12-Ma’ruza. Til sathlari va uning birliklari (2 soat) Reja



Yüklə 33,37 Kb.
səhifə2/8
tarix18.06.2022
ölçüsü33,37 Kb.
#61785
1   2   3   4   5   6   7   8
12-Ma’ruza. Til sathlari va uning birliklari (2 soat) Reja

Til sistemasining ichki tuzilish xususiyati
Til sistema sifatida ichki tuzilishga, strukturaga ega. Tilning ichki tuzilishi (strukturasi) ko’p sathlidir.
Tilning qimmat jihatdan bir xil birliklarining yig’indisi lingvistik sath deb yuritiladi. Masalan, fonologik sath morfemik sath kabi. Ma’lum bir tildagi fonemalarning o’zaro munosabati majmui fonologik sathni, morfemalar munosabati majmui esa morfemik sathni tashkil etadi.
Lingvistik satx, tushunchasi hozirgi tilshunoslikda keng tarqalgan bo’lsa ham, lekin tilni sathlarga bo’lishda xilma-xillik ko’zga tashlanadi. Shunday bo’lishga qaramasdan, deyarli barcha tilshunoslar tilning quyidagi sathlarini bir dek tan oladilar: 1) fonologik sath 2) morfemik sath 3) leksik sath 4) morfologik sath 5) sintaktik sath 6) ustsintaktik (supersintaktik) sath.
Yuqoridagi sathlarning har biri o’zining birligiga ega: fo­nologik sath birligi-fonema; morfemik sath birligi-morfe­ma; leksik sath birligi leksema; morfologik sath-birligi so’z shakl; sintaktik sath birligi sintaksema; ustsintaktik sath birligi matn (tekst).
Ko’rsatib o’tilgan sathlar quyidan yuqoriga qarab qatiy tartibda joylashadi. Har bir yuqori sath birligi o’zidan bir daraja quyi sath birliklarining sintagmatik munosabatidan tashkil topadi (bundan faqat leksik sath birligi mustasno), fonemalarning sintagmatik munosabatidan morfemik sath bir­ligi morfema hosil bo’ladi (shu jumladan leksik morfema ham).1
Morfemalarning sintagmatik munosabatidan esa morfolo­gik sath birligi bo’lgan so’z shakl vujudga keladi. So’z shakl, o’z navbatida, morfemalarga (to’g’rirog’i, morfema variantlariga) bo’linadi va boshqalar.
Lisoniy birliklarning o’zaro munosabatlari
1§. Til sistemasidagi har bir sath birligi fonema, mor­fema, leksema, so’z shakl, sintaksema, matn lisoniy (lingvis­tik) birliklar sanaladi.
2§. Lisoniy birliklar sistema tarkibida ma’lum munosabatda bo’ladi. Ularni dastlab ikki guruhga ajratish mumkin: 1) bir sathga mansub bo’lgan birliklar munosabati; 2) turli sathga mansub bo’lgan birliklar munosabati, ya’ni sathlararo munosabat.

Yüklə 33,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin