19-Mavzu: Baxtsiz hodisa va ularning kelib chiqish sabablari. Jaroxatlanishlar, kasb kasalliklari va uning profilaktikasi


Qon ketganda birinchi yordam haqida qisqacha ma’lumot



Yüklə 30,02 Kb.
səhifə2/5
tarix28.08.2023
ölçüsü30,02 Kb.
#140881
1   2   3   4   5
19-mavzu

Qon ketganda birinchi yordam haqida qisqacha ma’lumot:
1. Agar qon ketishi og’ir bo’lsa, jarohat olgan odamni yotqizib, oyoqlarini ko’tarish kerak.
2. Qonni vaqtincha to’xtatish uchun shikastlangan tomirni qisish yoki qo’l-oyoqni kuchli bukish yoki jgut qo’yish mumkin.
3. Darhol shoshilinch yordamni chaqirish.
4. Jarohatga tegish, yuvish, undan yot jismlarni olib tashlash mumkin emas.
5. Agar jarohat yuzasi ifloslangan bo’lsa, uning chetlari jarohatdan tashqariga yo’nalishda tozalanishi kerak; jarohat atrofiga yod, xlorgeksidin, vodorod peroksidi kabi antiseptik surtilishi darkor; yod jarohatga tushmasligi kerak.
Qon ketishining asosiy turlari
Manbaiga qarab, quyidagi asosiy qon ketishi turlari ajratiladi:
Arteriyalardan qon ketishi katta xavfga ega, chunki ko’p miqdorda qon yo’qotish tezda sodir bo’ladi. Bunda qon qizg’ish rangda va pulsatsiya qiluvchi favvora shaklida chiqadi.
Venalardan qon ketishda jabrlanuvchiga o’z vaqtida yordam berilmasa, bu ham xavflidir. Jabrlanuvchining shikastlangan tomiridan asta-sekin to’q qizil rangli qon chiqishi buning dalilidir.
Kapillyar qon ketish ko’pincha jiddiy xavfga ega emas, asosan kichik teri yuzaki jarohatlarida uchraydi.
Ichki (parenximatoz) qon ketish — bunda qon inson tanasining bo’shlig’iga oqadi. O’z vaqtida aniqlanmagan taqdirda juda xavflidir. Ko’pincha ichki, shu jumladan parenximatoz a’zolarning shikastlanishida kuzatiladi. Qon tashqariga chiqmaganligi sababli, ichki qon ketishini aniqlash uchun tez-tez nafas olish, hushidan ketish, rangining oqarib ketishi kabi belgilarga e’tibor berish kerak.
Qon ketganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
1. Arterial qon ketishda birinchi yordam
Qonni vaqtincha to’xtatish uchun jarohatlangan arteriyani darhol uning yonidan o’tadigan suyakka bosish kerak.
Arteriyalarni bosish usullari:
1. Uyqu arteriyasi — kaftni jabrlanuvchi bo’ynining orqa qismiga qo’yib, boshqa qo’l barmoqlari bilan arteriya ustiga bosish.
2. Yelka arteriyasi osonlikcha aniqlanadi, uni yelka suyagiga bosish kerak.
3. O’mrov osti arteriyasidan qonni to’xtatish qiyin. Buning uchun jabrlanuvchining qo’lini orqaga olib, o’mrov ortida joylashgan arteriyani birinchi qovurg’aga bosish kerak.
4. Qo’ltiq osti arteriyasini barmoqlar bilan qattiq bilan bosish kerak, chunki u chuqur joylashgan bo’ladi.
5. Son arteriyasi juda yirik bo’lib, uni son suyagiga musht bilan bosish kerak. Agar bu bajarilmasa, 2-3 daqiqadan so’ng jabrlanuvchi o’lishi mumkin.
6. Taqim arteriyasini taqim chuqurchasiga bosish kerak, buni bajarish mushkul emas.
Odam tanasida ba’zi arteriyalarning joylashuvi va ulardan qon ketishini to’xtatish joylari Arteriyalar qon ta’minlaydigan odam tanasining zonalari va qon ketganda qay joylarni bosish kerakligi
Oyoq-qo’l arteriyalaridan qon ketishida birinchi tibbiy yordam ularni siqish, oyoq-qo’lni kuchli bukish va jgut qo’llash yo’li orqali amalga oshiriladi. Agar oyoq-qo’l tomirlarini barmoqlar bilan bosib, siqib bo’lmasa, dastavval bo’g’imning ichki tomonidan dokadan valik qo’yib, qo’l yoki oyoqni maksimal darajada bukish kerak.
Agar qon oqishda davom etsa, jgut qo’llash kerak. Bu tezda bajarilishi kerak, chunki qon juda jadal oqadi.
Jgut qish oylarida yarim soatgacha, yozda esa bir soatgacha ushlanishi mumkin. Agar bu vaqt ichida shifokor kelmasa, jgutni asta-sekin yeching va qon aylanishi tiklanishini kuting. Shundan so’ng uni qayta bog’lang. Bunda jarohat olgan qo’l yoki oyoqda puls sezilmasligi kerak. Shunda qon to’xtaydi.
Jgut qo’yilgan vaqtni qog’ozchaga yozib, bemorning ko’rinarli joyiga yopishtirib qo’yish kerak, bu shifokorlarga uni qachon yechish kerakligi haqida ma’lumot beradi.

Yüklə 30,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin