16-mavzu. Pythonda fayllar bilan ishlash. Reja



Yüklə 38,22 Kb.
səhifə1/8
tarix02.10.2023
ölçüsü38,22 Kb.
#151565
  1   2   3   4   5   6   7   8
16-mavzu. Pythonda fayllar bilan ishlash. Reja-fayllar.org


16-mavzu. Pythonda fayllar bilan ishlash. Reja

16-mavzu. Pythonda fayllar bilan ishlash.
Reja:
1. Fayllar bilan ishlash
2. Fayldan o'qish
3. Lug'atlar bilan ishlash
4. Ma'lumotlarni yangilash
5. Ma'lumotlarni o'chirish
6. Papkalarni yaratish va o’chirish
7. Faylni qayta nomlash
8. Faylni o‘chirish
9. Fayl mavjudligi

Tayanch so’zlar: Pythonda fayllar bilan ishlash, tiplashtirilgan va tiplashtirilmagan fayllar, fayllar bilan ishlovchi standart funksiya va proseduralar, fayllarga yozish, fayllardan oʻqish.

1. Fayllar bilan ishlash

Pythonda turli xil fayl turlari bilan ishlash imkoniyati mavjud bo‟lib, shartli ravishda ularni ikki turga bo'lish mumkin: matn va binar fayllar. Matn fayllari, masalan, kengaytmasi cvs, txt, html, umuman, matn shaklida ma'lumot saqlaydigan barcha fayllarlarni o‟z ichiga oladi. Binar fayllar tasvirlar, audio va video fayllar va boshqalardan iborat. Fayl turiga qarab u bilan ishlash biroz farq qilishi mumkin.


Fayllar bilan ishlaganda, quyidagi tartibdagi operatsiyalar ketma-ketligini amalga oshirish talab etiladi:



  1. open() metodi yordamida faylni ochiladi;


  2. read() metodi yordamida faylni o'qish yoki write() metodi yordamida faylga yozish amalga oshiriladi;


  3. close() metodi faylni yopadi.

1.1. Fayllarni ochish va yopish

Fayllar bilan ishlash uchun avval faylni open() metodi yordamida ochish zarur. open() metodidan quyidagi ko„rinishda foydalaniladi:


1

open(file, mode)

Funksiyaning birinchi parametri faylning yo'lini ifodalaydi. Fayl yo'li absolyut bo'lishi mumkin, ya'ni disk harfidan boshlanadi, masalan, C: //qandaydirpapka/somefile.txt. Yoki nisbiy bo'lishi mumkin, masalan, qandaydirpapka/ somefile.txt - bu holda, fayl Python ishlaydigan skript joylashgan katologda hosil qilinadi. Ikkinchi argument mode - bu faylni ochish rejimi bo`lib, fayl bilan qanday ish bajarilishiga qarab, 4 turdagi fayllar bilan ishlash rejimidan birini qo‟llash mumkin:




  • r (Read) - Fayl o'qish uchun ochadi. Fayl topilmasa, FileNotFoundError xatolik qaytaradi;


  • w (Write). Fayl yozish uchun ochadi. Agar fayl yo'q bo'lsa, u hosil bo'ladi. Bunday fayl allaqachon mavjud bo'lsa, u yangidan yaratiladi va shunga mos ravishda eski ma'lumotlar o'chiriladi.


  • a (Append). Faylni qayta yozish uchun fayl ochiladi. Agar fayl yo'q bo'lsa, u hosil bo'ladi. Bunday fayl allaqachon mavjud bo'lsa, ma'lumotlar oxiridan yozish davom ettiriladi.


  • b (Binary). Binar fayllar bilan ishlash uchun foydalaniladi. w va r kabi rejimlar kombinatsiyasi bilan birgalikda ishlatiladi.

Fayl bilan ishlashni tugatgandan so'ng uni close() metodi bilan yopish kerak bo‟ladi. Ushbu metod fayl bilan bog'liq barcha resurslarni bo`shatadi.


Misol uchun, "salom.txt" matnli faylini yozish uchun ochamiz:


1
2


meningfaylim = open("salom.txt", "w") meningfaylim.close()


Faylni ochishda yoki u bilan ishlashda turli xil istisno holatlarga duch kelish mumkin, masalan, unga ruxsat yo'q bo„lishi mumkin. Bunday holatlarda, dastur ishlash jarayonida xatolik yuz beradi va dastur bajarilishi close() metodi chaqirilishiga yetib bormaydi va shunga muvofiq fayl yopilmaydi. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun istisnolardan foydalaniladi:


1
2 3

4
5
6

7
8


9

10




Yüklə 38,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin