. Elektr zanjirining asosiy elementlari: rezistor, induktivlik gʻaltagi, elektr kondensator va boshqalar
Elektr zanjirlari tarmoqlanmagan (oddiy) va tarmoqlangan (murakkab) bo‘ladi. Elektr zanjirlarini hisoblashdan asosiy maqsad tokni zanjir tarmoqlarida qanday taqsimlanganligini aniqlashdir. Bu vazifa Om va Kirhgof qonunlaridan foydalanib topiladi. Oddiy elektr zanjiri sxemasiElektr zanjirlari tarmoqlanmagan (oddiy) va tarmoqlangan (murakkab) bo‘ladi. Elektr zanjirlarini hisoblashdan asosiy maqsad tokni zanjir tarmoqlarida qanday taqsimlanganligini aniqlashdir. Bu vazifa Om va Kirhgof qonunlaridan foydalanib topiladi.
Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg'amli dvigatellar transport vositasida, xususan, metropolitenda, trolleybus va tramvaylarda, zavod
sexlarida harakatlanadigan transport vositalarida, shaxtalardagi
o‘zi yurar vagonchalarda keng qo‘llani!adi. Chunki bu mexanizmlarda bitta trolley (maxsus konfiguratsiyali tok o‘tkazgich simi)
qo‘llaniladi. Bundan tashqari ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amli
o‘zgarmas tok dvigateli kuchlanish kamayganda ham me’yorida
ishlaydi, bu esa trolley orqali uzoq masofaga elektr uzatish imkonini beradi. Bu dvigatellar mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli
mashinalarga nisbatan yana ikkita asosli afzallikka ega bo‘lib,
ulardan biri, mexanizmda yuklama ortib ketganda, tok bo'yicha
bir xil o‘ta yuklanishda momentni katta qiymatga oshiradi. Ikkinchi afzalligi esa, qo‘zg‘atish chulg‘ami simlarimng ko‘ndalang
kesimining kattaligi, ularning o‘ramlari orasidagi kuchlanishning
kichikligi, qo‘zg‘atish chulg‘ami maydonining so‘ndirish tizimi
mavjudligi tufayli yuqori ishonchlilikka egaligidadir. Shuning
uchun elektrotexnika sanoati bunday mashinalaming turli seriyalarini ishlab chiqarishda davom etmoqda. Masalan, kran va metallurgiya dvigatellari 2,5 kW dan 185 kW gacha quvvatga, (2,7-5,0)
Mnom ga ega bo‘lgan maksimal momentli ДС, ДП va boshqa
rusumdagi dvigatellar ishlab chiqarilmoqda.
Ketma-ket ulangan qo‘zg‘atish chulg'amli mashinalarda qo‘zg‘atish chulg‘ami yakor bilan ketma-ket ulanadi va magnit oqimi
yakor tokining funksiyasi bo‘lib qoladi. Shuning uchun yuklama
ortganda tezlikning pasayishi nafaqat kuchlanish tushishining ortishidan, balki magnit oqimi ortishi hisobiga ham hosil bo‘ladi. Bu
bilan mexanik tavsiflaming ayniqsa, kichik yuklamalarda katta
qiyalikka ega ekanligini ham izohlash mumkin.
Agar mashina magnit tizimini to‘yinmagan deb hisoblasak, u
holda uning magnit oqimi tokka to‘g‘ri proporsional deb qabul
qilinadi. U holda quyidagini yozish mumkin:
l o‘qidagi momentning qiymatini ko‘rsatadi.
Ketma-ket chulg‘amli dvigatellaming ishga tushirish qarshiliklarini va sun’iy tavsiflarini hisoblash. Sun’iy mexanik
tavsiflar kataloglardagi mexanik tavsif asosida hisoblanadi. Hozirda EHM laming keng qo‘llanilayotganini nazarda tutib, hisoblashning grafik usulini emas, balki analitik usulini ko‘rib chiqamiz. Shunday qilib mashinaning tabiiy mexanik tavsifi, ya’ni
n = f (г), bu yerda: I = Iya =/qCh - yakor toki bo‘lib, mashina normal sxemada ulanganda qo‘zg‘atish tokiga tengdir; Rqch - dvigatelning yakor zanjiriga ulangan qo‘shimcha qarshiliklar yig‘indisi:
bu yerda: Rya, RqCh va Rqq- mos ravishda yakor, qo‘zg‘atish chulg‘ami va qo‘shimcha qutblar qarshiliklari.
Yakor zanjirida parallel konturlar bo‘Jgan ketma-ket
qo‘zg‘atish chulg‘amli dvigatelning mexanik tavsiflari. Yakor
va qo‘zg‘atish chulg‘amini turli sxemalarga ulab, turli mexanik
tavsiflami olish mumkin. Sanoatda ko‘tarma va metallurgiya qu
rilmalari uchun magnit kontroller va avtomatlashtirilgan boshqaruv stansiyalarining bir necha turlari ishlab chiqariladi va ularda
quyidagi sxemalardan (2.17-rasm) foydalaniladi: a)umumiy ketma-ket ulangan qarshilik mavjudligida yakomi shuntlash; b) yakor
chulg‘amini shuntlash; d) qo‘zg‘atish chulg‘amini shuntlash;
e) umumiy ketma-ket ulangan qarshilik mavjud bo‘lganda yakor
va qo‘zg‘atish chulg‘amlarini parallel ulash.

Olingan tavsiflami ko‘rib chiqamiz. 2.17-rasm da keltirilgan sxemadagi dvigatelni shuntlaganda nisbiy birliklarda hisoblangan tavsiflar 2.18-rasmda keltirilgan.
Bu yerda, 7-egri chiziq dvigatelning tabiiy tavsifi. 2- va 3-egri
chiziqlar ketma-ket qarshilik kiritilgandagi mashinaning sun’iy
tavsiflaridir. 4-cgri chiziq dvigatel yakorini Rsh va Rq rezistorlardan tuzilgan kuchlanish bo‘luvchisidan olingan pasaytirilgan
kuchlanish bilan ta’minlangandagi tavsif. Kichik yuklamalarda
kuchlanish bo‘luvchisining ta’siri samarasi hisoblanadi. 5- va 6 -
tavsiflar aktiv statik moment mavjud bo‘lganda o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishli dinamik tormozlashni tavsiflaydi. Bu kabi sxema
kranlarda magnit kontrollerining birinchi holatida qo‘llanib, yukni
ko‘tarishda ravon (siltamasdan) ishga tushirishni ta’minlab beradi
yoki yukni kichik tezlikda tushira
Foydalanilgan adabiyotlar:
• Pirmatov N.B, Yarmuxammеdova Z.A, Mustafakulova G.N, Elеktr mashinalari fanining transformatorlar qismi b o'yicha kurs loyihasini bajarishga oid o'quv -uslubiy qo'llanma T.:ToshDTU, 2012
• Salimov J.S., Pirmatov N.B. Elеktr mashinalari.-T.: O'zbеkiston faylasuflari milliy jamiyati, 2011.
• Голдберг О.Д., Гурин Я.С., Свириденко И.С., Проектирование электрических машин. -М.: Высшая школа, 2001
Yüklə 88,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin