8 ta jamoa uchun namuna:
1
2
3
4
5
6
7
8
Agar jamoalar soni 2 ning darajasiga barobar bo‘lmasa, unda ayrim jamoalar (qur’a natijasiga ko‘ra) ikkinchi davradan boshlab qatnashadilar. Jadvalni shunday tuzish kerakki, ikkinchi turda o‘ynaydigan jamoalar soni teng bo‘lishi kerak. Birinchi davrada nechta jamoa ishtirok etishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(A – 2n) x 2, bunda A – jami jamoalar soni; n – qatnashadigan jamoalar soniga yaqin bo‘lgan daraja.
Misol uchun, 11 ta jamoa ishtirok etadigan musobaqa olinadigan bo‘lsa: A-ll.
11 ga eng yaqin son 8 bo‘ladi (23 = 8).
Formula asosida yechiladi: (11-8) x 2 = 6.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
24-jadval
Chiqib ketish tizimi bo‘yicha o‘yinda uchrashadigan jamoalarni joylashish tartibi. (33-jadval)
Ishtirok etuvchi jamoalarning umumiy soni
|
Birinchi davrada ishtirok etuvchi
jamoalar soni
|
Ikkinchi davrada ishtirok etuvchi jamoalar soni
|
jami
|
yuqoridan
|
pastdan
|
4
|
4
|
-
|
-
|
-
|
5
|
2
|
3
|
1 *
|
2
|
6
|
4
|
2
|
1
|
1
|
7
|
6
|
1
|
-
|
-
|
8
|
8
|
-
|
-
|
-
|
9
|
2
|
7
|
3
|
4
|
10
|
4
|
6
|
3
|
3
|
11
|
6
|
5
|
2
|
3
|
12
|
8
|
4
|
2
|
2
|
13
|
10
|
3
|
1
|
2
|
14
|
12
|
2
|
1
|
1
|
15
|
14
|
1
|
-
|
1
|
16
|
16
|
m
|
•
|
-
|
17
|
2
|
IS
|
7
|
8
|
18
|
4
|
14
|
7
|
7
|
19
|
6
|
13
|
6
|
7
|
20
|
8
|
12
|
6
|
6
|
Aralash tizim. Birinchi turda 6 tajamoa o‘ynashi kerak. Ikkinchi davradan boshlab o‘ynaydigan jamoalar uchun 2 ta yuqoridagi va 2 ta pastdagi raqamlar belgilanadi. Barcha raqamlar (birinchi davrada o‘ynaydigan raqamlar ham) jadvalda yuqorida va pastda joylashgan jamoalar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Agar jamoalar soni toq bo‘lsa, unda ikkinchi davradan o‘yinni boshlaydigan jamoalarning soni jadvalning pastida yuqoridagiga nisbatan bitta ortiq bo‘ladi. Birinchi davradan o‘yinni boshlaydigan jamoalarda esa, aksincha, jadvalning yuqorisida bitta raqam ortiq bo‘ladi.(33-jadval)
Bir musobaqa doirasida ikki tizimdan ham foydalanish mumkin bo‘lib, bu tizim shartli ravishda aralash tizim deb nomlanadi.Aralash tizimga muvofiq guruhlar yoki zonalarda o‘yin aylanma tizimda, so‘ngra esa yutqazgan chiqib ketish tizimida olib boriladi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
2.3.3. Hakamlar va hakamlik qilish
Har bir uchrashuvni hakamlar tarkibi boshqarib boradi va bu tarkibga: birinchi hakam; ikkinchi hakam; kotib; to‘rtta (yoki ikkita) chiziq hakamlari kiradi.
Birinchi hakam vakolatlari. Birinchi hakam o‘yin jarayoni boshlanganidan to yakunlanguniga qadar uni boshqarib boradi. U shu o‘yinda ishtirok etayotgan barcha hakam va o‘yinchilarga rahbarlik qiladi. Uning qarori hal qiluvchi kuchga ega. Birinchi hakam qolgan hakamlar qarorini noto‘g‘ri deb topsa, uni bekor qilish huquqiga ega. Agar biror hakam vazifasini uddalay olmasa, birinchi hakam uning vazifasini o‘z zimmasiga olishi mumkin. Birinchi hakam chiqargan qarorni muhokama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin jamoa sardori iltimosiga ko‘ra u o‘z qaroriga izoh berishi mumkin. Birinchi hakam o‘yindan oldin maydon, to‘p va boshqa uskunalar holatini nazoratdan o‘tkazadi. Jamoa sardorlari bilan qur’a tashlashni uyushtiradi. O‘yin davomida faqat birinchi hakam quyidagilar bo‘yicha qaror chiqarish huquqiga ega: jamoalarni ogohlantirish; jazolash; to‘p kirituvchining xatosi; to‘p kirituvchi jamoa a’zolarining joylashishidagi xatosi bo‘yicha; to‘p bilan o‘ynash xatolari bo‘yicha; to‘r va uning ustida ro‘y beradigan xatolar bo‘yicha; orqa chiziq o‘yinchilari va “Libero”ni hujum zarbasi; “Libero”ni oldingi zonadan yuqoridan uzatilgan to‘pga hujum zarbasi qo‘llanilganda.
Ikkinchi hakam vakolatlari. Ikkinchi hakam birinchi hakam ro‘parasidagi voleybol ustuni ortida birinchi hakamga qaragan holda tik turib joylashadi. U zahiradagi o‘yinchilarni kuzatib turadi; tanaffus olish va o‘yinchi almashtirishga ruxsat beradi; o‘yin oldidan, har bir partiya oldidan o‘yinchilarning maydondagi joylashuvini nazorat qilib turadi. O‘yin vaqtida hushtak chaladi va ishora bilan quyidagilar bo‘yicha qaror qabul qiladi: o‘yinchi maydon va to‘r ostidan raqib tomoniga o‘tib ketganda; o‘yinga kiritilayotgan to‘pni qabul qiluvchi jamoa joylashuvda xatoga yo‘l qo‘yganda; o‘zi joylashgan tomon yaqinida o‘yinchi to‘rga va chegaralovchi antennaga tegib ketganda; orqa chiziq o‘yinchisi yoki “Libero” to‘siq qo‘yganda; o‘yinchi to‘rning pastki qismiga tegib ketganda.
Kotib. Kotib o‘z faoliyatini yuritish uchun birinchi hakam qarshisidagi ustun ortida (ikkinchi hakam orqasida) joylashadi. Kotib quyidagi vazifalarni bajaradi: o‘yin bayonnomasiga o‘yin va jamoa haqidagi ma’lumotlarni yozadi; yig‘ilgan ochkolar, tanaffuslar, o‘yinchilarni almashtirish; jazo choralari, to‘pni o‘yinga kiritish navbatlarini yozib boradi va nazorat qiladi; yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar buzilganda, ikkinchi hakamga xabar qiladi.
Chiziq hakamlari. Chiziq hakamlari (4 ta bo‘lganda) maydonning har bir burchagidan 1-3 m uzoqlikda joylashadilar va o‘z chiziqlarini nazorat qiladilar. Agar o‘yinda 2 ta chiziq hakami ishtirok etsa, ular maydon burchaklaridan 1-2m uzoqlikda bir-biriga diagonal holatda joylashadilar. Ular yon va orqa chiziqlarni o‘z tomonlaridan nazorat qiladilar. Chiziq hakamlari qo‘llaridagi bayroqchalarni harakatlantirib, quyidagilarni ifodalaydilar: to‘p maydonga yoki chiziq ustiga tushsa, bayroqni pastga (maydonni ko‘rsatib) tushiradilar, to‘p maydon tashqarisiga tushsa yoki chegaralovchi antenna tashqarisidan o‘tsa, bayroqni yuqoriga ko‘taradilar.
Voleybol qoidalarining barchasini ushbu kitobda yoritish mumkin emas, lekin biz eng asosiy holatlar ustidagina to‘xtab o‘tdik. Yuqoridagi materialni o‘zlashtirishda “Voleybolning rasmiy qoidalari” qo‘llanmasidan foydalanish zarur boladi.
Voleybol bo‘yicha musobaqalar o‘quv-mashg‘ulotishlarining asosiy qismidir. Ular mashg‘ulotlardagi jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlik samarasini ko‘rsatib beruvchi yakuniy ko‘rsatkich bo‘lib ham hisoblanadi. Musobaqalar tasdiqlangan taqvimiy reja asosida o‘tkaziladi.Sport musobaqalari sportchini tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. Voleybol bo‘yicha musobaqalar oldiga qo‘ygan vazifalariga ko‘ra quyidagi turkumlarga bo‘linadi: chempionatlar, kuboklar, saralash va yordamchi musobaqalar (tayyorlov, nazorat va boshqalar).
Chempionat va kubok musobaqalari – eng asosiy musobaqalar bo‘lib, bu musobaqalarda eng kuchli jamoalar aniqlanadi. Bu musobaqalar ko‘lami turlicha bo‘ladi: jahon, qit’a, mamlakat, viloyat; shahar miqyosidagi va boshqalar.Saralash musobaqalari o‘z maqsadi va vazifasiga ko‘ra asosiy musobaqalarning keyingi bosqichiga chiqish yoki malakali o‘yinchilarni ma’lum bir jamoa tarkibiga qabul qilishni nazarda tutadi.Yordamchi musobaqalar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ko‘rgazmali musobaqalar – voleybolni ommaviylashtirish va targ‘ib qilish maqsadida tashkil etiladi. Ular ommaviy sport bayramlarida, o‘quv yurtlarida, tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi. Qisqartirilgan musobaqalar (blits turnirlar) –g‘olibni aniqlash uchun qisqartirilgan partiyalar bilan o‘tkaziladi. Bunday musobaqalar bayram kunlarida, sport mavsumlarining ochilishida tashkil qilinadi.
Tasnif musobaqalari – sport tayyorgarligi darajasini aniqlash va sport tasniflarini (razryadlar) berish maqsadida tashkil qilinadi.
Tenglashtiruvchi musobaqalarning asosiy vazifasi – kuchli raqib jamoasi bilan uchrashishga imkon berish maqsadida kichik tasnifdagi sportchilarning o‘sishini rag‘batlantirishdan iborat.
Nazorat va tayyorlov musobaqalari – jamoa va alohida o‘yinchilarning oldindagi rasmiy musobaqalarga tayyorgarlik holatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.Mashg‘ulot jarayonida tayyorlov va nazorat musobaqalari katta o‘rinni egallaydi.
Yordamchi musobaqalar – asosan tayyorlov va musobaqa davrlarining yarmida rejalashtiriladi. Tanlov va asosiy musobaqalar ko‘pincha bir yilda 2-3 marotaba o‘tkaziladi. Turli xil musobaqalarning ahamiyati va o‘rni ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichiga bog‘liq bo‘ladi.Shunday qilib, boshlang‘ich bosqichlarda faqat tayyorlov va nazorat musobaqalari rejalashtiriladi va o‘tkaziladi.Sportchilar malakasining o‘sib borishiga qarab, keyingi ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichida musobaqalar soni ortib boradi, musobaqa davriga tanlov va asosiy musobaqalar kiritiladi. Musobaqalar sportchi tayyorgarlik darajasining asosiy nazorat shakli bo‘libgina qolmay, balki sport mahoratini takomillashtirishning zarur omili hamdir.
Musobaqalarni rejalashtirganda tayyorgarlikning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Birinchidan, musobaqalar shunday tanlanishi kerakki, ularning yo‘nalishi, qiyinchilik darajasi ko‘p yillik tayyorgarlikning tuzilishi, vazifasi bilan qat’iy mos kelsin. Ikkinchidan, agar sportchi uni o‘zining jismoniy, texnik-taktik va psixologik qobiliyatiga qo‘yilgan vazifalarni yecha oladigan bo‘lsa, musobaqalarga jalb qilsin. Uchinchidan, musobaqa va mashg‘ulot amaliyotini rejalashtirish kerak, ayniqsa, tayyorgarlik jarayoni samarali amalga oshishi va sportchi tanlov hamda asosiy musobaqalarda o‘z imkoniyatini ochib berishi zarur. To‘rtinchidan, musobaqalar dasturi va qatnashuvchilar tarkibi kuchli raqobat muhitini ta’minlashi kerak.
2.3.4. O‘yin inshootlari va uskunalari
Dostları ilə paylaş: |