1. Operatsion sistemaga misollar keltiring.
2. Yuqori darajadagi dasturlash tillariga misollar keltiring.
3. Birinchi mexanik mashinani kim yasagan?
4. Paskal dasturlash tili qaysi muhandis tomonidan ishlab chiqarilgan?
A) N.Viner B) V.Shikkard D) N.Virt E) Leonardo da Vinchi
5. Dasturlash tillariga mos guruhni ajrating.
A) Quyi B) O’rta D) Yuqori E) Barchasi
Uyga vazifa: 1. Darslikdagi 4–savol-topshiriq.
2. Test tuzish (10 ta va undan ortiq).
13 – dars. Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti
Maqsad va vazifalar
Darsningmaqsadi: o’quvchilarda Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhitida ishlashning dastlabki ko’nikmalarini hosil qilish.
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Turbo Pascal 7.0 integrallashgan muhiti haqida bilim va ko’nikma berish
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni Vatanimiz ravnaqi yo’lida xizmat qilish uchun ham mukammal bilim olish va uni faoliyatga tadbiq etishdatartib va intizomga rioya qilishga o’rgatish
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning hayo’tiy masalalarni hal etishda kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish
O‘quv jarayonining mazmuni
Turbo Pascal 7.0 dasturlash tizimining asosiy fayllari va ular joylashgan kataloglar. Turbo Paskal integrallashgan muhitiga kirish va undan chiqish. Turbo Paskal integrallashgan muhitining asosiy menyulari va ularning vazifalari. Turbo Paskal integrallashgan muhitida matn terish va uni tahrirlash