1. Shponkali birikmalar. Prizmatik shponkalar. Ponasimon shponkalar


–shakl. Prizmatik shponkani hisoblashga doir sxema



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə2/4
tarix30.11.2022
ölçüsü1,7 Mb.
#71328
1   2   3   4
4 (4)

56 –shakl. Prizmatik shponkani hisoblashga doir sxema.

; (97)


; (98)
bu yerda h – shponka ko’ndalang kesismning balandligi; lh - shponkaning hisobiy uzunligi; d – valning diametri; T – burovchi moment, b – shponkaning eni.
Odatda, shponkaning o’lchamlari va diametriga qarab, jadvallarga tanlanadi, uzunligi esa gupchak teshigining uzunligiga bog’liq ravishda (0,8… 0,9)l gup qilib olinadi va mustahkamligi yuqorida keltirilgan formulalar vositasida tekshirilib ko’riladi.
Shponkalarning GOST da keltirilgan o’lchamlari ( b va h) shunday tanlanganki, ularning kesilishi kamdan-kam sodir bo’ladi. Shuning uchun, prizmatik shponkalarni foydalaniladigan xollarda ularning (97) formula asosida hisoblash asosida kifoyalansa bo’ladi. Ishlash prinsipi yuqoridagi o’xshash yana bir necha xil shponkani uchratish mumkin. Segmentsimon (57-shakl) va silindrik (58-shakl) shponkalar shular jumlasidandir.
Valning segmentsimon shponka uchun mo’ljallangan uyig’i diskaviy freza bilan kesiladi. Bu esa boshqa xollardagiga qaraganda ancha qulay.


57 – shakl. Segment shponkani 58 – shakl. Silindrik shponka
hisoblashga doir sxema vositasida biriktirish

Ammo o’yiq bo’lganligi uchun valning mustahkamligi pasayadi. Shu sababli, segmentsimon shponkalar valning diometri uncha katta bo’lmagan (d mm bulgan) va kichik burovchi momentlarni uzatish lozim bo’lgan xollardagina ishlatiladi. Bunday shponkalarning mustahkamligini quyidagi formula yordamida baholanadi:


. (99)
Detallar vallarning uchiga o’rnatiladigan xollarda silindrik shponkalarda foydalanish mumkin. Ular uchun kerak bo’lgan teshik avval parmalash, so’ngra esa unga ishlov berish yo’li bilan tayyorlanadi. Shuni nazarda o’tish kerakki, bitta uzun shponka ishlatishdan ko’ra ikkita yoki uchta kalta shponka ishlatgan ma`qul.
Silindrik shponka o’yiqqa ma`lum darajada tigizlik bilan o’rnatiladi. Ayrim xollarda silindrik shponka kesik konus shaklida qilib tayyorlanadi.
Silindrik shponkalarning mustahkamligi quyidagi formula yordamida baholanadi:
, (100)
bu yerda dsh shponkaning diametri; d – valning diametri.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin