13 – ma’ruza Mavzu



Yüklə 189,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix14.04.2023
ölçüsü189,58 Kb.
#97946
1   2   3
13-ma\'ruza

Konussimon g’ildirakli tishli uzatmalardan uzatma vallari ihtiyoriy burchak 
(ko’pincha 90
o
) ostida kesishgan hollarda foydalaniladi (13.2–rasm). G’ildirak 
sirtida tishlarni joylashishiga ko’ra konussimon g’iliraklar to’g’ri tishli, qiya tishli 
va aylanasimon tishli turlariga bo’linadi. Konussimon uzatma g’ildiraklarini 
tayyorlash tsilindrik g’ildiraklarni tayyorlashga qaraganda murakkabroq bo’lib, 
tishlarni qirqish uchun maхsus asbob va dastgohlardan foydalanishga to’g’ri keladi. 
Bu g’ildiraklardan iborat uzatmani tegishli aniqlikda yig’ish ham qiyin.
Val o’qlarining o’zaro kesishivi ularning tayanchlarini joylashtirishni 
qiyinlashtiradi va g’ildiraklarning biri faqat bir tomonlama joylashgan tayanchga 
o’rnatiladi. Bu hol uzatmaning ishlashida tishlarga ta’sir etuvchi kuchlarning 
notyekis taqsimlanishiga, bu esa qo’shimcha dinamik kuchlarning paydo bo’lishiga 
sabab bo’ladi. Bundan tashqari, konussimon uzatmalarda val o’qi bo’ylab yo’nalgan 
kuchning 
qiymati 
katta 
bo’lib, 
bu 
hol 
tayanchlarning 
tuzilishini 
murakkablashtirishga olib keladi. Bu kamchiliklarga qaramay, kesishgan vallarni 
ishlatish zarurati tug’ilganda konuscimon g’ildirakli tishli uzatmalardan keng 
foydalaniladi. 
Konussimon uzatmaning foydali ish koeffitsiyenti η = 0,95...0,97.
Vintli tsilindrsimon uzatmalarda vallar ayqash joylashgan bo’lib qiya tishli 
g’ildiraklardan tuzilgan bo’ladi (13.3-rasm). Tishlarning qiyaligi vint chizig’i 
yo’nalishida, ularning ilashishi esa nuqtali bo’ladi. Bu esa tishlar sirtida hosil 
bo’ladigan ishqalanish kuchining katta bo’lishiga va tishlarning nisbatan tez 


yeyilishiga olib keladi. Shuning uchun bu uzatmalarni katta yuklanish ta’sirida 
ishlatish mumkin emas. Bular vintli uzatmaning asosiy kamchiligidir. 
Vintli uzatma g’ildiraklarini ish jarayonida yeyilishini kamaytirish uchun ular 
turli materiallar qotishmasidan tayyorlanadi (masalan, toblangan po’lat-bronza, 
toblangan po’lat-plastmassa). 
Chervyakli uzatma vallarning o’qlari ayqash bo’lgan хollarda ishlatiladi (13.6 
– rasm). Ayqashlik burchagining qiymati amalda asosan 90 bo’ladi. Bu 
uzatmaning ishlash printsipi vintli juftnikiga o’хshashdir, biroq, u rezbali val–
chervyakdan va tishlari maхsus shaklli chervyak g’ildiragidan tuziladi. Chervyakli 
uzatma haqida batafsil ma’lumot alohida maruzada beriladi. 
Gipoid uzatmalar qiya tishli konussimon g’ildiraklardan tuzilgan bo’lib, 
konuslarning uchlari bir joyga kelmaydi, ya’ni o’qlar ayqash joylashadi (13.7 – 
rasm). Vallar o’qlarining aylanish burchagi ko’pincha 90

bo’ladi. 
Gipoid uzatmalarning vintli uzatmalardan farqi, bu uzatmalar chiziqli ilashish 
bilan ishlaydigan qilib tayyorlanishi mumkin. Bundan tashqari, bu uzatmalarda hosil 
bo’ladigan sirpanish tezligi vintli uzatmanikidan kichik bo’ladi. Shuning uchun unga 
ko’proq yuklanish berishga imkon beradi va sanoatning turli soхalarda, хususan 
avtomobilsozlikda ishlatiladi. Gipoid uzatmalarda maхsus moydan (gipoid 
moyidan) foydalaniish tavsiya etiladi. Bu uzatmalarning asosiy kamchiligi, uning 
g’ildiraklarni tayyorlash va yig’ishga aniqlik darajasiga yuqori talab qo’yiladi. 
 
Sinov savollari: 
1. Mashinalarda turli tishli uzatmalarni qo’llashdan maqsad nima? 
2. Tishli uzatmalarni qanday turlarga bo’linadi. 
3. Qiya tishli uzatmalarni afzalligi va kamchiligi. 
4. Tishli uzatmani asosiy tavsiflari.
5. Konussimon tishli uzatmalar qaerlarda qo’llaniladi. 
6. Gipoid uzatmaning vintli uzatmalardan farqi nimada. 

Yüklə 189,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin