10-Amaliy mashg‘ulot Meva terishda ishlatiladigan mashinalarni ishlash jarayonini o‘rganish


-rasm. Takomillashtirilgan meva yig‘ishtirish mashinasi



Yüklə 246,65 Kb.
səhifə5/5
tarix29.11.2023
ölçüsü246,65 Kb.
#169638
1   2   3   4   5
10-Амалий машғулот

46-rasm. Takomillashtirilgan meva yig‘ishtirish mashinasi:
a-umumiy ko‘rinishi; b-old va ust ko‘rinishining sxemasi; 1, 7, 8 va 16-sirpantirgich; 2-o‘ziyurar shassi; 3-yashik uchun maydoncha; 4-yuklagich;
5-transportyor; 6, 18-o‘ng va chap seksiyalar; 8-titratuvchi xartum; 10-rolik; 12 -brus; 13-g‘ildirak; 14-titratkich tutqichi; 15-tasma; 17-yo‘naltirgich.

Alohida traktorga o‘rnatilgan titratkich 8 bilan jihozlangan agregat mazkur mashinaning yonida yuradi va kerakli vaqtda daraxtni titratib, mevasini pastdagi transportyorlarga tushirib beradi.
Mashina quyidagi tartibda ishlaydi. Mevasi teriladigan daraxtning ikki tomonidagi bo‘sh oraliqda mashinaning o‘ng va chap seksiyalari alohida-alohida yurib kelib, to‘xtaydi. Transportyorlar o‘rtasidagi o‘yiq joylarga daraxt tanasini kirgizib, seksiyalar bir - biriga yaqinlashib ulanishadi. Yordamchi agregat yon tomonda turib, o‘zining xartumini daraxtga keltirib, tutkichi bilan quchoqlab oladi. Titratkich ishga tushirilishi bilan bir vaqtda transportyorlar xam ishga qo‘shiladi. Ular terilgan mevani yashiklarga soladigan joy 4 larga keltirib berishadi. Mashinaga oltita ishchi xizmat qiladi.
Yuqorida aytilgandek, uzoq saqlanadigan meva, asosan qo‘lda teriladi. Qo‘l terimida ishlayotgan ishchilarga yordam berish uchun maxsus platformalar ishlatiladi (48-rasm). Platformaning yon tomonga suriluvchan so‘ri 1 larida o‘ntacha ishchi turib, 2 m balandlikdagi mevalarni uzib terishadi. So‘rilar (odamlar bilan birgalikda) gidravlika yoki vintli mexanizm yordamida daraxt 3 shoxlari orasiga surilib kiritilishi mumkin. Savatlar to‘lgach, ulardagi meva platforma o‘rtasidagi konteyner 2 larga to‘kiladi.
Meva terishda vibratsion mashinalardan tashkari pnevmatik mashinalar xam ishlatilishi mumkin. Pnevmatik mashinalarning eng sodda turi 49 - rasmda kursatilgan. Kuchli xavo nasosiga bir nechta yegiluvchan shlangalar ulangan buladi. Shlanganing uchini meva terayotgan ishchi yelkasiga boglab kuyadi. Shlanganing uchiga meva uzgich urnatilgan. Ishchi uzgichni mevaga kiydirib, u yerdagi tugmani bosib, surilayotgan xavoga yul ochadi. Shamol mevani uzib oladi va shlanga buylab, nasosdagi meva tuplagichga keltiradi.
49-rasmdagi pnevmatik meva tergich o‘ta kuchli ventilator 1, uning atrofida aylanib turadigan g‘ilof 3 dan iborat. Ventilyator haydayotgan havo, g‘ilof aylanishi hisobiga, soplo 4 ning darchasiga navbatma - navbat yuboriladi. Natijada daraxt shoxlari kuchli tebranma harakatga tushib, meva bandidan uzilib ketadi.








48-rasm. Qo‘lda terilgan mevani to‘plash uchun moslashtirilgan platforma:

49-rasm. Pnevmatik meva tergichning sxemasi:






1 — ventilatorlar; 2 — havo yo‘nalishini o‘zgartiradigan soplolar;3 — motor;
4 — traktor.


Yüklə 246,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin