11-sinf Sana


O‘qituvchi: Lobar Boboqulova Mavzu bayoni



Yüklə 231,26 Kb.
səhifə7/7
tarix27.12.2023
ölçüsü231,26 Kb.
#199256
1   2   3   4   5   6   7
kimyo11 tezis 05.05

O‘qituvchi: Lobar Boboqulova
Mavzu bayoni:
Suvli eritmalar elektrolizida eritmaning ionlaridan tashqari reaksiyada H+ va OH- ionlari ham ishtirok etadi. Masalan: NaCl eritmasining elektrolizini ko’rib chiqamiz.

NaCl → Na+ + OH- Katod: 2H+ +2ē → H20 Anod: 2Cl- -2ē → Cl20


elektroliz


NaCl + 2H2O H2↑ + O2↑ 2NaOH



Katodda bo’ladigan jarayonlar

Li, Rb, K, Ba, Ca, Na, Mg, Al

Mn, Zn, Cr, Fe, Ni, Pb, (H)

Cu, Ag, Hg, Pt, Au

Suv molekulasi yoki H+ kationi qaytariladi :
2H2O +2ē = H2 + 2OH-
2H+ +2ē = H20

Metall bilan birga vodorod kationi qaytariladi:
Men+ +nē = Me0
2H2O +2ē = H2 + 2OH-
2H+ +2ē = H20

Faqat metal qaytariladi:

Men+ +nē = Me0







Na2SO4 tuzli eritmasining elektrolizi
Na2SO4 →2Na+ + SO42- 2H2O →2H+ + 2OH-
Katod : 2H2O +2ē = H2 + 2OH- Anod: 4OH- -4ē → O2 + 2H2O
Na2SO4 + 2H2O →2H2↑ + O2↑ + Na2SO4



Anodda bo’ladigan jarayonlar

I ̶ , B ̶ , Cl ̶ ,

OH ̶

F ̶ , SO42 ̶ , NO3 ̶ , PO43 ̶, CO32 ̶

Galogen ioni oksidlanadi :

4OH- -4ē → O2 + 2H2O

2H2O -4ē = O2 + 4H+



Uyga vazifa: 31-mavzuni o’qib, 144-betdagi barcha mashqlarni bajarish
__________________________________________________________________________________

  • Sana : 30.04.2020

Mavzu : Elektroliz. Suyuqlanmalar elektrolizi
O‘qituvchi: Lobar Boboqulova
Mavzu bayoni:
Elektroliz – eritmalar va suyuqlanmalarda doimiy elektr toki ta’sirida boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyasidir. Elektrod – qarama-qarshi (+ va -) zaryadga ega o’tkazgichdan iborat tuzilmadir. Katod (-) da qaytarilish, Аnod (+) da oksidlanish jarayoni boradi.
Masalan: CuCl2 tuzi eritmasining elektrolizi.
Eritmadagi Cu2+ ionlari katodga borib elektronlar qabul qiladi va neytral atomlarga aylanadi. Cl- ionlai esa anodga borib, o’zining elektronlarini anodga beradi va zaryadsizlanadi.
Katod: Cu2+ +2ē = Cu0 Anod: 2Cl- -2ē → Cl20
Suyuqlanma elektrolizi: Oksid, ishqor va tuzlarning suyuqlanmalari orqali elektr tokini o’tkazish.
Eritmalar elektrolizi: Ishqor, kislota va tuzlarning suvdagi eritmalari orqali elektr tokini o’tkazish.
Masalan, natriy xloridning suyuqlanmasiga (NaCl 8010C da suyuqlanadi) inert (ko‘mir) elektrodlar botirilsa va o‘zgarmas elektr toki o‘tkazilsa, u holda ionlar elektrodlarga: Na+ kationlari – katodga, Cl anionlari – anodga tomon harakatlanadi. Na+ ionlari katodga yetgandan keyin undan elektronlar oladi va qaytariladi: Na+ + e = Na
Xlorid ionlari Cl esa elektronlarni anodga berib oksidlanadi: 2Cl- - 2e = Cl2
Natijada katodda natriy metali, anodda esa xlor ajralib chiqadi.
elektroliz
2NaCl 2Na + Cl2

Suyuqlanmalar elektrolizi

Li, Cs, Rb, K, Ba, Ca, Na, Mg,

Al, Mn, Zn, Cr, Fe, Cd, Co, Ni, Pb

Cu, Ag, Hg, Pt, Au

MeSO4 → Me + O2 + SO3

MeSO4 → Me + O2 + SO3

MeSO4 → Me + O2 + SO3

MeCl → Me + Cl2

MeCl → Me + Cl2

MeCl → Me + Cl2



1-masala: Metall xlorid suyuqlanmasi elektroliz qilinganda 0,896 litr xlor (n.sh.) va 5,48 g metall hosil bo’lgan. Qaysi metallning xloridi elektroliz qilingan? Javob: Bariy (Ba)
2-masala: Metzll xloridi suyuqlanmasi elektroliz qilinganda 5,6 litr xlor (n.sh.) va 4,5 g metal hosil bo’lgan. Qaysi metall xloridi elektroliz bo’lgan? Javob: Alyuminiy (Al)
Uyga vazifa: 139-140-bet o’qish, CaBr2, KI, MgS tuzlari suyuqlanmalari elektrolizini yozish
__________________________________________________________________________________

  • Sana : 02.05.2020

Mavzu : Eritmalar elektroliziga doir masalalar yechish
O‘qituvchi: Lobar Boboqulova
Mavzu bayoni:

  • Masala: K2SO4 eritmasi elektroliz qilinganda eritma massasi 4,68 g ga kamaydi. Katodda hosil bo’lgan moddaning miqdorini toping. Javob: 0,26 mol

  • Masala: Na2SO4 ning 400 g 7,1 % li eritmasi elektroliz qilinganda katodda (inert elektrod) 22,4 litr gaz ajraldi. Elektrolizdan keyin eritmadagi moddaning massa uluhini toping.

Javob: 7,43%

  • Masala: 800 g 5 % li CuSO4 eritmasi massasi 23,6 g ga kamayguncha elektroliz qilindi. Inert elektrodlarda ajralgan moddalar massasini aniqlang.

Javob: m Cu = 16g, m H2 = 0,4g m O2 = 7,2g

  • Masala : Kumush nitratning 500 g 6,8 % li eritmasi elektroliz qilinganda (inert elektrod) anodda 22,4 litr (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan so’ng eritmadagi moddaning massa ulushini toping.

Uyga vazifa: Ekranda berilgan 4-masalani yechish
__________________________________________________________________________________

  • Sana : 05.05.2020

Mavzu : Elektroliz qonunlari
O‘qituvchi: Lobar Boboqulova
Mavzu bayoni:
Elektroliz qonunlarini 1834 – yil ingliz fizigi Maykl Faradey kashf qilgan.
Faradeyning 1-qonuni : Elektroliz davomida elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalar massasi elektrolit eritmasi orqali o’tgan elektr tokining miqdoriga to’g’ri proporsional bo’ladi.
Elektrolit eritmasidan qancha elektr toki o’tkazilsa, katodda va anodda shuncha modda ajralib chiqishi davom etadi. Agar elektr toki o’tkazilishi to’xtatilsa, moddalar ajrlib chiqishi ham to’xtaydi.
Agar moddaning massasini m bilan, elektr oqimi miqdorini Q bilan belgilasak, quyidagi formula kelib chiqadi: m = kQ bu yerda k elementning elektrokimyoviy ekvivalenti, ya’ni eritma orqali 1 kulon elektr oqimi o’tganda ajralib chiqadigan modda massasi.
Elektrolitdan vaqt oralig’idagi I o’zgarmas tok o’tganda Q = I * t va m = k*I*t
Faradeyning 2-qonuni : Agar turli elektrolit eritmalari orqali bir xil miqdorda elektr toki o’tkazilsa, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massalari, shu moddalar ekvivalent og’irliklariga to’g’ri proporsionaldir.
Faradeyning ikkinchi qonuniga muvofiq, bir nechz elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasi orqali 1 F elektr toki o’tkazilsa, elektrodlarda oksidlangan yoki qaytarilgan moddalarning miqdorlari ularning ekvivalent miqdorlariga teng bo’ladi.
Faradeyning birinchi va ikkinchi qonunlaridan quyidagi formula kelib chiqadi:
m = (E * I * t ) / 96500 m = (E *Q) / F n = m / E n = (I*t) /96500

  • Masala: Kuchi 15 A bo’lgan tok 15 minut davomida CuCl2 eritmasidan o’tkazilsa, qancha (n.sh.) hajm xlor ajraladi?

V(Cl2) = (I*E*t) / 1608,3 = (15*11,2*15) / 1608,3 = 1,57 litr
Javob: 1,75 litr
Uyga vazifa:

  • Kuchi 3 A ga teng bo’lgan tok 40 minut davomida AgNO3 eritmasidan o’tkazilsa, katodda qancha gramm modda ajraladi?

  • Tok kuchi 8 A ga teng bo’lganda 2 mol suvni parchalashga qancha vaqt kerak?




Narbayeva F.K.



Yüklə 231,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin