zamonlarda yashagan odamlar qanday kasalliklar bilan og'riganlar va
qanday usullar bilan davolanganliklarini ko‘rsatuvchi juda ko‘p ashyoviy
dalillar topilgan. Shu dalillar asosida biz uzoq o‘tmishning ayrim davrlarida
tibbiyot qanday darajada rivojlanganligini bilib olishimiz mumkin.
QADIMGI MISR TIBBIYOTI
Qadimgi Misr madaniy hayot, ilm-fanning rivojlanishi jihatidan boshqa Sharq mamlakatlariga nisbatan yetakchi o‘rin egallaydi. Misr tibbiyot sohasida ham eng qadimgi tarixga ega. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra, M isrda eramizdan oldingi to'rtinchi ming yillikdayoq birinchi tibbiv m askanlar bo'lgan. Xususan, eramizdan oldingi 3600-yilda Fili orolidagi Memfis shahrida afsonaviy tabib lmxoteb1 sharafiga maxsus ibodatxona qurilgan.