Fanni o`qitishdan maqsad - Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari fanining predmeti rivojlanishi qonuniyatlarini va maktabgacha ta`lim tashkilotidagi maqsadga qaratilgan ta`lim jarayonida bolani talabga to`liq, javob beradigan darajada matematik rivojlantirishni ta`minlovchi pedagogik sharoitni o`rganish va amaliyotda qo`llay olish ko`nikmalarini hosil qilish.
Fanning asosiy vazifalari-Talabalarda maktabgacha ta`lim tashkilotida matematika elementlariga o`rgatishning nazariy va amaliy bilimlarini egallash bolalarning matematik rivojlanishining psixologik xususiyatlari, maktabgacha ta`lim muassasasi ishining mazmuni va metodlari haqidagi bilimlarni shakllantirish. Mashg`ulotlarni rejalashtirish, mashg`ulot ishlanmalarini tuzish va taxlil qilish,metodik usullari va ta`limiy o’yinlar tanlash, ular bilan ishlash mazmuni va metodlarini taxlil qilishning kasbiy ko’nikmalarini rivojlantirishni ta`minlash. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishning vazifalari (ta`limiy, tarbiyaviy). O`qitish mazmuni va yo’llariniig umumiy tavsifi bilan qurollantirish.
2. Asosiy nazariy qism. Ma’ruza mashg’ulotlari
Maktabgachayoshdagi bolalarning matematik rivojlanishining nazariy asoslari. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishining metodologik, psixofiziologik va psixologik-pedagogik asoslari, o`qitish usullari va vositalari. O`quv fanining fundamental fanlar bilan aloqasi: falsafa, psixologiya, pedagogika, matematika va boshqalar.