10. Mavzu: Ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilgandagi dozimetrik va radiometrik nazorat. Mashg‘ulotning jixozlanishi



Yüklə 21,56 Kb.
səhifə3/9
tarix02.01.2022
ölçüsü21,56 Kb.
#40529
1   2   3   4   5   6   7   8   9
амалий 10

Yopiq manbalar-bu ionlovchi nur manbalarini shunday turiki-bunda ishchi ishlash jarayonida nurlanish olishi mumkin, lekin radiaktiv birikmalar me’yordagi ekspluatatsiya sharoitlarida organizmga tushishi mumkin emas.

Bunday ionlovchi nur manbalari 2 ta guruhga bo‘linadi:

a) doimiy ta’sirli nur manbalari hisoblangan izotop manbalar

b) nurlanish generatorlari-izotop bo‘lmagan manbalar

Doimiy ta’sirli yopiq ionlovchi nur manbalari-bu radiaktiv birikmalarni oldindan ko‘rilgan ekspluatatsiya sharoitida tashqi muhitga tushishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday manbalarga beta, neytron nurlari, har xil vazifadagi gamma-uskunalar kiradi.

Nur generatorlari-bu nurlarni davriy ravishda generatsiya qiladigan manbalar. Bularga rentgen apparatlari va zaryadlangan zarrachalarni tezlatuvchilari kiradi.

Yopiq manbalar bilan ishlaydigan ishchilar me’yordagi ekspluatatsiya sharoitida faqat tashqi nurlanishga uchraydilar. Aniqlanishicha izotop manbalaridan foydalanganda personal oladigan tashqi nurlanish dozasi manba aktivligi ,ular bilan ishlash vaqti, gamma doimiy izotopga proporsional bo‘ladi va masofa kvadratiga va nurni ekran bilan susaytirish karraligiga teskari proporsional bo‘ladi.

D=(Q x kλ x t):(KxR2)

Bu erda:

D-nurlanish dozasi R

Q-manba faolligi, m Ki

K-manbaning gamma-doimiyligi

T-manba bilan ishlash vaqti, saot

R-manbadan ishchigacha bo‘lgan masofa, sm

Haqiqatdan ham tashqi nurlanish dozasini kamaytirish uchun quyidagi 4 ta prinsipga asoslangan holda himoya ta’minlangan bo‘lishi kerak:

- miqdor bilan himoyalanish-ishni ish-joyida eng kichik faollik bilan olib borish. Bu prinsip chegaralangan qo‘llanishga ega, demak uni qo‘llanilish ko‘pincha texnologiyani o‘zgartirish zarrurati yoki ish vaqtini uzaytirish bilan bog‘liq bo‘ladi;

- vaqt bilan himoyalanish, demak ionlovchi nur manbalari bilan ishlash vaqtini qisqartirish (ish kunini qisqartirish, cho‘zilgan ta’til);

- masofa bilan himoyalanish (distansion boshqaruv, manipulyatorlarni qo‘llash). Bu usul juda samarali chunki manbadan ishchigacha bo‘lgan masofani 2 martaga ko‘payishi nur dozasini 4 marta kamaytiradi.

- ekran bilan himoyalanish-har xil qalinlikdagi va har xil materiallardan qilingan ekranlarni qo‘llash. Ekranlashtirish uchun qo‘llaniladigan materialning turi nurning energiyasi va xarakteriga, uning quvvatiga va qo‘llaniladigan materialning turiga bog‘liq bo‘ladi.

Rentgen va gamma nurlaridan himoyalanish uchun qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshinli shisha yoki rezinka, temir, g‘isht, beton, suv ishlatiladi. Bunda ekranlar sifatida konteynerlar, qurilish konstruksiyalari, eshik, deraza, pol, shift, parda, fartuk, qo‘lqop va ko‘zoynaklar bo‘lishi mumkin.

Neytronlardan himoyalanish uchun bir necha qavatli himoya qo‘llaniladi:

1 qavat- tezkor neytronlarni susaytirish uchun (parafin, suv);

2 qavat-sekin neytronlarni shimishi uchun (bor, kadmiy);

3qavat-sekin neytronlarni yutilishida kelib chiqadigan gamma nurlarni yutish uchun.

Beta nurlaridan himoyalanish uchun engil materiallar qo‘llaniladi (alyuminiy, plastmassa, organik shisha).


Yüklə 21,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin