10-amaliy mashg’ulot mavzu: Spirogiraning tuzilishi va ko‘payishi. Mashg’ulot rejasi



Yüklə 39,7 Kb.
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü39,7 Kb.
#182866
  1   2   3
10-amaliy


10-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: Spirogiraning tuzilishi va ko‘payishi.


Mashg’ulot rejasi:
1. Spirogiraning tuzilishi
2. Spirogiraning ko‘payishi.
3. Spirogiraning ahamiyati.


Darsning maqsadi: Spirogiraning sistematik o’rni, tuzilishi va ko’payishini o’rganish.
Ko’rgazmali qurol va jihozlar: Spirogiraning tirik materiali, shu suvo’tlarning doimiy preparatlari, jadvallar, kitoblar, mikroskoplar, buyum va qoplagich oynalar, pipetka.


Ishning bajarilishi
Klassifikatsiya:
Bo’lim: Yashil suvo’ttoifalar – Chlorophyta
Ajdod: Matashuvchisimonlar - Conjugatophyceae
Qabila: Zignemanamolar - Zygnematales
Turkum: Spirogira - Spirogyra
Tur: S. calospora

Bu tartibga oddiy ipsimon suvo‘tlar kiradi. Odatda, ular chuchuk suvlarda keng tarqalgan bo‘lib, shoxlanmagan, bir qator silindr shakldagi bir yadroli hujayralardan iborat. Tallomi porasiz shilimshiq jild bilan qoplangan. Shilimshiq jildi yumshoq, ko‘pincha kladoforalar bilan birga “baqa tuni”ni hosil qiladi. Hujayra markazida yirik vakuola joylashgan, sitoplazma hujayra devori atrofida yopishgan. Xromotofralari mezoteniyanamolarnikiga o‘xshash uch xil bo‘ladi.


Zignemanamolar tartibining eng xarakterli vakillaridan mujotsiya (Mongeotia), bilan tanishamiz. Hujayrasi silindirsimon bo‘lib, bitta plastinkasimon va bir necha pirenoidli xromotoforaga ega. Agar xromotoforga kuchli yorug‘ yo‘llantirilsa, u bir oz vaqtdan keyin o‘z o‘qi bo‘ylab 90o ga burilib, 30 min, davomida saqlanib, natijada plastinkasimon xromotofor tayoqcha shaklda ko‘rinadi. Sitoplazma markazida yirik yadro joylashgan.
Zignema (Zygnema)ning har bir hujayra sitoplazmasida ikkitadan yirik yulduzsimon shaklda, markazida bittadan yirik pirenoidga ega bo‘lgan xromotofori joylashgan. Har bir xromotofor bir-biri bilan endoplazmatik to‘r bilan bog‘langan bo‘lib, ular orasida aniq ko‘rinadigan yadro va yadrochasi joylashadi.
Zignemalar qabilasining vakillarida jinsiy ko‘payish kon’yugatsiya yo‘li bilan boradi. Bularda narvonsimon kon’yugatsiya ko‘proq uchraydi. Ko‘payish vaqtida ularni ikkita ipi paralell turib, yonlari bilan bir-biriga yaqinlashadi. Ularni bir nechtasi qo‘shilganda narvonsimon ko‘rinishni oladi. Yondosh hujayralarda bir-biriga qaragan o‘simta hosil bo‘ladi. O‘simtalarni uchi birlashgandan keyin, o‘sib kanalcha hosil qiladi. Bir hujayraning protoplasti ikkinchi hujayraga ana shu kanalcha orqali oqib o‘tadi va bir-biri bilan qo‘shiladi. Qo‘shilish oldidan, birining protoplasti sust, ikkinchisi kuchli siqila boshlaydi. Kuchli siqilgan hujayra protoplastida juda ko‘p miqdorda harakatchan vakuola hosil bo‘ladi, hujayra devori va protoplasti oralig‘ida to‘planadi. Natijada kuchliroq siqilgan hujayra protoplasti bo‘shroq siqilgan hujayraga oqib o‘tadi.
Bu qo‘shiluvchi hujayralar orasida morfologik jihatdan farq bo‘lmasa ham, qabul qilgan hujayrani urg‘ochi, protoplastini bergan hujayrani erkak deb faraz qilish mumkin. Bunday jinsiy protsess morfologik jihatdan izogam bo‘lib, fiziologik jihatdan anizogam deb ataladi.
Spirogira (Spirogyra)ning ipsimon tallomi och yashil rangda, u shilimshiq jild bilan qoplangan. Iplari yirik silindrik hujayralaridan tashkil topgan. Hujayrasi kletchatkali po‘stga ega bo‘lib, unga protoplazma yopishgan.
Sitoplazma chetida lentasimon spiral shaklda o‘ralgan bir necha pirenoidli xromatoforalari bo‘ladi. Xromatoforalarni soni va aylanmasi spirogiraning turiga qarab har xil bo‘ladi. Bu belgilari uning sistematikada katta ahamiyatga ega. Pirenoidlar xromatoforning o‘rta qismidagi chiziqlar bo‘ylab joylashadi. Hujayra markazida hujayra shirasiga ega bo‘lgan yirik vakuola bo‘ladi. Uning markaziy qismida yadrochasi bo‘lgan katta yadro bo‘ladi, bu yadro protoplazmadan chiqqan iplarga osilgan holda turadi. Spirogira tallomining barcha hujayralari bo‘linish qobiliyatiga ega. Hujayraning bo‘linishi hisobiga ipi cho‘ziladi.

Yüklə 39,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin