10-Mavzu. Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari. Reja


Sinishning turlari va alomatlari



Yüklə 88,88 Kb.
səhifə3/10
tarix22.12.2023
ölçüsü88,88 Kb.
#189815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15-Mavzu. Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari.

Sinishning turlari va alomatlari.
Tashqi mexanik ta’sir natijasida suyaklar butunligining buzilishiga – suyaklarning sinishi deyiladi. Sinishlar travmatik (shikastlanish natijasida) va patologik o‘smasi natijasida bo‘ladi. Deyarli har bir sinish muskullarni, nerv stvollarini, qon tomirlarini va ko‘pincha ichki organlarni zararlanishi bilan kechadi.
Sinishlarning turlari:
1. Sinish tekisligini suyakning uzunlik o‘qiga bo‘lgan yo‘nalishiga qarab, sinishlar bo‘ladi.
a) Ko‘ndalangiga sinish, qiyshiq sinish, vintsimon sinish, uzunasiga, bo‘lakli (maydalanib)
2. Joylashgan joyiga ko‘ra:
a) Epifizar sinish – cinish chizig‘isuyakning epifiz qismidan o‘tgan bo‘lib, bunday sinishning bitishi qiyin bo‘ladi. Epifizar sinish bo‘g‘im chiqishi bilan kechadi(sinib-chiqish).Sinish chizig‘i bo‘g‘im ichidan o‘tganligi sababli bitishi qiyin bo‘ladi.
b) Metafizar sinish- sinish chizig‘i suyakning g‘ovaksimon qismidan o‘tgan bo‘ladi.Markaziy va periferik bo‘lakning siljishi bilan kechadi.
c) Diafizar sinish – sinish chizig‘i diafiz sohasidan o‘tgan bo‘ladi.
3. Sinishlar to‘liq va to‘liqmas bo‘lishi mumkin.
a) Agar sinish chizig‘i butun suyak bo‘ylab o‘tgan bo‘lsa,to‘liq sinish deyiladi.
b) Agar suyakning faqat bir qismi zararlanib,bo‘laklar siljimasa,to‘liqmas sinish deyiladi.

Suyaklar sinishining qaysi turi bo‘lishidan qat’iy nazar,ularni 2ta katta turga bo‘lamiz: ochiq va yopiq sinishlar.Agar suyaklar sinishi teri butunligini buzilishi bilan birga ro‘y bersa, bunday sinish ochiq sinish deyiladi.Agar teri butunligi buzilmasa, unda yopiq sinish deyiladi. Bundan tashqari sinishlar bo‘laklari ajragan va ajramagan sinishlarga bo‘linadi. Ba’zan singan bo‘laklarning ikkilamchi ajrab ketishi kuzatiladi.Buning asosiy sababi shikastlanganlarni noto‘g‘ri transportirovka qilishdir.


Sinishning alomatlari:
1. Mahalliy belgilar – og‘riq, suyak bo‘laklarining siljishi hisobiga shu sohada deformatsiya kuzatiladi. Sog‘lom tomon bilan zararlangan soha solishtirilganda, bu belgi aniq ko‘rinadi. Zararlangan soha funksiyasini buzilishi singan sohada harakat, ya’ni patologik harakatni paydo bo‘lishi kuzatiladi. Singan sohani sog‘lom sohaga nisbatan kaltalanishi, singan soha paypaslab ko‘rilganda, shu sohada g‘irchillash(krepitatsiya) eshitiladi.
2. Umumiy belgilar – kuchli og‘riq hisobiga shok belgilari rivojlanishi mumkin, jarohatlangan to‘qimada hosil bo‘lgan zaharli moddalar qonga so‘rilib, buyrak funksiyasining buzilishi, tana haroratining ko‘tarilishi kuzatiladi. Rentgenologik belgilariga ko‘ra tashhis qo‘yiladi.

Yüklə 88,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin