-171-
4-SHO‘BA. YANGI O‘ZBEKISTON “UCHINCHI RENESSANS”
OSTONASIDA
Haydarov Yuldash Hazratovich
Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish hududiy markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi”
kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent
“UCHINCHI RENESSANS”NING MUSTAHKAM POYDEVORINI
YARATISHDA MUHIM OMIL
Annotatsiya:
Ushbu maqolada “Uchinchi Renessans” poydevorini yaratish
uchun zarar shart-sharoitlar xususida fikr yuritilgan. Zamonaviy O‘zbekistonda ilm-
fanning rivojlanish xususiyatlari to‘g‘risida mulohazalar bildirilgan.
Kalit
so‘zlar:
“Uchinchi
Renessans”,
Fanlar
Akademiyasi,
“yo‘l xaritasi”, innovatsiya, “Akademik harakatchanlik” dasturi, fan doktori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“
Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir
uyg‘onish – “Uchinchi Renessans” davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni
haqiqat bo‘ladi
[1.2]”. Uchinchi Renessansning mustahkam poydevorini yaratishda
xalqimizning jipsligi, birdamligi va fidoiyligi muhim rol o‘ynaydi.
“Uchinchi Renessans”ning mustahkam poydevorini yaratishda O‘zbekiston
ilm-fanining ham muhim o‘rni bor. Shu boisdan ham davlatimiz rahbarining
Prezident sifatidagi birinchi uchrashuvi 2016-yil 30-dekabrda
yurtimiz akademiklari
bilan bo‘lib o‘tgani ham bejiz emas.
Xabaringiz bor, o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalaridan O‘zbekiston ilm-fani
taraqqiyotida “muzlik” davri boshlangan edi. Bu holat 2017-yilga qadar davom etdi.
Buni quyidagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.
-172-
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligi oxirgi saylovlar 1995-yilda
o‘tkazilgan edi. Buning oqibatida o‘tgan davr mobaynida yurtimizda
akademiklarning soni 2 barobardan ko‘proqqa qisqarib, Fanlar akademiyasining atigi
63 nafar haqiqiy a’zosi qolgan edi xolos. Prezidentimizning 2017-yil 29-dekabrda
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Fanlar akademiyasining 32 nafar yangi
haqiqiy a’zolari saylandi.
Prezidentimizning
tashabbusi
bilan
Fanlar
akademiyasi tarkibiga 9 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi
qaytarildi va qator ilmiy
tashkilotlar qayta tashkil etildi. Fanlar akademiyasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha 3
ta bo‘limi va Navoiy bo‘limi tashkil etildi.
Shu tariqa O‘zbekiston ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy
kadrlar va yuksak texnologiyalar borasida dunyo
miqyosida raqobatbardosh
bo‘lishini ta’minlash shart-sharoitlari yaratildi.
“
Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib,
uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz. Biz maktabgacha talim va maktab
talimi, oliy va o‘rta maxsus talim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni
bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi,
maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi
Dostları ilə paylaş: