11.1. Asosiy smeta ta’rifi va budjet turlari Rejalashtirish nazorat bilan bir qatorda boshqaruvning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan xarakatlarni aniqlash jarayonidir.
Byudjetni rejalashtirish bu jarayonning eng batafsil darajasi bo’lib, bu tashkilotning tarkibiy bo’linmalari bo’yicha yoki faoliyat sohalari bo’yicha rahbariyat tasdiqlagan dasturlar asosida ishlab chiqilgan alohida byudjetlarni tayyorlash jarayonidir. Ba’zan bu atama ba’zan qabul qilingan strategiya doirasida korxona darajasida rejalashtirishning taktik maqsadlarini tanlashning yaxlit tizimi, kompaniyaning kelgusidagi opreatsiyalari rejasini (xarajatlar va daromadlar smetasini) ishlab chiqish va shu rejalar bajarilishini nazorat qilish, ya’ni mohiyat e’tibori bilan ichki moliyaviy boshqarish tizimi sifatida talqin qilinadi.
Rejalar quyidagicha turkumlanishi mumkin:1 1. Operativ reja — bu firma maqsadlariga erishish bilan bevosita bog’liq taktik reja. Ular yillik yoki uch oylik byudjetlar sifatida tuzilgan qisqa muddatli rejalardir. Ishlab chiqarish rejasi, moddiy-texnika ta’minoti rejasi, umumiy ishlab chiqarish sarflari rejasi operativ rejaga misol bo’la oladi.
2. Ma’muriy rejalar —bular tashkiliy tuzilmani rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash rejasidir. Ularning maqsadi - rejalashtirilgan ko’rsatkichlar bajarilishining kutilgan darajasiga erishish mumkin bo’lgan tashkilotni tuzishdir. Ular o’rtacha muddatli, har yili qayta ko’rib chiqiladigan rejalardir.