10-Amaliy mashg‘ulot Meva terishda ishlatiladigan mashinalarni ishlash jarayonini o‘rganish


-rasm. Mexanik meva tergichlarning prinsipial



Yüklə 246,65 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü246,65 Kb.
#169638
1   2   3   4   5
10-Амалий машғулот

40-rasm. Mexanik meva tergichlarning prinsipial sxemalari
a — juvali; b, d — elastik barmoq tasmali.
Mexanik meva tergichlarning turlari ko‘p bo‘lib, eng keng tarqalgani juvali tergich (40-a, rasm) hisoblanadi. Yerda yotgan mevani pastroq joylashgan juvadagi tasma yuqoriga ko‘tarib, ikkinchi tasmaga tekkizadi. Keyin, tezliklari teng bo‘lgan tasmalar mevani qisib, yuqoriga ko‘tarib beradi. Ayrim tergichlarning tasmalariga elastik barmoqlar o‘rnatilgan bo‘ladi (40-b, rasm). Bunday tergichlar yong‘oq, olxo‘ri, xurmo kabi mevalarni yaxshi teradi.
Hozirgi vaqtda (daraxtdagi) mevani yig‘ishtirishda uchta usuldan foydalaniladi:
1.Yordamchi texnik vosita (narvon, maxsus sumka)lardan foydalanib, qo‘lda terish (boshlang‘ich mexanizatsiyalash).
2.Turli agregat, platforma va b. foydalanib, qo‘lda terish (yarim mexanizatsiyalash).
3.Meva terish mashinalari va kombaynlardan foydalanib terish (mexanizatsiyalash).
Mevaning har bir turi xossalarini e’tiborga olib, ularni tez yig‘ishtirish muddati tanlanadi. Ertaroq terilgan mevaning ta’mi past bo‘lib, uni uzoq saqlab bo‘lmaydi. Meva pishib o‘tib ketsa, hosilning ko‘p qismi yerga to‘kiladi, ta’mi yomonlashadi va tovar ko‘rinishi pasayadi.
Pishgan meva nihoyatda tez shikastlanuvchan bo‘lib, daraxtning qalin shoxlari o‘rtasida joylashadi. Shu sababli, meva terish uchun mashina yaratish nihoyatda qiyin masaladir.
Boshlang‘ich mexanizatsiyalash vositalariga turli narvonlar, maxsus savat va sumkalar, meva uzgichlar kiradi. Ulardan foydalanish ko‘l mehnati unumini birmuncha oshiradi, ishchilarga xavfsizrok vaziyatda ishlash imkoniyatini beradi.
Narvonlar (41-rasm) duralumin prokatdan yasalib, balandligi deyarli 4,0 m gacha bo‘lishi mumkin. Ularning oyoqlari keng ko‘yilganligi sababli, yetarli muvozanat ta’minlanadi. 42-rasmda meva terishga moslab yasalgan savat va sumkalar ko‘rsatilgan bo‘lib, meva terayotgan ishchining erkin harakatlanishiga imkon yaratiladi. Savatlar, plastmassa chelaklarga solingan meva deyarli shikastlanmaydi.



Yüklə 246,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin