M So’ng bu ko’rsatmaga mos o‘zlashtirish operatori mavjudligi va u huddi shunday belgilanishi va vazifani bajarishi aytiladi:
o‘zgaruvchi := ifoda; Bu operator bajarilganda avval algebraik ifoda hisoblanib, uning qiymati o‘zgaruvchiga beriladi.
AHO’zlashtirish operatoriga oid sodda misollar o’quvchilar e’tiboriga havola etiladi. M Dastur bajarilishi davomida bajarilgan amallar natijalari kompyuter xotirasida saqlanishi va shu natijalarni ko’rish uchun ularni ekranga chiqarish kerakligi izohlanadi. Buning uchun Paskalda chiqarish operatoridan foydalanilishi aytiladi. So’ng Paskaldagi chiqarish operatorining quyidagi ikki xil ko‘rinishi misollar yordamida izohlanib, farqi (darslikdagi 4-5-misollar) ko’rsatib beriladi.
Paskalda o’zgaruvchi qiymatini chiqarishda chiqarish formati mavjudligi aytilib, umumiy ko’rinish beriladi va darslikdagi 7-8-misollar yordamida izohlanadi.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash: SJ Darslikdagi yoki qo’shimcha savol va topshiriqlar.
MY Darslikdagi 1-2-mashqlar.
BST
1. Exceldagi formulalar haqida misol keltiring.
2. Excelda A1 katakchadagi “=5*5” formula natijasini aniqlang.
3. Paskalda integer turdagi a5 o’zgaruvchi uchun “a5:=25–12;” ifodaning qiymatini hisoblang.
4. Paskalda real turdagi a o’zgaruvchi uchun “a:=a+25;” ifoda qiymatini aniqlang.
A) 50 B) 25 D) 25.0000000000e+00 E) 50.0000000000e+00
5. Paskalda real turdagi a o’zgaruvchi uchun “a:=a+65; write(a:0:2);” dastur qismi natijasini aniqlang.
A) 65.0000000000e+00 B) 65.00 D) 6.5000000000e+00 E) to’g’ri javob yo’q