1. O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan sug‘urta sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlar



Yüklə 20,62 Kb.
səhifə3/3
tarix27.03.2023
ölçüsü20,62 Kb.
#90396
1   2   3
Sug`urta !

3. Tayanch iboralar
Sug‘urta – ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida qoplash.
Sug‘urta bozori – sug‘urta xizmatlari oldi-sotdisi bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Sug‘urta summasi – sug‘urta obyektini haqiqatda sug‘urtalangan qismining pul ko‘rinishidagi qiymati.
Sug‘urta shartnomasi – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi sug‘urta turi shartlariga mos ravishda ularning o‘zaro majburiyatlarini tartibga soluvchi kelishuv (huquqiy bitm).
Sug‘urta limiti – moddiy qiymatliklar va sug‘urtaviy mas’uliyatlarni sug‘urtalash mumkin bo‘lgan maksimal pul summasi.
Sug‘urta himoyasi – konkret obyekt tomonidan ko‘rilgan zararni bartaraf qilish yoki qoplash bo‘yicha munosabatlar.
Sug‘urtalovchi – sug‘urtani amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot.
Sug‘urta qildiruvchi – sug‘urta badallarini to‘lovchi va konkret sug‘urta munosabatlarida qatnashuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug‘urtalanuvchi – hayoti, sog‘ligi yoki mehnatga layoqati sug‘urta obyekti bo‘lgan shaxs.
Sug‘urta obyekti va predmetlari – sug‘urtalashga tegishli bo‘lgan moddiy qiymatliklar, inson hayoti, sog‘ligi, mehnatga layoqati, javobgarliklar va mas’uliyatlar.
Sug‘urta mas’uliyati – sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y berganda sug‘urta qoplamalari yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha majburiyati.
Sug‘urta fondi – sug‘urta badallari hisobidan shakllantiriladigan hamda sug‘urta holati natijasida sug‘urtalanuvchining ko‘radigan zararini oldini olish, lokalizatsiya qilish va qoplashga mo‘ljallangan sug‘urta rezervlari yig‘indisi.
Sug‘urta holati – sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi to‘lanishi kerak bo‘lgan turli salbiy va boshqa kelishilgan oqibatlarga olib keluvchi haqiqatda sodir bo‘lgan holatlar.
Sug‘urta dalolatnomasi – o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan va sodir bo‘lgan sug‘urta holatini hamda sabablarini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta portfeli – sug‘urta kompaniyasi tomonidan olingan badallar yig‘indisi yoki tuzilgan va to‘langan shartnomalar soni.
Sug‘urta qoidalari – ixtiyoriy sug‘urta shartlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlardan biri.
Yüklə 20,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin