Reja: Hakamlar deyilganda katta hakam va hakam tushuniladi



Yüklə 24,31 Kb.
tarix01.05.2023
ölçüsü24,31 Kb.
#105536
16 mustaqil ish


Sport o’yinlarida hakamlik qilish
Reja:

  1. Hakamlar deyilganda katta hakam va hakam tushuniladi.

  2. Katta hakamning vazifalari va huquqlari.

  3. Hakamlar qaror qabul qilish vaqti va o`rni.

Hakamlar deyilganda katta hakam va hakam tushuniladi.


Ularga soniya hisoblovchi, kotib va 24 soniya operatori yordam beradilar. Shuningdek, texnik komissar ham qatnashishi mumkin. Hakamlar va ularning yordamchilari o`yinni qoidalarga va bu qoidalarni FIBAning rasmiy talqiniga muvofiq o`tkazishlari kerak. Aniq bir o`yinning katta hakami va hakami yetarli darajada chuqur bilimli hamda odil bo`lishlari, maydonda qatnashayotgan jamoaga qarashli biron-bir tashkilot bilan sira ham bog‘liq bo`lmasliklari zarur. Hakamlar, ularning yordamchilari yoki texnik komissar o`yin qoidalarini o`zgartirishga rozilik berishga haqqilari yo`q. Hakamlar qora basketbol poyafzali, uzun kulrang shim va kulrang ko`ylakdan iborat sport kiyimini kiyishlari shart.
Katta hakamning vazifalari va huquqlari.
Katta hakam barcha jihoz va asboblarni tekshirish hamda tasdiqlashi kerak. Shu bilan birga u stol atrofida o`tiradigan hakamlar va ularning yordamchilari tomonidan 21 foydalaniladigan barcha signallarni tekshiradi va tasdiqlaydi. U o`yinning rasmiy soatini tanlaydi va shu soat operatori, shuningdek, kotib va 24 soniya operatori bilan tanishadi. U o`yinchilarga boshqa o`yinchilar sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo`lgan narsalarni taqib chiqishlariga ruxsat bermasligi kerak. Katta hakam maydon markazidagi doirada to`pni yuqoriga otib, o`yinni boshlab beradi. Agar to`p savatga tushgan yoki tushmaganligi borasida hakamlarning fikrlari qarama-qarshi bo`lsa, bunday hollarda katta hakamning o`zi masalani qat’iy hal qiladi. U zarur bo`lgan sharoitda o`yinni to`xtatib qo`yishga haqli, shuningdek, agar jamoa katta hakamning ko`rsatmasidan keyin ham o`yinda qatnashishdan bosh tortsa yoki jamoa o`z xatti-harakatlari bilan o`yinni davom ettirilishiga qarshilik ko`rsatayotgan bo`lsa, bunda hakam, jamoa o`yinni davom ettirilishiga qarshilik ko`rsatayotgan bo`lsa, bunda hakam, jamoa o`yinni davom ettirish huquqidan mahrum etilganligi sababli mag‘lubiyatga uchradi, deb belgilashi mumkin. Kotib va soniya hisoblovchi ba’zi bir masalalarni yechishda bir fikrga kela olmagan paytlarida ham katta hakam qaror chiqarishni o`z zimmasiga oladi. Katta hakam o`yinning har ikkala yarmidan so`ng va har bir qo`shimcha davrlar yakunida yoki zarur deb topsa, xohlagan vaqtda qaydnomani sinchiklab tekshiradi, hisobni va o`yin oxirigacha qolgan vaqtni tasdiqlaydi. Hakamlarning o`yin bilan bo`lgan bog‘liqliklari o`yin oxirida qaydnomani tasdiqlash bilan tugaydi. Qoidalarda zikr etilmagan savollar tug‘ilib qolsa, katta hakamning bunday savollarni hal etishga haqqi bor.
Maydondagi hakamlar vazifalari.
Hakamlar hushtak chalishga va bir vaqtning o`zida ishora (5 raqami yoki 19 raqami) yordamida soat to`xtatilishini ko`rsatishga majburlar. Shundan so`ng, ular o`zlarining qarorlarini tushuntirish maqsadida barcha ishoralarni namoyish qiladilar. To`p o`yin jarayonida maydondan yoki jarima to`pi tashlangandan so`ng savatga tushsa, hakamlar hushtak chalmasliklari kerak, ammo to`p tushganligini ishora (1 raqami yoki 3 raqami) yordamida aniq ko`rsatishlari shart. Agar qabul qilingan qarorni tushuntirish maqsadida og‘zaki muloqot zarur bo`lsa, unda barcha halqaro musobaqalarda bunday tushuntirishlar ingliz tilida olib borilishi lozim. Har bir foldan yoki bahsli to`p otishga qaror qilgandan so`ng hakamlar maydonda o`z joylarini almashtiradilar. O`yin davomida texnik komissarning vazifasi birinchi navbatda, stol atrofida o`tirgan hakamlarning ishlarini kuzatishdan hamda katta hakam va hakamga o`yinni xotirjamlik bilan o`tkazishlariga yordam berishdan iborat.
Hakamlar qaror qabul qilish vaqti va o`rni.
Hakamlar xoh maydon ichida, xoh tashqarida sodir qilingan qoidabuzarliklar bo`yicha qaror chiqarish huquqiga egalar. Bu huquq ular maydonga o`yin boshlanishidan 20 daqiqa oldin chiqqanlaridan boshlab kuchga kiradi va katta hakam tomonidan tasdiqlangan o`yin vaqti tamom bo`lishi bilan tugaydi. Agar o`yin vaqti tugashi va qaydnomaga qo`l qo`yilishi orasida o`yinchilar, murabbiylar, murabbiy yordamchilari yoki jamoa hamrohlarining sportchilarga nomunosib bo`lgan harakatlari kuzatilsa, katta hakam noxush hodisa ro`y berganligi to`g‘risida qaydnomaga yozib qo`yishi shart va bu haqdagi hisobot ma’sul tashkilotga yetkazilishiga, bu tashkilot sodir bo`lgan hodisaga qattiqqo`llik bilan chora ko`rishiga ishonch hosil qilishi zarur. Agar hakam o`zining belgilangan majburiyatlari chegarasida qaror chiqarsa, qoidalarda ko`zda tutilganidek, hech qaysi bir boshqa hakam uning qarorini o`zgartirishga yoki shubha ostiga olishiga haqli emas.
Kotibning vazifalari.
Kotib to`planayotgan ochkolar yig‘indisini ketma-ket tartibda qo`shib borishi shart. U maydondan va jarima to`plari tashlanganda savatga tushgan yoki tushmagan to`plarni qayd qilib borishi kerak. Kotib har bir o`yinchiga belgilangan shaxsiy yoki texnik follarni ro`yxatga oladi va o`yinchilarning birortasiga beshinchi fol belgilangan vaqtda, zudlik bilan katta hakamga bu haqida xabar qiladi. U har bir jamoa iltimosi bilan olingan bir daqiqali tanaffuslarni qayd qilib boradi, murabbiy o`yinning har bir yarmida ikkinchi tanaffus olganida, uni hakam orqali bu haqda ogoh qiladi. Shuningdek, raqamlar yozilgan ko`rsatkichlardan foydalanib, har bir o`yinchi tomonidan sodir qilingan follarning sonini ko`rsatib boradi. Kotib o`yinni boshlab beradigan o`yinchilarning va o`yinga tushadigan barcha zahiradagi o`yinchilarning familiyalari va raqamlarini ro`yxatga oladi. Jamoa tarkibi, o`yinchilarning raqamlari va zahiradagi o`yinchilar haqidagi ro`yxatni topshirishga taalluqli qoidalar buzilgan vaqtda, kotib tezda yaqin turgan hakamga bu haqda xabar qiladi. Kotib signalining tovushi o`yin soatini yoki o`yinni to`xtatmaydi, to`pni jonsiz holatga o`tishga majbur qilmaydi. Kotib signal berishda juda hushyor bo`lishi kerak. Signal faqat to`p jonsiz deb hisoblangan hamda o`yin soati to`xtatilgan vaqtda va to`p o`yinga qayta kiritilishidan oldin berilishi kerak. Eng muhimi, kotib signalining tovushi qolgan boshqa signallarning tovushidan ajralib turishi lozim.
Soniya hisoblovchining vazifalari.
Soniya hisoblovchi o`yinning har bir yarmini boshlanish vaqtini kuzatadi va o`yin boshlanishidan kamida uch daqiqa oldin katta hakamni bu haqda ogohlantiradi. Katta hakam o`z navbatida o`yinga tayyorlanayotgan jamoalarga o`yin yarmi boshlanishiga 3 daqiqa vaqt qolganligi haqida xabar beradi. Soniya hisoblovchi, ushbu qoidalarda ko`zda tutilganidek, o`yin vaqtini va o`yinda bo`lgan to`xtalishlar vaqtini hisobga olib boradi. Soniya hisoblovchining signali to`pni jonsiz holatga o`tishga majbur qiladi, o`yin soati esa to`xtatiladi. 23 Talab qilib olingan tanaffusda soniya hisoblovchi soniya hisoblagichni yurg‘izib qo`yadi va kotibga tanaffus boshlanganidan 50 soniya o`tganidan so`ng signal berishni tavsiya qiladi. Soniya hisoblovchi juda baland tovushli signal orqali o`yinning har ikkala yarmi yoki qo`shimcha vaqt tugaganligi to`g‘risida xabar beradi. Agar soniya hisoblovchining signali chalinmay qolsa yoki yaxshi eshitilmasa, soniya hisoblovchi katta hakamni xabardor qilish uchun zudlik bilan boshqa imkoniyatlardan foydalanishi kerak. Agar shu paytda to`p savatga tushgan bo`lsa yoki fol qayd qilingan bo`lsa, lekin katta hakam savatga tushgan to`pni hisoblash-hisoblamaslik yoki fol uchun jazo belgilash-belgilamaslik masalalarida ikkilanayotgan bo`lsa, unda u hakam bilan maslahatlashishi lozim. Agar shundan keyin ham muzokaralarning davom ettirilishi zarur bo`lsa, katta hakam soniya hisoblovchi va kotib bilan bir qatorda, texnik komissar bilan ham (agar u ishtirok etayotgan bo`lsa) maslahatlashishi kerak. Biroq qat’iy hukmni katta hakam chiqaradi.
24 soniya operatorining vazifalari.
24 soniya moslamasini yoki soatni boshqarib turadi. 24 soniya operatorining signali to`pni jonsiz holatga o`tishga majbur qiladi va o`yin soati to`xtatiladi. O`yinchi maydonda jonli to`p ustidan nazorat qilayotgan daqiqadan boshlab, 24 soniyali moslama operator tomonidan iloji boricha tezroq ishga solinishi kerak. Jamoa to`p ustidan nazorat qilishni yo`qotishi bilan, ya’ni: a) to`pni savatga tashlashga urinish bo`lganda va keyin to`p tashlagan o`yinchining qo`liga qaytib tegmagan paytda yoki; b) to`p ustidan nazoratni raqib jamoasining o`yinchisi to`xtatib qo`ygan paytda yoki; v) to`p jonsiz holatga o`tgan paytda moslama tezda to`xtatilishi shart. Moslama 24 soniyaga qaytarib qo`yilishi va keyingi safar maydondagi o`yinchining to`p ustidan nazorati tiklanishi bilanoq, yangi 24 soniyali vaqt boshlangan paytda yana yoqilishi kerak. Biroq: a) to`p maydon tashqarisiga chiqib ketganda va to`pni o`yinga kiritish bundan oldin to`pni nazorat qilib turgan jamoa o`yinchisi tomonidan amalga oshirilganda yoki; b) hakamlar jarohatlangan o`yinchini himoya qilish uchun o`yinni to`xtatganlarida va to`pni o`yinga kiritish jabrlangan o`yinchi qatnashayotgan jamoaning boshqa o`yinchisi tomonidan amalga oshirilganda, yangi 24 soniyali vaqt to`pni maydonning yon chiziqlari tashqarisidan o`yinga kiritish bilan boshlanmaydi. Bunday hollarda to`p o`yinga kiritilganidan so`ng shu jamoaning o`yinchisi to`p ustidan nazorat qila boshlagan paytda, 24 soniya operatori, moslama qachon to`xtatilgan bo`lsa, shu vaqtdan boshlab uni ishga soladi. Agar to`pni nazorat qilib turgan jamoa o`yinchilari 24 soniya davomida to`pni savatga tashlamasalar, unda 24 soniya signali chalinadi. O`yin oldidan bajariladigan tadbirlar. O`yinchi almashtirishni tez amalga oshirishni ta’minlash maqsadida jamoa o`rindiqlarini va almashtiriluvchilar uchun 24 o`rindiqlarni quyidagicha joylashtirish tavsiya qilinadi. Bunday joylashtirish FIBA tomonidan yoki FIBA nomidan tashkil qilinadigan barcha o`yinlar uchun majburiy bo`lib hisoblanadi. Kotib va zahiradagi o`yinchilar o`rindiqlari.
1. Ikki ochko (bir ochko - bir barmoq)Panja harakati orqali ko`tarish va tushirish
2. 3 ochkoli to`p tashlashga urinish3 barmoq ko`rsatiladi (katta, ko`rsatkich, o`rta)
3. Muvaffaqiyatli bajarilgan 3 ochkoli to`p 3 barmoq ko`rsatiladi (katta, ko`rsatkich, o`rta)
4. Tashlangan to`p hisoblanmaydi, o`yin harakati hisoblanmaydi Gavda oldida qo`llarni yozish
5. Soatni to`xtatish yoki o`yin soatini ishga solmaslik Kaft ko`tariladi, barmoqlar birga
6. O`yin vaqti ishga tushirilsin Ochiq kaftli qo`l bilan yuqoriga va pastga harakatlantirish
7. O`yinchini almashtirish Ko`krak oldida qo`llarni chalishtirish
8. O`yinda talab qilib olingan tanaffus Kaft va barmoq “t” hosil qiladi
9. To`p bilan harakatlanayotganda qoida buzilishi Ikkala qo`l mushtini o`zaro aylantirish
10. To`pni noto`g‘ri olib yurish Qo`llarni tepagapastga harakatlantirish
11. 3 soniya qoidasining buzilishi Qo`lni oysimon harakatlantirish
12. To`pni ushlab qolish Kaftni oldinga yarim doira Shaklida aylantirish
13. 5 soniya yoki 10 soniya qoidasining buzilishi10 soniya uchun 2 qo`l ishlatiladi
14. To`pning orqa zonaga qqaytarqilishi Barmoqni burib ko`rsatish
15. Oyoqq bilan ataylab o`ynash Barmoq bilan oyoq ko`rsatiladi
16. 30 soniya qoidasining buzilishi Barmoqlar yelkaga tegadi
17. 30 soniyani yangidan hisoblash Barmoqni aylantirish
18. Bahsli to`p Katta barmoqlar ko`tariladi
19. Fol paytida soatlarni to`xtatish Qo`l musht qilib siqilgan, kaft bel darajasida qoida buzgan o`yinchi tomonga yo`naltirilgan
20. Jarima to`plarisiz belgilangan Shaxsiy fol Barmoq yon chiziq tomonni ko`rsatadi
21. Qoida buzuvchini belgilash uchun O`yinchi raqamini ko`rsatish
22. Ushlab qolish Bilakni siqib ushlash
23. To`psiz itarib yuborish yoki to`qnashish Itarib yuborishni imo-ishora bilan ko`rsatish
24. Qo`llar bilan noto`g‘ri o`ynash Panja bilan bilakni qurish
25. Qurshab olish(hujumda va himoyada) Ikkala qo`l bilan
26. Tirsaklarni haddan tashqari yozib yuborish Tirsaklarni yonga va orqaga harakatlantirish
27. To`pli o`yinchining raqib bilan to`qnashishi (zo`ravonlik qilib o`tish) Ochiq kaftga musht bilan qurish
Yüklə 24,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin