2- mavzu. Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy elementlari tavsifi



Yüklə 57,47 Kb.
səhifə6/8
tarix15.10.2023
ölçüsü57,47 Kb.
#155791
1   2   3   4   5   6   7   8
Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy elementlari tavsifi krip-fayllar.org

SAP va IBM kabi kompaniyalarda kompyuter tizimlari yaratuvchilar xulq-atvori va texnologiyalar o‘rtasida muvozanat topishning o‘xshash muammolariga e’tiborni qaratadilar, biroq ular o‘z korporativ mijozlarining markazlashtirilgan va nazorat qilinadigan muhitlarida ishlaydilar. Bunga qarama-qarshi ravishda, kriptovalyuta ishlab chiquvchilar foydalanuvchi laboratoriya butun dunyoni ifodalaydi va uning ravnaqi faoliyat yuritiladigan butun insoniyatni qamrab oladi. Ayrim shaxslar tanlovini korporatsiyanng umumiy maqsadlari bilan barcha boshqaruv darajalarida majburiy bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar to‘plami yoki korporativ qoidalarning birontasi bog‘lamaydi.
Kishilar optimal xulq-atvorining dastur dizayni ularning fikrlash tarziga qanchalik ta’sir etishi va unga qanchalik muvaffaqiyatli rag‘batlar tizimi kiritilganiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, bitkoin va boshqa kriptovalyutalar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish ustida jahon miqyosida misli ko‘rilmagan quvvatga ega jamoaviy intellekt mehnat qilmoqda. Kriptoolam ochiq kodga va markazlashmagan modelga ega bo‘lib, bu texnologiyalar byurokratik tashkilotlar va beso‘naqay ulkan korporatsiyalar duch keluvchi cheklovlarga uchramaydi.
Kriptovalyutalar sohasida nafaqat ularning xavfsizligini ta’minlash bilan, balki ularni jamiyat uchun foydaliroq qilish yo‘llarini izlab topish bilan ham bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p sonli innovatsiyalar paydo bo‘layapti. Shunday qilib, bu masalada juda katta istiqbollar yashiringan, lekin rivojlanayotgan davlatlarda ham, rivojlangan davlatlarda ham kriptovalyutalar tarqalishi yo‘lida jiddiy to‘siqlar mavjud.
Ayrim mamlakatlarda bitkoin bilan firibgarlik operatsiyalari riski yuqori bo‘lsa, boshqa mamlakatlarda – uni joriy qilishga mavjud an’analar va ijtimoiy muammolar xalal beradi. Agar kishilarda shundoq ham pul ko‘p bo‘lmasa, ular hamma joyda ham qabul qilinavermaydigan, ko‘pchilik esa bu haqida umuman eshitmagan valyutada hisob-kitoblarning yangi, riskli shakllaridan xavfsiraydilar. Ko‘pchilik moliyaviy beqarorlikning oldini olish borasida amaliyotda sinov va tekshiruvlardan o‘tgan usullarni – taxmondagi naqd pullar, oltin, qimmatbaho toshlar va nihoyat, dollarni afzal ko‘radi.
Qarindoshlarga okean ortiga pul o‘tkazish uchun WesternUnionga 11 % gacha to‘lash, albatta, qimmat, lekin ishonchli. Bundan tashqari, qonunchilik novatsiyalari ham mavjud. Rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani kabi, amaldorlar kriptovalyutalar bilan bog‘liq operatsiyalarni, shuningdek, kriptovalyutalarning umumiy pul tizimiga silliqroq integratsiyasini ta’minlovchi boshqa xizmatlarni litsenziyalashni joriy qilgan holda to‘siqlar yaratishi mumkin.

Yüklə 57,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin