2. Avtomobillarni ishlab chiqarish hajmini bashoratlash va uning tashkiliy shakllaridagi ishlab chiqarish rejalarini optimallashtirish Reja



Yüklə 173,46 Kb.
səhifə1/3
tarix04.10.2023
ölçüsü173,46 Kb.
#151995
  1   2   3
2-Mavzu


2. Avtomobillarni ishlab chiqarish hajmini bashoratlash va uning tashkiliy shakllaridagi ishlab chiqarish rejalarini optimallashtirish


Reja:



  1. Ishlab chiqarish detallar tarkibini aniqlash.

  2. Ishlab chiqarish hajmini bashoratlash.

  3. Ishlab chiqarish shakllaridagi ishlab chiqarish rejalarini optimallashtirish.



Adabiyotlar - 1, 2.


Tayanch iboralar: Ish potensiali, resurs, bashorat, ammortizatsion xizmat vatqi, texnikaviy shart, ishlab chiqarish oralig‘i, ishlab chiqarish ehtiyoji, tiklash zichligi, tiklash rejasi.


1. Transport vositalardagi ta’mirlanuvchi detallar tarkibini belgilash

Transport vositalarining ishlash qobiliyati asosan ularning tarkibiy qismi bo‘lgan detallariga bog‘liq. Ma’lumki transport vositasining umumiy ish potensiali uning detallariga loyihalangan ish potensiallari bilan belgilanadi. Lekin bu detallarga ularning transport vositasidagi konstruksion vazifasi, ishlash sharoiti va unga qo‘yiladigan talablar (texnologik, iqtisodiy va h.k.) asosida loyihalangan ish potensiallar bir me’yorli emas. Detallarning ish potensiallari orasidagi farqlanish bu real hodisa, ularni ob’ektiv sabablar bo‘yicha bir me’yor ko‘rsatkichga olib kelib bo‘lmaydi. Natijada transport vosita detallarning ish potensiallarni inobatga olgan holda ularni quyidagi to‘rtta guruhga guruhlash mumkin (2 rasm).





Rasm 2. Detallarning ish potensiali bo‘icha guruhlanish diagrammasi


Birinchi guruhga ish potensiali – resursi transport vositasining ishlash davriga teng bo‘lgan detallar kiradi. Ularga transport vositasining kuzovi, ramasi, har turdagi richag va kronshteynlar va h.k. kiradi. Bu guruhdagi detallar uzoq muddatga mo‘ljallangan detallar bo‘lib, ularni ta’mirlanishi talab va ehtiyojga asoslangan holda transport vosita rusumining eskirishi va samaradorligi nuqtai nazardan cheklanishi mumkin.


Ikkinchi guruhdagi detallarning resursi transport vositasining dastlabki birinchi chegaraviy holatidan yuqori, lekin ikkinchi chegaraviy holatdan kam. Ularga korpus detallari, tishli g‘ildiraklar va h.k. kiradi.
Birinchi va ikkinchi guruh detallari transport vositasining tarkibidagi 3035% detallarni tashkil etadi.
Uchinchi guruhdagi detallarning resursi transport vositasining chegaraviy holat resursiga teng. Bu detallar qimmatbaho detallar turkumiga kiradi va ular transport vosita detallarining 4045% tashkil etadi. Ularga tirsakli val, taqsimlash vallari, shatun, gilza, yarim o‘q va h.k. kiradi.
To‘rtinchi guruhdagi detallar tez eyiladigan detallar bo‘lib, ularning resursi transport vositasining chegaraviy holat resursidan bir necha marta kam. Ular cheklangan resursli detallar – porshen halqalari, vtulkalar, vkladishlar va h.k. bo‘lib, transport vositadagi detallarning 2530% tashkil etadi.
Transport vositasidagi 7075% birinchi, ikkinchi va uchunchi guruhdagi detallarda qoldiq resurs mavjud bo‘lgani uchun ularni tarkibiga kiruvchi barcha detallar ta’mirlanuvchi detallar bo‘lib, ishlab chiqarish tizimlarining potensial ishlab chiqarish fondalri bo‘lib xizmat qiladi.
Birinchi guruh detallari konstruksion sodda va tayyorlash tan narxi arzon bo‘lgani uchun ular ishlab chiqarish amaliyotda tiklanmaydi.



Yüklə 173,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin