1. Texnologik qismi


Sun’iy yoritish manbalari



Yüklə 339,3 Kb.
səhifə18/21
tarix20.11.2023
ölçüsü339,3 Kb.
#164437
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Asat lotin (2)

Sun’iy yoritish manbalari
Yorug’lik manbalarini tanlashda va ularni bir-birlariga solishtirishda, ularning quyidagitavsiflaridan foydalaniladi:
1) elektrotexnika tavsifi (uning nominal kuchlanishi va quvvati);
2) yorug’lik texnikasi tavsifi (lampa nurlantirayotgan nur oqimi, maksimal yorug’lik kuchi);
3) iqtisodiy va ishlatish tavsiflari: lampaning nur berishi lm/Vt bilan o’lchanib, lampadan kelayotgan nur oqimining uning elektr quvvatiga nisbatidan iborat. Lampaning xizmat qilish davri,ikkita davrdan: 1) umumiy ishlatish davri (uning yondirilgan vaqtidan boshlab to kuygunga qadarishlash davri) va 2) lampaning foydali xizmat davri (bunda lampa o’z nur berish qobiliyatining 20%-ini yo’qotgan holda hali ishlatish uchun yaroqli holati hisobga olinadi) iborat.
Magnit maydonidan muhofazalanish
Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta’siri elektr va magnit maydonlariningkuchlanishi, energiya oqimining intensivligi tebranish chastotasi, nurlanishning tananing ma’lumyuzasida to’planishi va inson organizmining shaxsiy xususiyatlariga bog’liq bo’ladi.


  1. EKOLOGIK QISMI


Atrof muhit muhofazasi. Vatanimizning mustaqillikga erishishi ekologiya muammolarini hal qilish, insonning tabiatga bo’lgan munosabatini yangi bosqichga ko’tarish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda tabiatni muhofaza qilish masalasi tinchlikni saqlashdan keyingi o’rinda turadigan eng muhim muammolardan biridir. Atrofimizdagi tabiat millionlab yillar davomida yuzaga kelgan hamda o’zining murakkab qonunlariga rioya qilgan holda yashaydi. Ana shu tabiat bilan inson o’rtasida murakkab muvozanat mavjud.
O’zbekiston Respublikasining azaldan tabiatiniyeg go’zalligi bilan olamga mashhur, bulganda bu hududda qadimdan chorvachilik, dehqonchilik, sug’orish, inshootlarni qurish, baliqchilik, ipakchilik, paxtachilik rivojlangan. Ajdodlarimiz o’zlari yashagan maskanni bosqinchilardan himoya qilganlar, uning tabiatini asrab avaylaganlar doim avlodlarga ozod va obod Vatanni qoldirish uchun harakat qilganlar. Ular o’zlarini tabiatni farzandi deb bilganlar. Mahmud Qoshg’ariy, Beruniy, Ibn sino, Boburlarning asarlarida atrof muhitga bo’lgan munosabat o’z aksini topgan.
Chet ellik olimlar tarafidan "Ekologiya" tushunchasi fanga kiritilgan bo’lsada, bobolarimiz bu tushunchani ancha ilgari angladilar, uni o’z turmush va faoliyatlarini mohiyatiga aylantirgan edilar. Ya’ni suvga axlat tashlamaslik, farzand tug’ilgandan nihol o’tqazish, xazon yoqmaslik kabi bu ishlar o’sha davrdagi keng tarqalgan udumlarimizdan hisoblanadi.
Allomalarimiz tabiatdagi mavjud muvozanatni buzmaslikga katta etibor berganlarki, bugungi kunga kelib bunday qarash ekologiya tushunchasini asosiga aylangan.
Tabiatni asrab - avaylash, mamlakatni go’zal bog’ga aylantirish ham buyuk bobomiz Amir Temur zamonidaham katta etibor kasb etgan edi. Buyuk sohibqiron bobomiz tabiatni inson hayotida katta o’rin tutishini yaxshi bilgan, tabiatni muvozanatini saqlash lozimligini ta’kidlab kelgan.
Hozirgi kunda atrof muhitni saqlash eng dolzarb masalalardan biridir. Duyoning barcha mintaqalarida yirik sanoat, markazlari transport vositalari atrof - muhitni ifloslantirayotganini dengiz, va okean zaxarlanayotgani hayvonot va o’simliklar olamidagi turlarning tobora kamayib borayotgani sir emas.
Polimer materiallarga mexanik ishlov berganda chang hosil bo’lishi balan bir vaqtda ishlov berilayotgan material tarkibiga kiruvchi har xil kimyoviy moddalar va birikmalar ( fenol, farmaddegid, stirol va boshqalar)ning bug’lari ajraladi.

Yüklə 339,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin