19. Polimerlanish va almashinish darajasi turlicha bo‘lgan karboksimetilsellyuloza sintezi va ularni tozalash usullari



Yüklə 8,64 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü8,64 Kb.
#209453
poolimer mt19


19.Polimerlanish va almashinish darajasi turlicha bo‘lgan karboksimetilsellyuloza sintezi va ularni tozalash usullari.
Etilsellyuloza odatda yog‘och sellyulozasidan olinadi. U paxta sellyulozasiga nisbatan g‘ovak bo‘lib, kichikroq molekulyar og‘irlikka ega, shuning uchun reaksiya tezroq va bir tartibda sodir bo’ladi. Sanoatda etilsellyuloza sellyuloza va etilxloriddan quyidagicha olinadi. Oldin sellyulozani merserizasiyalab, ishqoriy sellyuloza olinadi. Buning uchun tarkibida 8- 10% namlik bo’lgan sellyulozaga natriy gidroksidning 50% eritrnasidan solib, Vemer qorgichida aralashtiriladi. Odatda 1 g sellyulozaga 3 g ishqor eritmasi olinadi. Hosil bo‘lgan ishqoriy sellyulozani avtoklavga solib, ustiga efirlovchi aralashma quyiiadi. Bu aralashma 49-50% etilxlorid va 44-51% benzoldan iborat. Efirlash reaksiyasi ekzotermik reaksiya bo‘lib 80-130JC harorat va 14-16 atm bosimda 10-12 soat davom etadi:

Hosil bo‘lgan etilsellyulozaning efirlanish darajasi γ=270-260. By reaksiyada sellyulozaning bir elementar zvenosiga 11-15 mol etilxlorid olish kerak, chunki sellyuloza efirining hosil bo’lish reaksiyasi bilan bir qatorda qo‘shimcha reaksiyalai' ham sodir bo’ladi. Etilxloridning ishqor bilan gidrolizlanib, etil spirt hosil qilishi va etil spirtinmg etil efirga aylanishi shunday reaksiyalar jumlasidandir.
Hosil bo’lgan laksimon eritma (etilsellyulozaning organic suyuqlikdagi eritmasi) 80-100(1C haroratli suvga ohista quyiladi. 1 1 etilsellyuloza eritmasiga 20 1 issiq suv to‘g‘ri kelishi zarur. Cho‘kmaga tushgan etilsellyuloza ishqor va natriy xloriddan tozalab yuviladi va vakuum ostida 105°C da quritiladi. Etilsellyuloza oq yoki sargish rangli qattiq polimer bo’lib, ko‘p xossalari efirlanish darajasi va molekulyar ogirligiga bogiiq. Uning efirlanish darajasi ortgan sari erish qobiliyati ortadi, yumshash harorati esa kamayadi. U sellyulozaning boshqa efirlariga nisbatan elektr tokini kam o’tkazadi, sovuqqa va issiqqa yaxshi bardosh beradi, ishqor va kislotalar ta’siriga barqaror va metall, yog‘och 156 hamda gazlamalarga yaxshi yopishadi. Bundan tashqari etilsellyuloza ko‘p plastifikatoriar bilan yaxshi aralashadi. Etilsellyulozaning xossalari 16-jadvalda keltirilgan.
16-Jadval.
Etilsellyuloza sanoatmng turli tarmoqlarida ishlatiladi. U yaxshi dielektrik hamda suvga chidamli bo‘lganligidan undan turli xil radiodetallar va kondensatorlar yasaladi; sovuqa chidamliligi, elastikligi, mustahkamligi tufayli plastmassalar o ‘mida ishlatiladi; eruvchanligi va metall, yog‘och hamda gazlamalarga yaxshi yopishadigan bo’lgani uchun undan lak va emallar olinadi.
Karboksimetilsellyuloza ishqoriy sellyulozaga monoxlorsirka kislota ta’sir ettirib olinadi. Xlorsirka kislota sanoatda toza sirka kislotani xlorlab olinadi:

Na-Karboksimetilsellyuloza olish uchun xlorsirka kislotaning natriyli tuzi va sulfat sellyuloza ishlatiladi. Sanoatda karboksimetilsellyuloza olish uchun oldin sellyuloza 20 foizli ishqor eritmasida odatdagi haroratda merserizasiyalanadi va maydalanadi, tolalarga ajratiladi. Keyin unga 35-40°C haroratda xlorsirka kislotaning natriyli tuzi ta’sir ettirilsa, Na-karboksimetilsellyuloza hosil bo’ladi. Reaksiya vaqtida reaksion aralashma doimo qorishtirib turiladi. Na-Karboksimetilsellyulozaning hosil bo’lish reaksiyasini
quyidagicha ifodalash mumkin: Formulada x+y=3 bo‘lib, sanoatda ishlatiladigan efirda y=0.5-1.2, ya’ni γ=50-120 bo’ladi. Odatda karboksimetilsellyulozaning natriyli tuzi sintez qilinadi, u oq yoki sarglsh rangli qattiq moddadir. Nakarboksimetilsellyuloza sellyulozaga nisbatan gigroskopik boiib, oddiy sharoitda 12 foizgacha suv shimadi. Umuman, Nakarboksimetilsellyulozaning
barcha xossalari uning efirlanish darajasiga bogliq. Masalan, efirlanish darajasi 50 va undan ortiq bo’lgan karboksimetilsellyuloza ishqorlarning suyultirilgan eritmasida eriydi.
Na-karboksimetilsellyuloza neft quduqlarini qazishda ishlatiladigan eritmalar uchun stabilizator sifatida ishlatiladi. Bu efiming tuzi suvda eruvchan bolganligi uchun kraxmalning o ‘mida ham ishlatilmoqda. Bu efir tuzining eritmalari to‘qimachilik sanoatida yigirilgan iplarni ohorlashda, qimmatbaho rudalarni metallar bilan boyitishda. Yelimlar ishlab chiqarishda juda keng ishlatilmoqda.



Yüklə 8,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin