41
umumiy o
‘rta ta’limning milliy o‘
quv dasturi loyihasi
o‘zlari qiziqqan fani yoki ta’lim sohasidan faqat bitta loyiha ishini bajarishlari
tavsiya etiladi. Loyiha ishi mavzula
ri o‘qituvchilar tomonidan bitta yoki bir
necha o‘quv fanlari doirasida muammoli vaziyat yoki keys sifatida
tanlanadi. Loyiha ishi uchun ajratilgan soatlarda o‘qituvchi: boshida loyiha
ishi mavzularini o‘quvchilar orasida taqsimlaydi, ularni bajarish uchun
yo‘riqnomalar va maslahatlar beradi. So‘ng tayyor loyiha ishlaridan
namunalar keltiradi, o‘quvchilarning loyiha ishini bajarishi davomida yuzaga
kelgan savollariga javob beradi hamda oxirida loyiha ishi himoyasini
o‘tkazadi.
Loyiha ishi mavzusi ustida o‘quvchilar alohida-alohida yoki
qiziqishlariga qarab 3-
4 kishilik guruh bo‘lib ishlashlari ham mumkin. Bunda
guruhiy ishga ko‘proq urg‘u bergan ma’qul. Loyiha ishi o‘quv yili oxirida
o‘tkaziladigan himoya bilan tugaydi. Himoyani bitta yoki bir necha o‘quv
f
anlari doirasida konferensiya tarzida o‘tkazilishi mumkin. Loyiha ishi
mavzusi ustida o‘quvchilarning individual yoki guruhiy ishi quyidagi o‘quv
faoliyatlarni o
‘z ichiga olishi mumkin: o‘z izlanish faoliyatlarini rejalashtirish,
vazifalarni o‘zaro taqsimlab olish, oldilariga o‘quv maqsadlarini qo‘yish,
kerakli ma’lumotlarni izlab topish, mavzuga doir muammoli vaziyat
yechimlarini qidirish, ulardan eng maqbulini tanlash va uni asoslash, zarur
hollarda so‘rovlar yoki tajribalar o‘tkazish, loyiha ishi natijalari bo‘yicha
hisobot tayyorlash, o‘z faoliyatlarini tahlil qilish va baholash, loyiha ishi
himoyasi uchun taqdimot tayyorlash va uni himoya qilish. Bu faoliyatlar mos
fan doirasida ajratilgan soatlar hisobidan amalga oshiriladi. O‘quvchilar
loyiha ishi mua
mmosi bo‘yicha izlanishlarini odatda darsdan tashqari
mustaqil mashg‘ulotlarda olib borishadi. Turli fanlardan dars soatlari sifatida
ajratilgan
mashg‘ulotlarda
esa
ular
maslahatlarni
tegishli
fan
o‘qituvchilaridan olishadi, hisob-kitoblarni matematika darslarida, taqdimot
slaydlarini informatika darslarida bajarishadi, xullas bu soatlarda o‘z
mavzulari bo‘yicha guruh bo‘lib ishlashadi hamda boshqa guruh ishlari
bilan tanishishadi.
Shuningdek, dasturga har bir nazorat ishidan keyin xatolar ustida
ishlash s
oatlari ham kiritildi. O‘qituvchi xatolar ustida ishlash darsida
nazorat ishi natijalariga ko‘ra o‘quvchilarda aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf
etish maqsadida
xatolarni tushuntiradi, o‘quvchilar esa nazorat ishida
berilgan topshiriqlarga o‘xshash topshiriqlarni yechadi va xulosalar
chiqaradi.
Har bir sinf oxirida takrorlash uchun soatlar ham belgilangan bo‘lib, bu
soatlardan nafaqat takrorlash, balki u yoki bu b
obni o‘rganish uchun
qo‘shimcha soatlar sifatida ham foydalanish mumkin.
Mazkur o‘quv dasturi asosida matematika darslarini tashkil qilishda
nazariyadan ko‘ra ko‘proq amaliyotga e’tibor berish hamda o‘quvchilarga
tayyor o‘quv materiallarini berishga asoslangan yondashuvdan ma’lum
darajada voz kechish talab qilinadi. Matematika darslarida ko‘proq keys,
tadqiqot, loyiha, kichik o‘quv kashfiyotlari kabi interaktiv metodlardan
Dostları ilə paylaş: