- bozor iqtisodiyoti sharoitida menejmentning asosiy usullarini o`rganish va amaliyotga tatbiq etish;
- menejment faoliyati sohasida kasbiy mahorat bilimlarini egallash;
- menejment tamoyillari, funksiyalari haqida tushuncha berish;
- menejment jarayonida kommunikatsiyalar va ulardan foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish;
- rahbarlik faoliyati bo`yicha kasbiy mahorat uslubi va madaniyati haqida bilim berish;
- O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida menejment tizimini o`rganish va tahlil qilish;
- xorijiy tajribalarni o`rganish, ulami taqqoslash asosida o`qitish, o`rgatish va b.
Menejmentning jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida ifodalanadi. Menejment vazifalari deganda boshqaruv bo`yicha ma`lum masalalarni hal etishga qaratilgan harakat yig`indisi tushuniladi.