-45-
ahamiyatga egadir. Bu iqtisodiy qarashlar va g‘oyalarning o‘ziga xos ulug‘vorligi eng
avvalo shundaki, ular mavhum, xayoliy bo‘lmasdan, balki real tarixiy taraqqiyotdan
kelib chiqqan holda namoyon bo‘lgan. Mana shuning uchun ham 686 yildan ortiqroq
vaqt o‘tganiga qaramasdan, hanuz o‘zining amaliy-hayotiy ahamiyatini yo‘qotmay
kelmoqda. Albatta, davrlar o‘tishi bilan ular rivojlanib, takomillashtirilib kelinganligi
tarixdan ma'lum.
Amir Temurning iqtisodiy siyosati "Temur tuzuklari" asarida, Boburning
"Boburnoma"larida va boshqa ko‘pgina Amir Temur, temuriylar to‘g‘risida yozilgan
tarixiy manbalarda har tomonlama bayon etilgan. Ularda Sohibqironning mamlakatni
boshqarishi, uni rivojlantirib borish qoidalari, tamoyillari, yo‘l-yo‘riqlari o‘z ifodasini
topgan. Bu asarlarda mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish, barqarorlashtirish, tartibga
solib borish, yuksaltirib borishga oid qimmatli iqtisodiy tavsiyalar, g‘oyalar,
qarashlar, yo‘l-yo‘riqlar tizimi bayon etilgandi. Amir Temur barcha odamlarga kasb-
hunar o‘rgatish, ish bilan ta'minlash, dehqonchilik, hunarmandchilik va tijorat ishlari
bilan mashg‘ul bo‘lishga yaxshi imkoniyatlar yaratib bergan. "Tuzuklar"da "
Kasb-
hunar va ma'rifat ahllariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin
", bu sarmoya
asosida "
bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o‘z ahvoli va kasb-koriga yarasha
yo‘l tutsinlar
" degan tavsiyalar berilgani yana bir bor uning munosib, o‘z xalqiga
g‘amxo‘r podshoh bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Taqdir taqozasi bilan "
Sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarlarga o‘z
sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilishi
"
esa mamlakatda farovonlikni oshirishga qaratilgan iqtisodiy siyosat olib borilganidan
darak beradi.
Amir Temur saltanatida qishloq xo‘jaligi asosiy iqtisodiy ahamiyatga ega
ekanligini shundan bilish mumkinki, Sohibqiron dehqonchilikni rivojlantirish uchun
shunday farmoyish beradi: "
Dostları ilə paylaş: