14 mavzu: Globallashuv jarayonida yoshlar ongiga milliy g’oyani singdirish texnologiyalari Reja



Yüklə 40,08 Kb.
səhifə1/2
tarix26.12.2023
ölçüsü40,08 Kb.
#197985
  1   2
14-мавзу


14 - mavzu: Globallashuv jarayonida yoshlar ongiga milliy g’oyani singdirish
texnologiyalari
Reja

  1. Dunyo rivojlanishining yangicha bosqichi. "Globallashuv" tushunchasi turli g’oyalar va mafkuralar ko’rinishlari va mafkuraviy ta’sirlar darajasi.

  2. Globallalshuv sharoitida texnologiyalardan turli-xil maqsadda foydalanish ehtimoli



Millat o‘z kuchini, taraqqiyoti zaminlarini avvalo yosh avlod orqali topadi va rivojlanadi. Jamiyatning eng o‘zgaruvchan va harakatchan qatlamini jamoaga va jamiyatga xos qilib tarbiyalash, intelektual salohiyatini oshirish, milliy ana’analarimiz, qadriyatlarimizni asrab-avaylashning asosiy tashuvchilari yoshlar hisoblanadi. O‘zbekistonda ular aholining 64% (17 mln.) ni tashkil qilib, juda katta strategik kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda. Milliy g‘oyani aynan shu qatlam orasida targ‘ib qilish, ularning ongiga singdirib, ishonch va e’tiqodga aylanib borishining bir qancha o‘ziga xos jihatlari mavjud. Bu jihatlar davlatimizning kelajakdagi taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy manbalaridan biridir. Birinchidan, milliy g‘oya bir tomondan yoshlarni o‘zini obyekti sifatida qarasa, ikkinchi tomondan yoshlar milliy g‘oyani asosiy tashuvchilari va bir paytning o‘zida keyingi avlodga yetkazib beruvchilari hisoblanadilar. Uchinchidan, yoshlar qanchalik darajada milliy g‘oya bilan qurollangan va uning mazmun mohiyatini anglagan bo‘lsalar, bugungi kunda avj olgan “mafkuraviy ta’sirlar”ning oldi olingan bo‘ladi. I.A.Karimov: “Barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zbo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ma’naviyat ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha-qayerda xushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi”[25] degan edi. Aynan yuqoridagi holatlar milliy g‘oya va yoshlarni o‘zaro bog‘liqligini belgilab beradi. Boshqacha qilib aytganda, milliy g‘oya qanchalik mazmunli, har bir kishining uzoqqa mo‘ljallangan maqsad va manfaatlari, pirovardida esa, millatning istiqbolini belgilashga xizmat qiladigan bo‘lsa, uni yoshlar shunchalik tez qabul qiladi va unga nisbatan ijobiy munosabati shakllandi. Demak, targ‘ibot texnologiyalari milliy g‘oya orqali yoshlarda qanday g‘oya va fikrlarni taklif etsa, shunga mos ravishda g‘oyaviy jihatdan chiniqqan, vatanparvar, zamonaviy bilimlarni egallagan yoshlarga ega bo‘ladi. Eng asosiy shundaki, yoshlar boshqa aholi qatlamlariga nisbatan, tashabbuskor, ishonuvchan, tez qabul qiluvchi tashabbuskor hisoblanadilar. Jamiyatda qanday maqsadga qaratilgan bo‘lmasin, turli g‘oya va mafkuralarga o‘zining shaxsiy nuqtai nazarini qaratadi. Chunki yoshlar fiziologik va psixologik jihatdan shakllanish bosqichida bo‘lganligi uchun ularda yangiliklarga nisbatan qiziqish kuchli bo‘ladi va e’tiqodga aylantirish va odatga aylantirish hissi kuchli bo‘ladi. Shuningdek, yoshlar o‘zlarining ijtimoiy–ruhiy va boshqa jihatlariga ko‘ra salbiy hodisalarga beriluvchanlik, jamiyatdagi o‘zgaruvchan sharoitga moslashish qobiliyatining yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Ular jamiyatning shunday ijtimoiy guruhiga mansubki, ular o‘tkir bilish qobiliyatiga ega bo‘lib, so‘z bilan amaliyot mutanosibligi holatlarining kuchliroq sezadilar. Jamiyatning bunday qatlamini to‘g‘ri maqsadga yo‘naltirish uchun avvalo ularning aniq, bunyodkor millatparvar g‘oyalar asosida tarbiyalash va ta’lim berish alohida kasb etadi. Bu jarayondagi asosiy “ma’naviy tarbiya” rolini milliy g‘oya bajaradi. Milliy g‘oyani yoshlarni safarbar etish, ilhomlantirish, buyuk kelajak sari chorlash uchun ahamiyati, ta’lim va tarbiyada tutgan o‘rni va roli hayot xaqiqatlariga, real borliqqa, xalq turmushiga qanchalik mos va muvofiqligiga qarab belgilanadi. Yoshlarning ongiga milliy g‘oyani singdirish, ularni shu asosda tarbiyalash, avvalo, jamiyatdagi barcha ijtimoiy va siyosiy institutlar orqali amalga oshirilishidagi jarayonda davlatning alohida o‘rni va roli mavjud. Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, 90- yillarda dunyoda bir biriga qarama qarshi bo‘lgan ikki “qutb”ning barham topishi, xavf xatarlarni, tayziq, ayniqsa, mafkuraviy ta’sirlarning yangicha ko‘rinishlarini paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu ta’sirlarning ikki asosiy jihati mavjud bo‘lib, buni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Ularning birinchisi, odamlar ko‘proq kutgan va erishishiga moyil bo‘lgan “ erkin demokratiya” shiori ostida yashiringanligi bilan, ikkinchidan, davlatlarni ta’siriga olishning zamonaviy ko‘rinishi hisoblangan yoshlarni turli g‘oyalar ostida ergashtirish kabi keyinchalik mudhish oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, ammo o‘ta yashirin ko‘rinishga ega bo‘lgan bunday mafkuralarning tarqalishi bilan bog‘liqdir. Aynan shunday “demokratik” deb atalgan, asl maqsadlari davlatning tuzumiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan bu turdagi xavflarni oldini olishda milliy g‘oya va yoshlarnining o‘zaro bog‘liqligi asosiy jamiyatning o‘ziga xos ravishda himoyasini tashkil etib beradi. “Har qaysi davlat va har qaysi millat nafaqat yerosti va yerusti tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o‘zining yuksak madaniyatli va ma’naviyatli yoshlari bilan kuchlidir”[26].
Milliy g‘oya targ‘ibotining yosh avlod orasida amalga oshirish jarayonida bir qancha bosqichlarda amalga oshirilishi, uning oldiga qo‘ygan maqsadlari bilan muvofiqligini ta’minlab beradi. Chunki, milliy g‘oya bir kunda yoki bir yilda shakllanib, singdiriladigan jarayon bo‘lmasdan, balki tadrijiy ravishda amalga oshiriladi.
Avvalo, milliy g‘oya bu qatlam orasida bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilishi kelajakdagi uning keng tarqalishining asosiy mazmunini belgilab beradi. Chunki, yosh avlodning ma’lumotlarni qabul qilishi psixologik va fiziologik jihatlarini bilan alohida bog‘liq ekanligi turli-tumanligi ularning milliy g‘oyaga xos bo‘lgan jihatlarni asta – sekinlik bilan o‘zlashtirishlarini bildiradi. Avvalo, milliy g‘oya targ‘ibotini jamiyatning eng asosiy va muhim instituti hisoblanmish-oilalarda joriy qilish (ya’ni, an’analarmiz, urf odatlarimiz haqida dastlabki tasavvurlar,) keyingi bosqichlar, ya’ni, maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi kabi darajalarda davom ettirish yoshlarni milliy g‘oyani to‘la mazmunda, chuqur tarzda egalllashlarini kafolatlaridan biridir.
Ikkinchidan, milliy g‘oya juda keng mazmunga ega bo‘lgan va albatta an’analarimiz va tariximizning barcha ko‘rinishlarini o‘zida mujassam etganligi, shuningdek mamlakatimizning mustaqilligini turli mafkuraviy xavflar ximoya qiluvchi vosita ekanligi haqida to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, uning targ‘iboti masalasi ham yanada muhim hisoblanadi. Shu maqsadda, uning jamiyat bo‘yicha ko‘lamini oshirishning yagona yo‘llaridan biri uni doimiy ravishda targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkillashtirishga qaratilganligidir. Uzluksizlik tamoyili milliy g‘oyani xalq ongiga singdirish uchun mamlakatda muayyan mafkuraviy maydon yaratishni taqozo qiladi. Bu maydondagi har bir harakat va holat, jumladan ta’lim tizimidagi o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, sinf va auditoriyalar ko‘rgazmali qurollarning milliy g‘oyaga uyg‘un bo‘lishi muhim.
Milliy g‘oyaning targ‘ibotida muhim ahamiyat kasb etuvchi jihatlardan biri uni keng qamrovlilik tamoyili asosida amalga oshirishdir. Bunda jamiyatning barcha a’zolariga g‘oyalar xilma-xilligi asosida mafkurani singdirish, bu jarayonda aholining barcha qatlamlarini qamrab olish nazarda tutiladi. Natijada jamiyatning barcha bo‘g‘inlari g‘oyaviy ta’sir doirasida qamrab olinadi; - umumiy maqsadga yo‘naltirilganlik; -faol insonni tarbiyalash va inson salohiyatini yuzaga chiqarish mafkuraning bosh maqsadi qilib olinadi.
Bugungi kunda milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirish bevosita yoshlar bilan bog‘liq ekan, bu albatta ta’lim tizimi bilan aloqador holda amalga oshiriladi. Ta’lim tizimida milliy g‘oya targ‘iboti va umuman targ‘ibot-tashviqot texnologiyalarida bir qancha usullar mavjud bo‘lib, ulardan biri-“Modelli mashg‘ulot” usuli hisoblanadi. Ushbu usul ko‘p ilmiy manbalarda “keys usuli” deb ham yuritiladi. Bu usulning umumiy manzarasi quyidagicha: mashg‘ulot o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi ilmiy munozaraga asosida tashkil qilinadi. Bu jarayon davomida bir-birlarining(o‘qituvchi va talaba) fikrlari rivojiga ikki taraf ham motivatsion xatti-harakatlar bilan ta’sir o‘tkazishadi. Bu jarayonlar, debat, munozara, fikrlar xilma-xilligi asosida amalga oshirilib, ikki taraf ham bir-birlaridan turli yangiliklarni o‘zlashtiradilar va dars oxirida kerakli tavsiyalar berilgan holda xulosa qilinadi. Milliy g‘oya targ‘iboti davomida qanchalik turli g‘oyalarga nisbatan mustaqil fikr yurita olish xususiyatini shakllantirish ham katta ahamiyat kasb etadi. Targ‘ibot texnologiyalari ichida yana keng tarqalgan usullardan biri-“Sinkveyn” ya’ni axborotlarni yig‘ish usuli hisoblanadi. Metodni qo‘llash jarayonida talabalardagi tarqoq axborotli jarayonlar asta-sekin bosqichma-bosqich yo‘naltirilgan axborotli jarayonga aylantirib boriladi. YA’ni o‘rganilmagan bilimlar mavzuni o‘rganish davomida o‘rganiladi, muayyan obyektiv voqelik to‘g‘risida yakdil fikrga kelinadi.Odatda, sinkveyn mavzu bo‘yicha biror muammoli vaziyatni yechish yoki alohida o‘quv elementlarini mukammallashtirishda talaba tafakkurini charxlash uchun tuziladi.
Milliy g‘oya fikrlar xilma-xilligiga asoslanadi va turli tayziq va fikrlarni “ideallashtirish” kabi xususiyatlardan yiroq. Va meyoriylik holati bilan alohida ajralab turadi. Uning mazmuni aksiltarg‘ibotni keltirib chiqaradigan, hayotdan uzilib qolishiga olib keladigan balandparvozlik, rasmiyatchilik va takrorlanishlariga yo‘l qo‘ymasligi bilan ajralib turadi. “Albatta, mafkurani bir kunda yoki bir yilda yaratib bo‘lmaydi. Chunki mafkura shakllanadi, shakllantirib boriladi. Uning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish mumkin. Ana shu tamoyillar real hayotda o‘z o‘rnini topmasa, bunday mafkura va g‘oya qog‘ozda bo‘ladi, xolos”[27]. Aynan milliy g‘oyaning millatparvarlik va bunyodkorlik kuchi ham ana shundadir. Milliy g‘oya davlat mafkurasi sifatida ham talqin etilmaydi.
Milliy g‘oyani singdirish usullari, texnologiyalari, ustuvor yo‘nalishlari XXI asrda insoniyat o‘z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi pallasiga qadam qo‘ydi. Dunyoda katta o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bugungi kunda ijtimoiy makonlarni o‘zlashtirishning yangi usullari, jumladan yangi texnologiyalari keng rasm bo‘ldi. Texnologiyalar asri deb atalayotgan XXI asrda ishlab chiqarishda joriy etilgan yangi texnologiyalar mehnat samaradorligini oshirmoqda. Biroq yangi texnologiyalar faqatgina qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida balki, ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarda ham o‘z samarasini (ijobiy) va ta’sirini (salbiy) ko‘rsatmoqda. Mamlkatimizning mafkuraviy jarayonlarga ham shu nuqtai nazardan yondashish milliy g‘oyani targ‘ib qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zaruratini ko‘rsatadi. Milliy g‘oyani yoshlar qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va meyori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar ham qamrab olinadi. Masalan, targ‘ibotda milliy g‘oya to‘g‘risida hadeb va noo‘rin gapiraverish, meyorni bilmaslik teskari samara berishi mumkin. Targ‘ibot texnologiyasi milliy mafkura mazmun mohiyatiga mos bo‘lgan taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin. O‘zbekistonda mafkuraviy jarayonlarni aholining barcha qatlamlari xususan, yosh avlod orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iboratdir:
Belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o‘tkazilishini ta’minlash;
Milliy g‘oya targ‘iboti sifatini muntazam oshirib borish;
Davr talablaridan kelib chiqqan holda,targ‘ibot ishlarini tashkil etishning yangi, samarali yo‘llarini izlash;
Bu sohada eski targ‘ibot uslublarining mutlaqlashtirilishiga, andozalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik;
G‘oyaviy targ‘ibot jarayonlarni tashkil etishda ijobiy muhitni hisobga olish;
G‘oyalar xilma-xilligi va maqsad mushtarakligini ta’minlash;
G‘oyaviy targ‘ibot ishlarini tashkil etishda uchraydigan rasmiyatchilik va masjlisbozlik ko‘rinishlariga barham berish;
G‘oyaviy targ‘ibotning yoshlar orasida keng tarqalishining asosiy mezonlaridan biri hisoblangan turli munozaralar va debatlar asosiga qurish asosida uning ma’no-mohiyatini anglashga katta imkoniyat beradi;
Mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib borilayot ganligini bilish maqsadida uning monitoringini tashkil etish.
Milliy g‘oya millatni yetaklovchi kuch hisoblanadi unda davlatning an’analari, shu zamin xalqlarining urf-odatlari, tarixi va ma’anaviyati mujassamlangan mustaqilligimizni asrashning ma’naviy-ruhiy asosi xisoblanadi. Yurtboshimiz: “Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalikda hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan hashar odati istiqlol davrida yangicha ma’no-mazmunga ega bo‘lib, umumilliy an’ana tusini olgan barchamizni mamnun etadi ”.[28] Bu jarayon milliy g‘oyaning o‘z-o‘zidan davlatimizning kelajagi bo‘lmish yoshlar bilan qanchalik chambarchas ravishda to‘ldiruvchi butunlik ekanligini isbotlaydi. Milliy g‘oyaning amaliyotida qo‘llanishi uning taraqqiyotini bildiradi. Bu o‘rinda milliy g‘oya ikki asosiy vazifani bajarib berishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, shu Vatanga muhabbat ruhida, uning oldida doimo ma’suliyatni sezadigan, xalq, davlat manfaatlarini o‘zinikidan ustun qo‘yishga qodir bo‘lgan yangi avlodni tarbiyalash uchun xizmat qiladi. Ikkinchidan, milliy g‘oya yosh avlodni bugungi kunda “mafkuraviy xavf”larning oldini olish va ayniqsa, hissiyotga beriluvchan, ishonuvchan yosh avlodni o‘ziga xos ravishdagi himoyasining ham amaliy-nazariy manba sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki mamlakatning kelajak poydevorlarining tom ma’nodagi me’morlari bu –yoshlardir. “Barchamizga ma’lumki, har qaysi davlat, har qaysi millat avvalo o‘z farzandlari qiyofasida, unib o‘sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos xususiyat va fazilatlarni namoyon etadigan, uning azaliy orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk kuchni ko‘radi”[29]-deydi Yurtboshimiz.



Yüklə 40,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin