2-Amaliy ishi: Microsoft Access ma'lumotlar bazasida sql so’rovlari bilan ishlash



Yüklə 388,21 Kb.
səhifə4/8
tarix18.09.2023
ölçüsü388,21 Kb.
#145124
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Amaliy ishi Microsoft Access ma\'lumotlar bazasida sql so’rovl

WHERE Familiya LIKE '*iyev'
ORDER BY Familiya

Agar (*) so’z oxiridan qo’yilsa yani 'iyev*’ familiyasi boshi iyev bo’lib boshlanadigan talabalar haqidagi yozuvlarni chiqaradi.


Yuqoridagi misollarda yulduzcha (*) metasimvoldan foydalanildi, chunki Access MBBT ning LIKE operatori foiz belgisini (%) qo'llab-quvvatlamaydi. Bu yerda

3. Kvadrat qavslar ([]) metasimvoli
Kvadrat qavslar ([]) metasimvoli bir vaqtning o'zida izlash uchun simvollar to'plamini ko‘rsatishda ishlatiladi.
SELECT Id, Familiya, Ism, Yunalish, Tugilgan_tuman, Guruh
FROM Talabalar
WHERE ISM LIKE '[AB]*'
ORDER BY Familiya

Yuqoridagi misolda Ism maydonida talabalarning ismlari A yoki B harfi bilan boshlanadigan yozuvlarni tanlandi, shuningdek, aksincha xarakatni bajarish uchun, boshqa metasimvolidan foydalananiladi. Ifodamizga "teng emas" ni bildiruvchi (!) undov belgisini (Access MBBTuchun) yoki darajaga ko‘tarish belgisini (^) (boshqa MBBTlar uchun) qo'shiladi.
SELECT Id, Familiya, Ism, Yunalish, Tugilgan_tuman, Guruh
FROM Talabalar
WHERE ISM LIKE '[!AB]*'
ORDER BY Familiya



So'nggi so'rov quyidagicha o'qiladi: Talabalar jadvalidagi Id, Familiya, Ism, Yunalish, Tugilgan_tuman, Guruh ustunlarini tanlang va faqat Ism maydonidagi talabalar ismi A yoki B harflari bilan boshlanmaydigan yozuvlarni tanlang. Bundan tashqari, "kvadrat qavslar" metasomvoldagi harflar to'plami faqat matndagi bitta pozitsiya uchun javob beradi.
NOT operatoridan foydalansak, shunday natija olishimiz mumkin.
Ma'lumotlarni qayta ishlash funksiyalari
Ko'pgina dasturlash tillarida bo'lgani kabi, SQL da ma'lumotlarni qayta ishlash funksiyalari mavjud. Shuni ta'kidlash kerakki, SQL operatorlaridan farqli ravishda, funksiyalar MBBT ning barcha turlari uchun standartlashtirilmagan, ya'ni ma'lumotlar ustida bir xil operatsiyalarni bajarish uchun, turli MBBTlar o'zlarining funktsiya nomlariga ega. Bu shuni anglatadiki, bitta MBBT da yozilgan so'rov kodi boshqasida ishlamasligi mumkin va buni hisobga olish kerakligini bildiradi. Eng muhimi, bu matn ma'lumotlarini qayta ishlash, ma'lumotlar turlarini almashtirish va sanalarni boshqarish uchun funksiyalarga tegishli.

Yüklə 388,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin