1 umumiy o ‘rta ta’limning milliy o‘ quv dasturi loyihasi



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/121
tarix28.09.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150121
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121
Лойиҳа


34 
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi 
aniqlash va hosil qilishda foydalanish. 
f) Turli surat va maxrajga ega ikkita kasrni taqqoslash, masalan umumiy 
maxraj yoki suratga keltirish orqali yoki ½ kabi andoza sifatida olingan 
kasrga taqqoslash orqali. Taqqoslashlar faqat ikkala kasr ham bitta 
butun sonni nazarda tutgan holdagina haqiqiy bo‘lishini tushunish. 
Taqqoslash natijalarini >, = yoki < belgilari yordamida qayd etish va 
kasrlarning ko‘rgazmali modelidan foydalanib xulosalarni asoslash. 
g) 
a > 1 bo‘lganda, a/b kasrni a ta 1/b kasrlarining yig‘indisi sifatida 
tushunish; 
h) 
Kasrlarni qo‘shish va ayirishni ayni bir butun jismning qismlarini mos 
ravishda birlashtirish va ajratish sifatida tushunish. 
i) 
Kasrni bir necha usul bilan bir xil maxrajga ega kasrlar yig‘indisiga 
ajratish; Tenglik yordamida har bir ajralgan qismni qayd etish. Ajralgan 
qismlarni masalan kasrlarning ko‘rgazmali modelidan foydalanib asoslab 
berish. Misollar: 3/8 = 1/8 + 1/8 + 1/8; 3/8 = 1/8 + 2/8;
j) 
2 1/8 = 1 + 1 + 1/8 = 8/8 + 8/8 + 1/8. 
k) 
Bir xil maxrajga ega aralash sonlarni qo‘shish va ayirish. Masalan, har 
bir aralash sonni o‘zaro teng bo‘lgan kasr sonlarga almashtirish orqali va 
/ yoki amallar xossalari, qo‘shish va ayirish o‘rtasidagi munosbatlardan 
foydalanish orqali qo
‘shish va ayirish; 
l) 
Bir butun songa tegishli va bir xil maxrajga ega kasrlarni qo‘shish va 
ayirishga doir matnli masalalarni yechish. Xususan, kasrlarning 
ko‘rgazmali modelidan va tengliklardan foydalanish orqali masalani 
yechish jarayonini namoyish etish; 
m) 
Kasrni butun songa ko‘paytirish uchun ko‘paytirishga doir oldingi 
tushunchalarni qo‘llash va kengaytirish. 
n) 
a/b ni 1/b ning a ga ko‘paytmasi sifatida tushunish. Masalan, 5/4 ni 5 × 
(1/4) ning ko‘paytmasi sifatida namoyish etish uchun kasrlarning 
ko‘rgazmali modelidan foydalanish va xulosani 5/4 = 5 × (1/4) tenglik 
ko‘rinishida qayd etish.
o) 
a/b kasrni a ning 1/b ga ko‘paytmasi sifatida tushunish va bu 
tushunchadan kasrni butun songa ko‘paytirishda foydalanish. Masalan, 3 
× (2/5) ni 6 × (1/5) sifatida ifodalash uchun kasrlarning ko‘rgazmali 
modelidan foydalanish va ko‘paytma 6/5 bo‘lishini tushunish. (Umumiy 
holda, n × (a / b) = (n × a) / b). 
p) Kasr
ni butun songa ko‘paytirishga doir matnli masalalarni xususan, 
masalani taqdim etish uchun kasrlarning ko‘rgazmali modellaridan va 
tengliklardan foydalanish orqali yechish. Masalan, agar 5 kishilik 
ziyofatda har bir kishi bir kg qovurilgan mol go‘shtining 3/8 qismini yesa, 
necha kg qovurilgan mol go‘shti kerak bo‘ladi? Javob qaysi ikki butun 
son orasida bo‘ladi? 
q) Maxraji 
10 bo‘lgan kasrni maxraji 100 bo‘lgan kasr sifatida ifodalash va 
bu usuldan maxrajlari mos ravishda 10 va 100 bo‘lgan ikkita kasrni 
qo‘shishda foydalanish.4 Masalan, 3/10 ni 30/100 sifatida ifodalash va 
3/10 + 4/100 ni qo‘shib = 34/100 ni hosil qilish. 
r) 1
0 yoki 100 maxrajlarga ega kasrlar uchun o‘nli tizimdan foydalanish. 
Masalan, 62/100 ni 0,62 sifatida qayta yozish. Uzunlikni 0,62 metr 
sifa
tida ifodalash, 0,62 ni sonlar o‘qida tasvirlash;
s) 
Ikkita o‘nli kasrni ularning qiymatlari haqida fikrlash orqali yuzliklar bilan 
taqqoslash. Taqqoslashlar faqat ikkita o‘nli kasr ayni bir butun songa 
tegishli bo‘lgandagina to‘g‘ri bo‘lishini anglash. Taqqoslash natijalarini >, 
= yoki < belgilari orqali qayd etish va kasrlarning ko‘rgazmali 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin