1. Yorug’likling to’lqin tabiati Bilinza va biprizma haqida ma’lumot



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/6
tarix02.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#123497
  1   2   3   4   5   6
KOGERENT TO\'LQINLAR HOSIL QILISHDA BILINZA VA BIPRIZMA USULLARINI O’RGANISH


KOGERENT TO'LQINLAR HOSIL QILISHDA BILINZA VA BIPRIZMA USULLARINI O’RGANISH
REJA:
KIRISH
1. Yorug’likling to’lqin tabiati
2. Bilinza va biprizma haqida ma’lumot
3. Bilinza va biprizmalarning qo’llanishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Optika, ya‘ni yorug’lik haqidagi birinchi ta‘limot, nima uchun odam o’z atrofidagi narsalarni ko’radi degan savolga javob berishga urinishlar natijasida vujudga kelgan (Optika grekcha so’z bo’lib, «Opticos» - ko’raman degan ma‘noni anglatadi). Ushbu qo’llanmada eng avvalo yorug’lik manbalariga qisqacha to’xtalishni o’rinli deb o’yladik. «Yorug‘lik – kishining eng nozik, universal va kuchli sezgi organi - ko‘zning ishlashi uchun zarur bo‘lgan shartdir. Tun kishini bu organdan foydalanishdan mahrum qilib, aktiv hayotni passiv hayotga aylantiradi. Optika – fizikaning bo’limi bo’lib, yorug’likning fizik tabiatini va xossasini hamda moddalar bilan o’zaro ta‘sirini o’rganadi. Bu yorug’lik haqidagi ta‘limot, fizikaning boshqa bo’limlari bilan uzviy bog’lanishdadir. Optik hodisalarni chuqur o’rganish fizikaning boshqa bo’limlarini rivojlanishi uchun zamin yaratdi. Masalan: atom va molekulalar tuzilishi haqidagi zamonaviy nazariya spektroskopiya sohasidagi kashfiyotlar natijasida yuzaga keldi. Fizikaning texnika bilan uzviy aloqadorligi tufayli texnikaning ko’p sohalarida optikadan foydalaniladi. Masalan: fotografiya, kino, televideniye va h.k., fizikaga yaqin bo’lgan boshqa tabiiy fanlar - biologiya, ximiya va astronomiyada ilmiy kuzatish va analizning optik usullarini qo’llash natijasida keyingi yillarda katta yutuqlarga erishildi.


Mavzuning dolzarbligi: Yorug’likning tabiati haqidagi birinchi fikrlar qadim zamonlardan ma’lum.
Keyingi ikki yarim asr davomida yorug’likning tabiati haqidagi tasavvurlar juda katta o’zgarishlarga duch keladi. XVII asrning oxirida yorug’likning tabiati haqida ikkita prinsipial qarama-qarshi nazariya maydonga keldi: birinchisi, 1675-yilda ingliz olimi Isaak Nyuton yaratgan korpuskulyar nazariyasi va ikkinchisi, 1690-yilda yaratilgan gollandiyalik olim Gyuygens ning to’lqin nazariyasidir. Korpuskulyar nazariyaga muvofiq, yorug’lik tez harakatlanuvchi juda kichik moddiy zarralar --- korpuskulalar oqimidan iborat bo’lib, ularni nur sochayotgan jism chiqaradi va ular ko’zga tushib, ko’rish sezgisini uy-g’otadi. Bu nazariyaga muvofiq, yorug’likning qaytishi kor-puskulalarning qaytaruvchi sirtdan xuddi elasnik shar-chalarning qattiq sirtdan qaytish qonunlari singari qonunlarga kora itarilishi deb tushuntiriladi. Ranglarning farq qilishi korpuskulalarning kattaligiga bog’liq bo’lib, eng yirik korpuskulalar qizil rang, eng maydonlari binafsha rang sez-gisini uyg’otadi, deb tushintiriladi.
To'lqin nazariyasiga muvofiq esa yorug'lik yorug'lik manbai-dan chiquvchi va butun koinotni uzluksiz to’ldirgan qo’zg’al-mas elastik muhit --- “dunyo efirida” katta tezlik bilan tarqa-luvchi to’lqindan iboratdir. Ko’p olimlar, jumladan, M.V . Lomonosov ham yorug’lik tabiatiga shu nuqtai nazardan qa-rashar edi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin