102- guruh Xorijiy til yo’nalishi



Yüklə 41,03 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü41,03 Kb.
#204566
1   2   3   4
Muomila madaniyati

Ochiq va aniq bo‘lmagan savollar: - Sen charchadingmi?!
- Sen borasanmi?
- Bolalar yaxshimi?!
Ochiq va aniq savollar: - Bo‘lib o‘tgan voqea senga qanday ta’sir o‘tkazdi? Nimalarni o‘ylading, nimalar seni qiynadi?!
- Nima uchun sen “sinfdoshlar uchrashuviga” borishga qaror qilding? Sinfdoshlar uchrashuviga borib, nimalarni ko‘rmoqchi va bilmoqchi eding?!
- Men ketgandan so‘ng, bolalar nima qildi? Sen ularga mening yo‘qligimni qanday tushuntirding? Ular nima deyishdi? Hafa bo‘lishdimi? Sen o‘zing qanday kayfiyatda bo‘lding? Sen nimalarni o‘ylading?! Bolalar uchun qanday javob tayyorlading?! O‘zing bo‘lib o‘tgan voqea haqida nimalarni o‘ylaysan?
Ochiq va aniq yo‘naltirilgan savollarga faqat “ha” yoki “yo‘q” deb javob berib bo‘lmaydi. Albatta, biror holat, yoki vaziyat, yoki xissiyotni to‘la bo‘lmasa ham, kengroq tarzda so‘zlab berishga inson majbur bo‘ladi. Ana shunday vaziyatda siz o‘z opponenetingiz so‘zlarini samimiy e’tibor bilan tinglasangiz, o‘rtada samimiy muloqot uchun sharoit yaratiladi. Shu bilan birga, agar konflikt eng yaqin odamlar o‘rtasida yuz bergan bo‘lsa, oilaviy tashvishlar, farzandlar borasidagi umumiy qarashlar tomonlarni samimiy muloqotga undovchi omillar hisoblanadi. Esingizda bo‘lsin, samimiyat samimiyat yaratadi, yaxshilik yaxshilikni keltirib chiqaradi, kechirimli bo‘lsangiz, sizni ham kechirishadi, iliq munosabat bildirsangiz sizning iliq munosabatgiz ham bejavob qoldirilmaydi.
Agar konfliktdan so‘ng tomonlar umuman ajralib ketsa ham, tomonlar o‘zaro hurmat, biri birini xo‘rlamaganlik, biri birini yerga urmaganlik, bir birini nafsoniyatiga tegmaganlik asosida ajraladi. Bu esa – tomonlarni o‘z insoniy nufuzi va qadriyatlarini saqlab qolinishiga imkon yaratadi.
8. Hech narsa taklif qilmang! Nima uchun aynan mana shunday talab qo‘yiladi? Chunki, emotsiyalar va ehtiroslar ichida odam ba’zan so‘zlashga berilib ketib, aslida o‘zida mavjud bo‘lmagan, yoki soniyalik, bir zumlik bo‘lgan xis-tuylarni ifodalab yuboradi. Ana shunday xis-tuyg‘ularni asl xis-tuyg‘ulardan ajrata olish darkor. Siz mavhum va aslida bo‘lmagan mana shunday “aldamchi” xis-tuyg‘ularga tayanib, noto‘g‘ri xulosalar qilib, biror bir takliflarni kiritsangiz, noto‘g‘ri xulosalar qilgan bo‘lasiz. Masalaning yana bir boshqa muhim tomoni mavjud. Ziddiyat jarayonida sizning takliflaringiz, ular - aqlli, jozibali, ikki tomon uchun qulay bo‘lgan takliflar bo‘lganiga qaramay, emotsiyalar girdobida rad etilishi mumkin. Shu bois, avval emotsional holatni samimiylik va ishonch asosida shakllantirish, undan so‘nggina vaqti soati yetib kelganida, ma’lum takliflarni bosim o‘tkazmasdan taklif etish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, sizga aytilayotgan so‘zlarning ma’nosi aslida boshqa mazmunda bo‘lishi mumkinligini doimo yodingizda tuting. Sizga uzatilayotgan va ma’lum qilinayotgan axborotni siz to‘g‘ri anglayotganligingizni nazorat qilib boring. Buning uchun opponentingiz so‘zlarini o‘zingiz anglaganingiz tarzida qayta takrorlab, undan qayta so‘rab turing: «Sizni to‘g‘ri tushundimmi?», “Siz shunaqa demoqchimisiz?”, “Sizni to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, siz shuni.... nazarda tutyapsiz. To‘g‘ri-mi?!” Bu usullar boshqa odamni to‘g‘ri, adekvat anglashga yordam beradi. O‘zga odamning fikrlarini adekvat, ya’ni ularga jamlangan ma’lumotlarni aynan opponentingizga o‘xshab anglanishigina ziddiyatga bo‘lgan tomonlar munosabatlarini bir biriga yaqinlashtiradi, fikrlar uzviyligiga olib keladi.
9.
Yüklə 41,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin