51 3-§. YUSUF XOS HOJIB A) yilqi, qo‘y
B) mash’al, arslon
C) yilqi, bo‘ri
D) qo‘y, quyosh
91. «Qutadg‘u bilig» asarida «Bekka yaqin bo‘lsang, o‘zingga juda ehtiyot
bo‘l» jumlasi qaysi qahramon tilidan aytiladi?
A) O‘gdulmish
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish
92. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida Oyto‘ldi eligdan nega pichoq olib o‘tirganligini so‘raganda,
elig qanday javob beradi?
A) «Qirquvchi va kesuvchi bir narsadir, ey unib-o‘suvchi.
I
shni adolat
yuzasidan hal qilaman».
B) «
I
shni adolat yuzasidan hal qilaman, Beg (sifat) yoki qul (sifat)
kishilarni ajratib, farqlab o‘tirmayman».
C) «Pichoqdek kesaman, ishlarni bichib tashlayman, Da’vo-tuhmat
qiluvchi kishi (ishini) uzatib, cho‘zib o‘tirmayman».
D) «Va dargohimga kelib mendan haq-adolat topsa, Sevinchga to‘ladi va
xursand bo‘ladi».
93. Quyidagilar ichidan qadimgi Yettisuvning markazi – Bolasog‘unning
ko‘plab nomlaridan birini toping.
A) Qashqar
B) Quz O‘rdu
C) Xo‘tan
D) Tibet
94. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» dostonini qayerda tugatgan?
A) Bolasog‘unda
B) O‘trorda
C) Mashhadda
D) Qashqarda
95. «Qutadg‘u bilig» asaridagi qaysi qahramonning fe’l-atvorida barcha ezgu
xislatlar mujassam, shunga qaramay, alohida e’tiborni ham talab qiladi?
A) O‘gdulmish
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish
96. O‘gdulmish (o‘g) so‘zining ma’nosini toping.
A) qanoat, ilm
B) adl, adolatli inson
C) aql bilan ziyraklangan
D) ofiyat, sog‘lomlik
97. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining mardonavorligi qaysi obrazga
o‘xshatiladi?
A) qoplonga
B) arslonga
C) bo‘riga
D) to‘ng‘izga
98. «Qutadg‘u bilig» asarida elig iltifot bilan boqib, kulib gapirganida unga
yuzini o‘girib, javob bermagan qahramon kim?