boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni
his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq
uyg‘otadi.
H
issiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib,
bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki
kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga
kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq
ravishda
yuzaga keladi.
Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib
chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki
yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi
emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush
tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi.
Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,
qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
odamning organik
ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish,
qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik
odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab
bo‘ladi.
Hissiyot odamda sodir bo‘layotgan hodisa va narsalardan
shaxs sifatidagi
odam uchun ahamiyatli bo‘lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi
hisoblanadi. Mazkur holda sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi cheksiz miqdordagi
qo‘zg‘ovchilardan aniq bo‘lib ajraladi, ba’zilari bir-birlari bilan qo‘shilib ketadi va
paydo bo‘lgan hissiyot bilan birlashib ketadi. Natijada ta’ssurot uyg‘otib,
biror
hissiy nom bilan ifodalangan xotira obrazlari tariqasida saqlanib qoladi. Buni
fiziologik jihatdan shunday tushuntirish mumkin: ma’lum qo‘zg‘atuvchilar tirik
mavjudotlar uchun xotirjamlik haqida darak beruvchiga aylanadi. Hissiy
kechinmalar esa insonning shaxsiy tajribasida tarkib topadigan
reflekslar tizimini
mustahkamlash sifatida namoyon bo‘ladi. Hissiyotning mana shu darak beruvchilik
vazifasi psixologiyada hissiyotning impressiv tomoni deb ataladi.
Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati
bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib
turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining
faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir,
boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham
bog‘liqdir. CHunonchi, odam qattiq uyalgan paytida
qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan
paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish
paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura
boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi.
1
Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning
qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari
ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi
bilmaydigan talaba imtihon
topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib,
gapini gapira olmay
qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish paytida «YUragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter
bosib ketdi» kabi iboralarning ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki
a’zolarining ishtirok etishidan dalolat beradi.
Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining
oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim
hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi.
Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-
fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi
intellektual, ahloqiy, estetik
hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi
ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb
yozgan edi:
«Menimcha, ko‘pincha odatdagi turmush tartibining o‘zgargan
Dostları ilə paylaş: