11 ma’ruza. Bug’ hosil bo’lish protsessi


Suv bug’ining TS va IS –diagrammasi



Yüklə 53,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix14.12.2023
ölçüsü53,4 Kb.
#179126
1   2   3   4   5
ma ruza 11

 3 Suv bug’ining TS va IS –diagrammasi 
 
TS - diagrammada protsess egri chizig’ining ostidagi yuza bilan, jismga 
berilgan yoki undan olingan issiqlik miqdori aniqlanadi. 
2.-rasmda suv bug’ining TS - diagrammasi tasvirlangan.Bug’lanish 
protsessining Rv - diagrammasidagi har bir nuqtasini TS - diagrammasiga 
ko’chiramiz. 


TS- diagramma termodinamik protsesslar va tsikllarni tekshirishda, ya’ni 
protsessdagi issiqlik miqdori va qaytar tsikllarda ish miqdorini topishda keng 
qo’llaniladi. Bundan tashqari TS- diagrammada temperatura o’zgarishini aniq 
ko’rish mumkin. Diagrammaning noqulayligi shundan iboratki, issiqlik miqdorini 
aniqlash uchun har gal tegishli yuzalarni hisoblab chiqib topishga to’g’ri keladi. 
2 - rasm. 
 
Agar entropiya diagrammasining ordinatalari o’qiga entalьpiya qiymatlari 
qo’yilsa, u holda S=const bo’lgandagi ish va P=const bo’lgandagi issiqlik miqdori 
Ts -diagrammadagidek yuzalar bilan emas, balki chiziq kesmalari bilan 
tasvirlanadi. 
Bug’ protsesslari va tsikllarini termodinavikaviy tekshirish hamda 
hisoblashda i-s diagrammadan foydalanish hisoblash metodikasini ancha 
soddalashtiradi. 


 
3 -rasm. 
3.- rasmda suv bug’i uchun - is diagramma sxema tarzida ko’rsatilgan 
Termodinamikada 0
0
S temperaturadagi entropiya va entalьpiya shartli 
ravishda nolga teng deb hisoblanadi. Bu holat is- diagrammada koordinatalar boshi 
bilan tasvirlanadi. 
Suvning AK va bug’ning VK egri chiziqlari kritik nuqta K da tutashib 
diagrammani ikki sohaga bo’ladi. Bu egri chiziqlardan yuqorida o’ta qizigan bug’ 
sohasi, pastda esa to’yingan nam bug’ sohasi joylashgan. 
To’yinish sohasidagi izobaralar nolь nuqtadan boshlanib, bosim qanchalik 
katta bo’lsa, izobaralar shunchalik yuqorida joylashadi. 
O’ta qizigan bug’ sohasida yuqoridagi chegara egri chiziqda izobara va 
izotermalar bir-biridan ajraladi. 

Yüklə 53,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin